Sut va sut mahsulotlari Reja: Kirish Asosiy qism




Download 124,58 Kb.
bet9/13
Sana30.05.2024
Hajmi124,58 Kb.
#257992
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Uljan Aytjanova

Quruq sut mahsulotlari. Quruq sut va qaymoq ikki yo’l bilan, yupqa plyonkali va purkash usulida tayyorlanadi. Quritishdan oldin sut va qaymoq yog’ va quruq moddalari miqdori bo’yicha me'yorlashtiriladi, pasterizatsiyalanadi, quruq moddalarining konsentratsiyasi 40-48% bo’lgunga qadar quyultiriladi.
Plyonkali quritishda quyultirilgan sut bir-biriga teskari harakat qiluvchi ikkita barabanlarning harorati 105-120 °C bo’lgan tashqi silliq yuzasiga quyiladi. Barabanning to’liq bo’lmagan aylanish vaqtida sutdan erkin namlik ajralib chiqadi. Hosil bo’lgan quruq yupqa qavat metall pichoqlar bilan baraban yuzasidan olinadi, maydalanadi va elakdan o’tkaziladi. Bu usulda quruq sutning harorati 110 °C gacha ko’tarilishi mumkin.
Purkash usuli bilan quritishda purkovchi quritgichlarning gumbazida oldindan tayyorlangan sut mayda tomchilar holida purkaladi va qarama-qarshi tomondan issiq havo beriladi. Sut tomchilari tezda quriydi, quruq sferik holatdagi sut zarrachalari apparatning pastki qismiga tushadi va u yerdan muttasil tarzda olinadi.
Quritish vaqtida sut oqsillari qisman tabiiy xususiyatlarini yo’qotadi, ya'ni denaturatsiyalanadi, suvda bo’kish va erish xususiyati pasayadi. Purkovchi quritgichlarda qizdirish harorati past bo’lganligi sababli plyonkali usulga qaraganda oqsil moddalarning o’zgarishi kamroq, sutning eruvchanligi yuqoriroq bo’ladi.
Sovitilgan quruq sut ko’p qavatli qog’oz qoplarga, faner bochkalarga va shu bilan birga kichik germetik idishlarga, tunuka bankalarga, sellofan qopchali qog’oz qutilarga joylanadi.
Quruq sut mahsulotlariga tabiiy va yog’sizlantirilgan quruq sigir suti, quruq qaymoq va boshqalar kiradi.
Quruq sut mahsulotlari oq rangli, sarg’ish tusli kukundan iborat bo’lib, pasterizatsiyalangan sutning hidi va ta'miga xos bo’lgan toza hid va ta'mga ega. Quruq sut mahsulotlarining namligi germetik qadoqlanganda 4-5% dan, germetik bo’lmagan qadoqlashda 7% dan ko’p bo’lmasligi kerak.
Organoleptik ko’rsatkichlari, eruvchanligi va umumiy bakteriyalar miqdoriga ko’ra quruq sut mahsulotlari oliy va I navlarga bo‗linadi.
Quruq sut mahsulotlari 1-10 °C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi. Havoning nisbiy namligi 75% dan (nogermetik qadoqlangan mahsulotlar uchun) yoki 85% dan (germetik qadoqlangan mahsulotlar uchun) oshmasligi kerak. Bunday sharoitlarda germetik qadoqlangan quruq sut mahsulotlari 8 oygacha va nogermetik qadoqlanganlari esa 3 oygacha saqlanadi.

Download 124,58 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 124,58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sut va sut mahsulotlari Reja: Kirish Asosiy qism

Download 124,58 Kb.