Elektr yoy yordamida payvandlash metallni suyuqlantirish bilan amalga oshiriladi, bunda payvandlash simidan foydalaniladi. U yoyda erib payvandlash choki uchun material bo`ladi. Bunda issiqlik energiyasi yoy razryadida, payvandlanayotgan detallarning bir – biriga tegib turgan yuzasi yaqinida hosil qilinadi.
Yoy yordamida payvandlash uchun o‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklardan foydalaniladi. Payvandlash jarayonining avtomatlashtirilganlik darajasiga ko`ra yoy yordamida payvandlash dastaki va avtomatik turlarga bo`linadi. Elektr jihozlarining kamligi va arzonligi va qarovining osonligi hamda elektr energiyaning kam sarf bo`lishi tufayli o`zgaruvchan tokda payvandlash
o`zgarmas tokdagiga nisbatan keng qo`llaniladi. O`zgaruvchan tokda payvandlashda ishlatiladigan asosiy elnektr jihoz bu payvandlash transformatoridir.
Payvandlash amallari bir yoki bir necha postlarda bajarilishi mum-kin. Bir postda payvandlash uchun quvvati 10 – 30 kVA li bir fazali maxsus payvandlash transformatorlaridan foydalaniladi, ular 220 yoki 380 V li tarmoqqa ulanadi. Transformatorlarning ikkilamchi chulg`amlari katta toka (yuzlarcha amperga) mo`ljallangan bo`lib, katta kesim yuzali simdan nisbatan kam o`ramli qilib yasaladi.
4 – rasm. Payvandlash qurilmalarining sxemalari:
1 – postli va 2 – ko`p postli
Eng ko`p qo`llaniladigan bir postli payvandlash qurilmasining sxemasi 4a – rasmda tasvirlangan. U payvandlash transformatori bilan jihozlangan.
Transformator ichiga reaktiv g`altak W3 o`rnatilgan. Transformatorning birlamchi chulg`ami W1 tarmoqqa ulanadi, ikkilamchi chulg`ami W2 ga payvandlanayotgan metall buyum 2, drossel – rostlagich deb ataluvchi reaktiv g`altak orqali esa elektrod 1 ulanadi. Payvandlash toki reaktiv g`altak magnit o`tkazgichining qo`zg`aluvchan qismidagi havo oralig`i ni o`zgartirish bilan rostlanadi.
|