1-rasm. PSO-500markali tok o‘zgartirgichi: 1-korpus; 2-ventilyator; 3-dvigatel; 4-g‘altaklar; 5-yakor; 6-kollektor; 7 cho‘tkalar; 8-ventil; 9-dasta; 10-ampermetr
Magnitaviy oqimni yakor chulg‘amining o‘ramlari kesib o‘tadigan joyda ularni bitta oqim qilib to‘plash uchun magnit qutblariga yakorni qamrab turadigan temir boshmoqlar o‘rnatilgan. Bu boshmoqlar yakor bilan qutblarning butun aylana bo‘yicha bir-biridan bir xilda va unchalik katta bo‘lmagan oraliqda bo‘lishini ta’minlaydi. Qutblarga izolatsiyalangan simlardan iborat chulg‘amlari bo‘lgan g‘altaklar 4 kiygizilgan. G‘altaklar esa generatorning elektrik zanjiriga ulangan. Qutblar chulg‘amidan tok o‘tganida ular orasida magnitaviy oqim paydo bo‘ladi. Magnitaviy oqim yakor aylanganida uning chulg‘amlarida qo‘zg‘atish toki hosil qiladi. Ana shu tok kollektor plastinkalari 6 hamda ularga tegib turgan tok uzatgich cho‘tkalari 7 orqali payvandlash zanjiriga ulanadi. Payvandlash toki reostat maxovigi 8 yordamida rostlanadi. Ana shu maxovik soat strelkasi bo‘yicha aylantirilganda tok ko‘payadi, teskari tomonga aylantirilganda esa tok kamayadi.
Payvandlash tokining qiymati ampermetr 10 bilan o‘lchanadi. Payvandlash o‘zgartirgichi aravachaga o‘rnatilgan bo‘lib, uni istalgan joyga g‘ildiratib olib borish mumkin. Texnikada har xil elektrik sxemada ishlaydigan payvandlash o‘zgartirgichlaridan foydalaniladi. Bular haqidagi ma’lumotlar maxsus kurslarda beriladi.
|