• Sutni qadoqlash.
  • 2.3.Sut mahsulotlari assortimenti
  • Sut va sut mahsulotlari Reja: Kirish Asosiy qism




    Download 124,58 Kb.
    bet6/13
    Sana30.05.2024
    Hajmi124,58 Kb.
    #257992
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Uljan Aytjanova

    Sutni sterilizatsiyalash - sut tarkibidagi barcha sporali mikroorganizmlarni yo’qotish maqsadida unga 100 °C dan yuqori haroratda issiqlik bilan ishlov berish demakdir.
    Sutni sterilizatsiyalashning quyidagi rejimlari mavjud:
    - 118 °C haroratda 15-20 minut davomida bosim ostida avtoklavlarda shisha idishda qadoqlangan sutni sterilizatsiyalash;
    - 120 °C haroratda 15-20 minut davomida uzluksiz harakatlanuvchi sterillizatorlarda shisha idishga qadoqlangan sutni sterilizatsiyalash;
    - 140-145 °C haroratda 3-4 sekund saqlab, so’ngra 20 °C haroratgacha sovitib qog’oz xaltachalarga quyib qadoqlash.
    Sutni qadoqlash. Tozalangan, me'yorlashtirilgan va gomogenizatsiyalanib pasterizatsiyalangan sut qadoqlashga yuboriladi. Pasterizatsiyalangan sut shisha idishlarda, qog’oz xaltachalarda va polietilen xaltachalarda 0,25; 0,5; 1% li qilib chiqariladi. Pasterizatsiyalangan sutni kichik hajmdagi idishlarda qadoqlash avtomatlashtirilgan liniyalarda olib boriladi.
    Hozirgi vaqtda sutni polietilen va qog’ozli xaltachalarda qadoqlash juda keng qo’llanilmoqda. Bunday xaltalardan foydalanish juda qulay bo’lib, ular murakkab yuvish jarayonini talab etmaydi va ularni tashish ancha osonlashadi.
    Qog’oz xaltachalarda sutni qadoqlash AP1-N va AP2-N rusumli avtomatlarda olib boriladi. Bunday avtomatlarning quvvati soatiga 3000-9000 ta xaltachani qadoqlashdan iborat.
    Qadoqlangan sut harorati 8 °C va havosining nisbiy namligi 85-90 % bo’lgan sovitgichlarda 18 soatgacha saqlanishi mumkin.
    Tayyorlangan mahsulot texnologik va mikrobiologik nazoratdan o’tkaziladi. Standart talabiga ko’ra pasterizatsiyalangan sutning ta'mi va hidi yangi sog’ilgan sutga xos, begona ta'm va hidsiz bo’lishi kerak. Rangi sal sarg’ishroq-oq bo’lib, konsistensiyasi bir jinsli bo’lishi lozim. Idish tubida oqsilli cho’kmalar bo’lmasligi, kislotaliligi 21 °T dan yuqori va tozalik darajasi esa birinchi guruhdan past bo’lmasligi kerak.
    2.3.Sut mahsulotlari assortimenti
    Sut keng assortimentda ishlab chiqariladi. Sutning turlari bir-biridan kimyoviy tarkibi va issiqlik ishlovi berilishi bilan farqlanadi. Ular quyidagilar: pasterizatsiyalangan sut; sterilizatsiyalangan sut; qaynatib pishirilgan sut; qayta tiklangan sut; yog’sizlantirilgan sut; oqsilli sut; kakao yoki kofeli sut.
    Pasterizatsiyalangan sutning quyidagi turlari ishlab chiqariladi: sof me'yorlashtirilgan (tarkibida yog’ miqdori 2,5-3,2%) sut; vitaminlashtirilgan (tarkibida yog’ miqdori 2,5-3,2% va askorbin kislotasi bor) sut; yog’li (tarkibida yog’ miqdori 6%) sut. Pasterizatsiyalangan va sovitilgan sut shisha idishlarga yoki polimer plyonkalardan tayyorlangan xaltachalarga, bidonlarga quyib qadoqlanadi, tamg’alanadi va sotuvga jo’natiladi.

    Download 124,58 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 124,58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sut va sut mahsulotlari Reja: Kirish Asosiy qism

    Download 124,58 Kb.