• Nazorat uslubi.
  • Lecture 6 mavzu: magnit induksiya usulining fizik mohiyati. Magnit kukuni usuli




    Download 171 Kb.
    bet11/14
    Sana04.05.2021
    Hajmi171 Kb.
    #14334
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    6.3 Uyurma tokli defektoskopiya

    Fizik asoslari. Usulning fizik mohiyatini quyidagicha tushuntiirish mumkin. YOnma yon joylashgan ikkita g‘altak (maslan, o‘zaksiz transformator) bor, deb faraz qilaylik. Agar birinchi g‘altak I dan (6.7-rasm) tok o‘tkazilsa, u holda undagi tok kuchi o‘zgarganda yoki g‘altaklarning vaziyati o‘zgarganda II g‘altakda elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) hosil bo‘ladi. Nazorat jaryonida ikkinchi g‘altak vazifasini nazorat qilinayotgan buyum o‘taydi, unda uyurma toklar hosil bo‘ladi (5.8-rasm). Uyurma toklar metall ichida maydon manbai tomondagi sirtqi qatlamda oqadi. Uyurma toklarning jadalligi va buyumda taqsimlanishi buyumning geometrik o‘lchamlari va elektromagnit parametrlariga bog‘liq. Buyumda nuqsonlar bo‘lganda sirtqi qatlamning qarshiligi ortadi, bu esa uyurma toklarning bo‘shashiga olib keladi, bu holatni g‘altak-datchik qayd qiladi. SHunday qilib, elektromagnitli nazorat usullari buyumda hosil bo‘ladigan uyurma toklar maydoni o‘zgarishini qayd qilishga asoslangan.

    6.7-rasm. Ikkita o‘zaro bog‘liq g‘altaklardan iborat sxema



    6.8-rasm. Nazorat qilinayotgan ob’ektda uyurma toklar hosil bo‘lish sxemasi



    Nazorat uslubi. Nazoart uslubi (6.9-rasm) quyidagi asosiy operatsiyalarni o‘z ichiga oladi:

    1. Buyumni tashqi tomonidan ko‘zdan kechirish va nazoratni o‘tkazishga halaqit beruvchi nuqsonlarini yo‘qotish.

    2. Maydon hosil qiluvchi tizim 1 ni nazorat qilinayotgan buyum 2 ga o‘rnatish va uyg‘otuvchi g‘altak orqali tok o‘tkazish.

    3. Datchik 3 va qayd qiluvchi asboblar 4, 5 ni nazorat qilinayotgan buyum yuzasi bo‘ylab skanerlash.



    4. Nazorat natijalarini rasshifrovka qilish va buyum sifatini baholash.

    6.9-rasm. Elektromagnit bilan nazorat qilish sxemasi

    Elektromagnit usuli alyuminiy qotishmalarining nuqta usulida payvandlangan choklarini nazorat qilish uchun qo‘llaniladi. Quyma o‘zak mavjud bo‘lganda uning zonasida elektr o‘tkazuvchanlik D16, AMg qotishmalari uchun asosiy metallning elektr o‘tkazuvchanligiga nisbatan 10 – 15% kamayadi. V95, AMg6 va boshqa qotishmalar uchun bu o‘zgarish 15 – 30% ga etishi mumkin. «YOpishib qolish» yoki chala payvandlanish ko‘rinishidagi nuqsonlar bor bo‘lganda quyma o‘zakning elektr o‘tkazuvchanligi tahminan asosiy metallning elektr o‘tkazuvchanligiga teng bo‘ladi.

    Elektromagnit usuli payvand choklarni nazorat qilishda hozircha keng qo‘llanilmayapti, chunki chokning ayrim joylari va chok yaqinidagi joyning elektr o‘tkazuvchanligi anchagina o‘zgaradi, bu esa payvandlash nuqsonlarini aniqlashda katta halaqitlarni yuzaga keltiradi.




    Download 171 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 171 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lecture 6 mavzu: magnit induksiya usulining fizik mohiyati. Magnit kukuni usuli

    Download 171 Kb.