Achitilgan sut mahsulotlari texnologiyasi




Download 124,58 Kb.
bet10/13
Sana30.05.2024
Hajmi124,58 Kb.
#257992
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Uljan Aytjanova

Achitilgan sut mahsulotlari texnologiyasi. Parhezbop, achitilgan sut mahsulotlari ishlab chiqarish uchun sof va yog’sizlantirilgan sigir suti, qaymoq, quyultirilgan va quruq sut ishlatiladi. Sigir sutidan tashqari biya, echki, tuya va boshqa hayvonlarning sutlari ham qo’llaniladi. Ba'zi bir achitilgan sut mahsulotlari shakar, jem, meva-rezavorlar sharbatlari, ziravorlar va boshqalar qo’shib tayyorlanadi.
Parhezbop, nordon sut mahsulotlari smetanasimon konsistensiyaga ega bo’lib, ta'mi va hidi juda mazalidir. Ularning shifobaxshlik va parhezboplik xususiyatlari qadim zamonlardan ma'lum.
Parhezbop achitilgan sut mahsulotlarini muntazam iste'mol qilinsa, odamning sog’ligi yaxshilanadi. Ularning mikroflorasi C, B6, B12 vitaminlarini sintez qiladi. Parhezbop achitilgan sut mahsulotlari oshqozon-ichak yo’lini sog’lomlashtiradi, u asab sistemasiga ham ijobiy ta'sir etadi.
Parhezbop achitilgan sut mahsulotlari bijg’ish turiga ko’ra shartli ravishda ikki guruhga bo’linadi. Bular: sut kislotali bijg’ish natijasida olingan prostokvasha, asidofilli sut, yogurt va boshqalar; aralash sut kislotali bijg’ish va spirtli-kefir, qimiz va boshqalar.
Hozirgi vaqtda sanoatda tarkibida yog’ miqdori kam, lekin oqsil komponentlari, vitaminlar, to’ldirgichlar bilan boyitilgan achitilgan sut mahsulotlarining keng assortimenti ishlab chiqarilmoqda. Achitilgan sut mahsulotlari termostat va rezervuarli usullarda ishlab chiqariladi.
Termostatli usulda sutni bijg’itish termostat kamerasida amalga oshiriladi. Bunday usul bilan ishlab chiqarilgan mahsulotning ivigan, qattiq quyqali holati buzilmagan bo’ladi.
Ryajenka va varenes ishlab chiqarish uchun aralashma 95-98 °C haroratda 60- 20 minut va 3-5 soat saqlab, pasterizatsiyalanadi
Yuqori haroratda pasterizatsiyalash oqsillarning gidratatsion holatini va uning bijg’itishda zich quyqa hosil qilish xususiyatini oshiradi. Aralashmaga issiqlik ishlovi berishda gomogenizatsiya jarayoni ham qo’llaniladi. Gomogenizatsiyalash 45-85°C haroratda va 15-17,5MPa bosim ostida olib boriladi.
Pasterizatsiyalangan va gomogenizatsiyalangan aralashma bijg’ish haroratigacha sovitiladi, shisha idishlarga quyiladi. Aralashmaga tayyorlangan tomizg’i (zakvaska) solinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Qadoqlangan aralashma bijg’itish uchun termostat kameralariga yuboriladi va ajratiladi. Bijg’itilgan achitilgan sut mahsuloti sovitish va yetiltirish maqsadida harorati 8°C bo’lgan sovitgichlarda saqlanadi. Yetiltirish davrida mahsulotlarda spirt va karbonat angidrid gazi to’planadi, oqsillar bo’kadi. Bu esa tayyor mahsulotning nans, yoqimli ta'm va hidga ega bo’lishiga olib keladi. Tayyor achitilgan sut mahsulotlari harorati 8°C bo’lgan sovitgichlarda 36 soatgacha saqlanadi.
Kefir. Achitilgan sut mahsulotlaridan eng ko’p tarqalgani kefir ichimligidir. Kefir sutga kefir zamburug’i asosida tayyorlangan tomizg’i ta'sir ettirilib hosil qilinadi. Kislotaliligiga qarab u kuchsiz (1 kunlik), o’rtacha (2 kunlik) va kuchli (3 kunlik) kefirga bo’linadi. Ishlatilgan xomashyoga qarab tarkibi 1,2; 2; 5,3 va 6% yog’li, yog’siz, C vitarninli, «Tallin», «Osobiy» kefirlari ishlab chiqariladi.
Optimal ravishda kefir hosil qilish uchun ivitish jarayonini 20-25 °C haroratda va 8-12 soat davomida olib boriladi.
Sifatiga ko’ra kefirning konsistensiyasi bir jinsli, quyuqligi buzilmagan bo’lishi kepak. Kefirning ta'mi va hidi sof, qatiqsimon, chanqoq bosadigan, sal achchiqlik aralash, begona ta'm va hidsiz bo’lishi lozim. Rangi oq yoki sal sarg’ishroq. Kislotaliligi 85-120 °C, tarkibidagi spirt 0,2-0,6 % bo’ladi. Kefir shisha idishlarga yoki maxsus xaltachalarga quyib qadoqlanadi.

Download 124,58 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 124,58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Achitilgan sut mahsulotlari texnologiyasi

Download 124,58 Kb.