Lecture 6 mavzu: magnit induksiya usulining fizik mohiyati. Magnit kukuni usuli




Download 171 Kb.
bet9/14
Sana04.05.2021
Hajmi171 Kb.
#14334
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Usulning sezgirligi. Magnitografik nazorat usulining sezgirligi K aniqlanadigan eng kichik nuqsonning vertikal o‘lchami (chuqurligi) S ning nazorat qilinayotgan buyum asosiy metalining qalinligiga nisbati sifatida aniqlanadi, ya’ni S:K = S/S.

Magnitografik nazoratning sezgirligi nuqsonlarning o‘lchamlari, shakli, chuqurligi va joylashuviga, yuzaning shakli (geometriyasi) ga, defektoskopning o‘quvchi kallagi parametrlari va magnit tasma turiga bog‘liq. Tekislikdagi nuqsonlar (darzlar, payvandlanmay, erimay qolgan joylar), shuningdek asosan magnit oqimi yo‘nalishiga nisbatan ko‘ndalang joylashgan shlak zanjirlari ko‘rinishidagi uzunchoq nuqsonlar (g‘ovaklar, shlak qo‘shilmalari) ancha yomon aniqlanadi. Ayni usul yordamida vertikal o‘lchami payvand chok qalinligining 8 – 20% ni tashkil etuvchi tekis nuqsonlar ishonchli aniqlanishi amaliyotda aniqlangan. Chokning kuchaytirgichi olib tashlanganda nazoratning ushbu nuqsonlarga nisbatan sezgirligi 5% ga etadi. Dumaloq ichki nuqsonlar ularning balandligi buyum qalinligining 20% idan kam bo‘lganda aniqlanadi. Magnitografik usulning yuzadagi nuqsonlarga nisbatan sezgirligi tahminan magnit kukunli usulidagidekdir yoki undan birmuncha yomondir. Nuqson magnit tasma qo‘yiladigan buyum yuzasidan qancha chuqur joylashgan bo‘lsa, u shuncha yomon aniqlanadi. Zamonaviy apparatlar vertikal o‘lchami buyum qalinligining 10 – 15% iga teng va yotish chuqurligi 20 – 25 mm gacha bo‘lgan nuqsonlarni aniqlashga imkon beradi.

Magnitografik usulning sezgirligiga chok kuchaytirgichining balandligi va shakli, shuningdek yuzasining holati kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Nuqsonlar yaxshiroq aniqlanishi uchun payvandlash shunday bajarilishi kerakki, chok kuchaytirgichining balandligi asosiy metall qalinligining 25% idan oshmaydigan, erigan metallning tekislikka o‘tishi ravon bo‘lsin. Bunda chok yuzasining tangachadorligi kuchaytirgich balandligining 25 – 30% idan oshmaydigan, ammo 1 mm dan ortiq bo‘lmaydigan bo‘lsin. Tangachadorligi dag‘al bo‘lgan choklarni nazorat qilishda avval chok tozalanmog‘i lozim. Uchma uch biriktiriladigan qismlarining chetlari siljib qolgan payvand choklarni nazorat qilishga ruxsat etilmaydi. Avtomatik usulda payvandlangan choklar nazorat qilinganda natijalar eng yaxshi bo‘ladi.

Usulning sezgirligini magnit tasmalar sezgirligini oshirish va nazorat natijalarini magnit tasmadan o‘quvchi apparatlarni tanlash hisobiga oshirish mumkin.




Download 171 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 171 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Lecture 6 mavzu: magnit induksiya usulining fizik mohiyati. Magnit kukuni usuli

Download 171 Kb.