Tvorogning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarining me'yorlari




Download 124,58 Kb.
bet12/13
Sana30.05.2024
Hajmi124,58 Kb.
#257992
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Uljan Aytjanova

Tvorogning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarining me'yorlari
N. Kadirxodjayeva, G. Djurayeva Oziq-ovqat sanoat texnologiyasi. T.2019 Sut va sut mahsulotlari texnologiyalari. 251-bet.
Tvorog qadoqlangan va qadoqlanmagan hollarda ishlab chiqariladi. Uni saqlash uchun optimal harorat 0-2 °C hisoblanadi.



  1. Xulosa

Ovqatga ishlatish uchun asosan sigir sutidan foydalaniladi. Aholi tomonidan isteʼmol qilinadigan sutning 95 %ga yaqinini sigir suti tashkil etadi. Shu munosabat bilan, asosan sutning shu turi haqida so‘z yuritamiz.
Sut to‘g‘risida, hozirgi kunga qadar to‘plab kelingan katta hajmdagi ilmiy va amaliy bilimlar odamzod uchun bebaho qiymatga ega bo‘lgan shu boylikni munosib ravishda qadrlashga imkon beradi.
Zamonaviy ilmiy maʼlumotlarga ko‘ra, sutda 200 dan ortiq har xil tarkibiy qismlar bor va qulay tarzda muvozanatlashgan 20 ta aminokislota, 147 tadan ortiq yog‘ kislotalari, sut qandi yaʼni laktoza, turli xil mineral moddalar, mikroelementlar, hozir maʼlum bo‘lgan vitaminlarning barcha turlari, pigmentlar, fosfatidlar, sterinlar, fermentlar, gormonlar va normal hayot faoliyatini saqlab borish uchun organizmga zarur bo‘lgan boshqa moddalar shular jumlasidandir.
Sut mineral moddalar kalsiy, kaliy, natriy, magniy, fosfor, temir va h.k. lar tuzlaridan iborat bo‘ladi. Ularning hammasi kishi organizmi uchun katta ahamiyatga ega. Sutdagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar kishi organizmida deyarli to‘la hazm bo‘ladi. Bir litr sut taxminan 670 kkal beradi. Sutning tarkibi doim bir xil bo‘lmaydi va ular sigirning nasli va yoshiga, parvarish qilinishi, boqilishi, sog‘ilishi davrining davomiyligiga va boshqa sababiy omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillardan eng asosiysi – chorvaning boqilishi va nasli hisoblanadi. Yaxshi boqim sut sog‘imini oshiradi, uning tarkibi va sifatini yaxshilaydi.
2017 yil 7 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi 474-sonli qaroriga qabul qilindi. Sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamenti rasmiy eʼlon qilingan kunidan boshlab o‘n sakkiz oy o‘tgandan keyin amalga kiritilishi belgilangan.
Ushbu texnik reglament O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilgan va oziqaviy maqsadlardan foydalaniladigan sut va sut mahsulotlariga, jumladan xom sut, sut mahsulotlari, sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va yo‘qotish jarayonlari, sutni qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan funksional kompanentlarga tegishlidir. Ayni payt texnik reglament talablari jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun keyingi qayta sotish istagisiz ishlab chiqarilgan sut va sut mahsulotlaridan foydalanilib yoki ular asosida tayyorlanadigan pazandalik va qandolat mahsulotlariga, oziqaviy va biologik faol qo‘shimchalar, dori vositalari, hayvonlar uchun ozuqalar va nooziqaviy tovarlarga taalluqli emas.

Download 124,58 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 124,58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tvorogning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarining me'yorlari

Download 124,58 Kb.