• Nazorat uslubi.
  • Lecture 6 mavzu: magnit induksiya usulining fizik mohiyati. Magnit kukuni usuli




    Download 171 Kb.
    bet8/14
    Sana04.05.2021
    Hajmi171 Kb.
    #14334
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
    6.3 Magnitografik usul

    Ushbu usulning mohiyati payvand chokning nazorat qilinadigan qismini va chok atrofini magnitlash va ayni paytda magnit maydonini magnit tasmaga yozib borish (6.5-rasm) hamda keyin olingan axborotni undan magnitografik defektoskoplarning maxsus qurilmalari yordamida o‘qishdan iborat.



    6.5-rasm. Magnitografik nazorat sxemasi:

    1-magnitlovchi qurilma, 2-payvand chok, 3-nuqson, 4-magnit tasma

    Nazorat uslubi. Magnitografik nazorat texnologiyasi quyidagi operatsiyalarni o‘z ichiga oladi (GOST 25225-82):

    1. Nazorat qilinayotgan buyumning yuzasini ko‘zdan kechirish va tayyorlash. Bunda nazorat qilinayotgan yuzadan shlak qoldiqlari, sachragan suyuq metall, kir va hokazolar yo‘qotilmog‘i lozim.

    2. CHokka magnit tasma bo‘lagini qo‘yish. Ishni boshlashdan oldin magnit tasma magnitsizlantirilishi kerak. Tasma chokka maxsus elastik «yostiqcha» yordamida qisib qo‘yiladi. Quvurlar, idishlar va boshqa buyumlarning halqasimon choklarini nazorat qilishda magnit tasma chok yuzasiga elastik rezinka belbog‘ vositasida butun perimetri bo‘yicha qisib qo‘yiladi.

    3. Nazorat qilinayotgan buyumni magnitlovchi qurilmaning turi, payvand chokning qalinligi va magnitlanish xossalariga qarab eng maqbul rejimlarda magnitlash.

    4. Nazorat natijalarini rasshifrovka qilish, buning uchun magnit tasmaga defektoskopning o‘quvchi qurilmasi o‘rnatiladi va defektoskopning ekranlaridagi signallarga muvofiq nuqsonlar aniqlanadi.

    Magnitografik usul asosan eritib payvandlash orqali hosil qilingan uchma uch payvand choklarni nazorat qilish uchun va birinchi navbatda, asosiy o‘tkazgich quvurlarni defektoskopiyalashda qo‘llaniladi. Bu usul bilan qalinligi 20 – 25 mm gacha bo‘lgan payvand buyum va konstruksiyalarni nazorat qilish mumkin.




    Download 171 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




    Download 171 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lecture 6 mavzu: magnit induksiya usulining fizik mohiyati. Magnit kukuni usuli

    Download 171 Kb.