• FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Lim tarbiya jarayonida interfaol medotlardan foydalanish




    Download 330,81 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/4
    Sana06.10.2024
    Hajmi330,81 Kb.
    #273831
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Bozorova Ro’zigul (1)

    Interfaol metodlar
    — ta’lim jarayonida talabalar hamda pedagog o'rtasida 
    hamkorlikn
    i qaror toptirish, faollikni oshirish ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni 
    samarali o'zlashtirish, ularda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan 
    metodlar.
    Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo'li - 
    mashg’ulotlaming interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb hisoblanmoqda. 
    Shunga ко ra interfaol metodlar XXI asr ta’limida o'qitish sifatini yaxshilash, 
    samaradorligini ta ’minlashning muhim vositalaridan bin sanaladi. Manbalami 
    o'rganish ta’lim tizimida interfaol metodlar ilk bor XX asming 20-yillarida 
    qo'llanilganligidan dalolat beradi. V.A.Suxomlinskiy tomonidan o’tgan asming 60-
    yillaiida yaratilgan ilmiy ishlarda ham ta’lim tizimiga interfaol metodlami tatbiq etish 
    tajribasini uchratish mumkin.
    2
     
    XX asming 70-80-yillarida esa Rossiyada Sh.A.Amonashvili, V.F.Shatalova, 
    Ye.N llina va b. tomonidan ta’lim sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish, ta ’lim 
    oluvchilarda o'qitishga bo'lgan qiziqishni kuchaytirish yo’llarim topish borasida olib 
    borilgan ilmiy izlanishlarda ham interfaol metodiaming amaliy ahamiyati, ulami 
    samarali qo’llash shartlari to'g'risida so’z yuritilgan. 
    “Interfaol metodlar tavsifida magistrlaming birgalikda, o'zaro hamkorlikda 
    yuqori darajada ta’lim olishlarini ta’minlashga yo'naltirilganlik, ular o'rtasida hissiy, 
    ruhiy va axloqiy birlikni qaror toptirish g’oyalari yetakchi o'rin tutadi.
    2
     
    Talabalar bilan yangi mavzuni o’rganishga kirishar ekan , oliy o’quv yurti 
    o’qituvchisi oldida har doim savol tug’iladi : metod qanday tanlanadi, qaysi didaktik 
    2
     O’tkir Tolipov, Dilnoz Ro’ziyeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat-Toshkent “Innovatsiya-
    Ziyo”-2019-149 bet 
     


    materiallardan foydalanish kerak, o’quv vazifalarini qaysi usullar bilan samarali 
    yechish mumkinmi? Har bir mashg’ulot turining pedagogik maqsadlariga erishish 
    uchun o’qituvchi o’zining intellektual salohiyatini safarbar etish, ilg’or pedagogik 
    tajribadan foydalanishi va nihoyat, metodni tanlash haqiqiy ijodiy aktga aylanishi 
    lozim. Umumiy holda metodning tanlanishi ta’lim va tarbiyaning didaktik 
    maqsadlari bilan aniqlanadi. Biroq turli xil pedagogik vaziyatlarda o’qituvchi va 
    talabalar 
    o’rtasida faoliyat turlari o’zgarib, o’zaro almashinib turadi. Tabiiyki, bu 
    faoliyat turlariga mos holda o’qitish metodlari ham o’zaro solishtiriladi.
    O’qituvchining yangi mavzuga tayyorgarlik ko’rishida metodlar va metodik 
    usullarni tanlash 
    – bu ularning o’zaro almashinuvini vaqt va didaktik maqsad 
    bo’yicha muvozanatlashtirish demakdir. Pirovard natijasida talabalar aqliy va 
    amaliy faolligining yuqori darajasini ta’minlashga sharoit yaratiladi. To’g’ri 
    qo’llanilgan metodlar ob’ektiv voqelikka oid bilimlarmi chuqurlashtiradi va yaxlit 
    hamda mashg’ulotning ilmiy- nazariy darajasini oshiradi. Ketma-ket saralangan 
    o’qitish metodlari ma’lum darajada bilish va kasbiy qiziqishini rivojlantirishga , 
    mustaqil amaliy faoliyatni faollashtirishga olib keladi.
    Ta’lim mazmuning interfaol metodlar bilan aloqasi. Shunday qilib, biz o’qitish 
    metodlarini tanlashni takomillashtirishning birinchi muhim shartini ularni 
    tizimlashni, o’quv jarayonini rejalashtirish muolajalar amaliyotida qo’llash bilan 
    bog’liqlikni aniqlashtiradigan yaxlit yondashuvni tavsifladik.
    Pedagogikada an’anaviy metodlarni tanlash mezonlari katta miqdorda ishlab 
    chiqilgan , keyingi yillarda didaktik olimlarning ishlarida ularning yigirmadan ortig’i 
    keltiriladi . 
    Interfaol metodlarni tanlash mezoni 
    – ularning ta’lim va tarbiyani rivojlantirish 
    masalarni yechishga yuqori yo’nalganligidir. Bu mezon turli xil metodlarni u yoki bu 
    doiradagi vazifalarni yechish imkoniyatlarini baholash yo’li
    bilan joriy etiladi, 
    chunki ijtimoiy tajriba elementlarini o’zlashtirishda ularning 
    imkoniyatlari turlichadir . 
    Interfaol metodlarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning ta’lim mazmuni 
    xususiyatiga mos kelishdir.
    Metod mazmuni harakatlanish qismi sifatida ham aniqlanadi. Shu boisdan bu 
    mezonning hisobga olinishi shubhasiz. Bir metod yordamida mavzu mazmuni 
    to’laroq ochib berilsa, boshqasi uni ijobiy o’zlashtirishga imkon tug’diradi.
    Interfaol metodlarning tanlashning yana bir mezoni ularning talabalar o’quv 
    imkoniyatlariga to’liq mos kelishi, ya’ni samarali o’quv faoliyati uchun ichki va 
    tashqi shart- 
    sharoitlarining birligini ta’minlashdir .
    Interfa
    ol o’qitish metodlaridan foydalanishda pedagogning xususiy 
    imkoniyatlariga 
    mos kelishi lozim. Bu pedagogning o’qitish metodlari nazariyasi va 
    amaliyoti bilan o’qitsh jarayoning qonuniyatlari bilan bilish nazariyalari ta’lim 
    mazmuni nazariyasi va boshqa mavjud qonunlar bilan qurollanganllik darajasini 
    hisobga oladi. 


