• Oqsilli sut.
  • Ionitli sut .
  • Sut va sut mahsulotlari Reja: Kirish Asosiy qism




    Download 124,58 Kb.
    bet7/13
    Sana30.05.2024
    Hajmi124,58 Kb.
    #257992
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
    Bog'liq
    Uljan Aytjanova

    Sterilizatsiyalangan sut. Hozirgi vaqtda sterilizatsiyalangan sutga bo’lgan talab oshib bormoqda. Chet ellarda ichiladigan sutning 40 % i sterilizatsiyalangan holda iste'mol qilinadi. Pasterizatsiyalangan sutga nisbatan uning saqlash muddati uzoq va sovitmagan holda tashish mumkin.
    Sifatiga ko’ra sterilizatsiyalangan sutning tashqi ko’rinishi va konsis-tensiyasi suyuq, bir jinsli, cho’kmasiz. Ta'm va hidi toza, begona ta'm va hidsiz. Rangi oq, sarg’ishroq. Tarkibidagi yog’ miqdori 3,2-3,5%, kislotaliligi 20°Tga teng. Sterilizatsiyalangan sut ko’pincha polimer plyonkalardan tayyorlangan xaltachalarda qadoqlanadi.
    Qaynatilgan sut. Bu sutni ishlab chiqarishda mahsulotga maxsus ta'm va hid berish maqsadida yuqori haroratli issiqlik ishlovi berish qo’llaniladi. Bunda melanoidin hosil bo’lish reaksiyasi sodir bo’lib, uning natijasida sut sarg’ish rang, maxsus ta'm va hidga ega bo’ladi.
    Sifatiga ko’ra, qaynatilgan sutning tashqi ko’rinishi va konsistensiyasi bir jinsli, qaymog’i ajralib chiqmagan va cho’kmasiz bo’lishi kerak. Ta'm va hidi toza, begona ta'm va hidsiz. Rangi sal sarg’ishroq. Tarkibidagi yog’ miqdori 4-6% gacha; kislotaliligi 21 °T gacha bo’lishi lozim.
    Oqsilli sut. Oqsilli sut ishlab chiqarishda yog’ miqdori 2,55 va 1,05 % gacha, sutning tarkibidagi quruq moddalar miqdori me'yorlashtiriladi. Bunda quruq sut yoki quruq qaymoq ma’lum miqdordagi sutda 38-40 °C haroratda eritiladi, filtrlanadi va me'yorlashtirilgan sutga pasterizatsiyalashdan oldin qo’shiladi. Bu sutning tarkibida oqsil miqdori oddiy tabiiy sutga nisbatan sezilarli darajada ko’proq bo’ladi.
    Ionitli sut. Hozirgi vaqtda ionitli sut, ionitli vitamin qo’shilgan sut, ionitli shirin vitamin qo’shilgan sut ishlab chiqarilmoqda.
    Ionitli sut emadigan bolalar uchun mo’ljallangan. Ularning organizmida odatdagi sut qiyin o’zlashtiriladi. Shuning uchun oddiy sutdagi Ca2+ ionlarini K+ va Na+ionlariga almashish talab qilinadi.
    Ionitli sut ishlab chiqarish uchun keltirilgan sut me'yorlashtirilmaydi. Ca2+ionitlarining K+va Na+ionlariga to’la almashinishi uchun sutga ishlov 246 berishdan oldin u kationitli kolonkada xlorid kislotasi (kimyoviy toza) ning normal eritmasi bilan kislotaliligi 21°C bo’lguncha nordonlashtiriladi. Nordonlashtirilgan sut kationitli kolonkadan o’tkaziladi. Kationitdan o’tishda Ca2+ning K+ va Na+ ga kationli almashinuvi boradi. So’ngra sut gomogenizatsiyalanadi va sovitiladi. Tarkibidagi yog’ miqdori 3,3-3,4%, kislotaliligi 18 °T ga teng.

    Download 124,58 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




    Download 124,58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sut va sut mahsulotlari Reja: Kirish Asosiy qism

    Download 124,58 Kb.