    Interfaol metodlarni tanlash mezonlaridan keyingisi-
    ularning o’quv jarayonini 
    tashkil etish shakllari bilan mos kelishidir. O’qitishning yalpi, guruhli va individual 
    shakllari turlicha metodlarni talab etadi. Misol uchun debat metodi ikki talaba 
    o’rtasidagi bahs hisoblansa, “aqliy hujumda” guruhdagi barcha talabalarning 
    ishtiroki zarur bo’ladi.
    Ta’limning umumiy maqsadidan kelib chiqib o’qitishning ayni bosqichidagi 
    tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalarni yechish zaruratni hisobga olgan holda 
    ajratilgan variant tahlillanadi va baholanadi.
    Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri 
    ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga
    erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga 
    yetkazib berish,ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil 
    qilish,shuningdek,o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish,ular tomonidan egallangan 
    bilim,ko’nikma,malaka darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik 
    mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi. 
    Pedagogik texnologiya o’z mohiyatiga ko’ra subyektiv xususiyatiga ega ya’ni, 
    h
    ar bir pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini o’z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib 
    chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim. Qanday shakl, metod va vositalar 
    yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar pedagogik texnologiyalar:
    -pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish;
    -
    o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirish;
    o’quvchilar tomonidan o’quv predmetlari bo’yicha puxta bilimlarning 
    egallanishini ta’minlashi;
    o’quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishi; 
    o’quvchilarning o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-
    sharoitlarni yaratish;
    “Fikriy hujum” metodi o’quvchilarning mashg’ulotlar jarayonidagi faolliklarini 
    ta’minlash,ularni erkin fikr yuritishga rag’batlantirish hamda bir xil fikrlash 
    inersiyasidan ozod etish ,muayyan mavzu yuzasidan rang-
    barang g’oyalarni 
    to’plash,shuningdek,ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabli bosqichida 
    paydo bo’lgan fikrlarni yengishga o’rgatish uchun xizmat qiladi.
    “Fikriy hujum” metodi A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo’lib,uning 
    asosiy tamoyili va sharti mashg’ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o’rtaga 
    tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash,har qanday luqma va 
    hazil-
    mutoyibalarni rag’batlantirishdan iboratdir.Bundan ko’zlangan maqsad 
    o’quvchilarning mashg’ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim 
    jarayonida ushbu metoddan samarali va muffaqiyatli foydalanish o’qituvchining 
    pedagogik mahorati va tafakku
    r ko’lamining kengligiga bog’liq bo’ladi. Fikriy 
    hujum” metodidan foydalanish chog’ida o’quvchilarning soni 15 nafardan 
    oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg’ulot bir 
    soatga qadar tashkil etilishi mumkin.


    “Yalpi fikriy hujum” metodi J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, 
    uni bir necha o’n nafar o’quvchilardan iborat sinflarda qo’llash mumkin.
    Metod o’quvchilar tomonidan yangi g’oyalarning o’rtaga tashlanishi uchun 
    sharoit yaratib berishga xizmat qiladi
    . Har biri 5 yoki 6 nafar o’quvchilarni o’z ichiga 
    olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo’lgan turli xil topshiriq 
    yoki ijodiy vazifalar beriladi. Topshiriq va ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida 
    ijobiy hal etilgach, bu haqida 
    guruh a’zolaridan biri axborot beradi.
    Guruh tomonidan berilgan axborot o’qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari 
    tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg’ulot yakunida 
    o’qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi 
    va o’ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi. Mashg’ulot jarayonida guruh 
    a’zolarininig faoiyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko’ra baholab boriladi.
     3
    Xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol ta’lim bir vaqtda bir nechta
    masalani hal etish imkoniyatini beradi. Bulardan asosiysi-
    o‘quvchilarning
    muloqot olib borish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini rivojlantiradi, o‘quvchilar
    orasida emotsional aloqalar o‘rnatilishiga yordam beradi, ularni jamoa tarkibida 
    ishlashga, o‘z o‘rtoqlarining fikrini tinglashga o‘rgatish orqali tarbiyaviy
    vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, amaliyotdan ma’lum
    bo‘lishicha, dars jarayonida interfaol metodlarni qo‘llash o‘quvchilarning asabiy
    zo‘riqishlarini bartaraf qiladi, ular faoliyatining shaklini almashtirib turish,
    diqqatlarini dars mavzusining asosiy masalalariga jalb qilish imkoniyatini 
    beradi.
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
    1. 
    Interfaol ta’lim metodlarining psixologik asoslari uslubiy qo’llanma 
    SamDU nashr-2015 A.Saidov 
    2. 
    O’tkir Tolipov, Dilnoz Ro’ziyeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik 
    mahorat-
    Toshkent “Innovatsiya-Ziyo”-2019-149 bet 
    3. 
    www.Ziyo.uz
     

    Download 330,81 Kb.
    1   2   3   4




    Download 330,81 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lim tarbiya jarayonida interfaol medotlardan foydalanish

    Download 330,81 Kb.
    Pdf ko'rish