Logistika axborotlar tizimlarini korxonalar ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish masalalari




Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana14.06.2024
Hajmi1,34 Mb.
#263580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
34 Mamatov 315-326

 
Kirish 
Hozirgi vaqtda iqtisodiy vaziyat ishlab chiqarish korxonalarini bosh-qarishda 
moslashuvchanlik va harakatchanlikni talab qilib, korxonalarni ichki va tashqi moddiy 
imkoniyatlarini optimallashtirishda logistika axborotlar tizimlaridan keng foydalangan holda 
axborotlar va moliyaviy resurslarning umumiy xarajatlarini minimallashtirish maqsadida 
biznes jarayonlarini optimallashtirish imkoniyatlari qidirilmoqda. So‘nggi yillarda zamonaviy 
logistika axborotlar tizimlari konsepsiyalarini rivojlangan mamlakatlar kompaniyalari 
tomonidan biznesning asosiy yo‘nalishlarini strategik va operativ boshqarishda 
muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.
Mamlakatimizda 
ijtimoiy-iqtisodiy 
masalalar 
va 
vazifalarni 
hal 
etishda 
raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ahamiyatini muhimligini 
e’tiborga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston- 2030” 
strategiya-sini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 
Farmoni[1], O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat 
boshqaruviga raqamli iqtiso-diyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish 
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni[2], O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarori[3], O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora tadbirlari 
to‘g‘risida”gi[4], qarorlari qabul qilingan bo‘lib, korxonalarda logistika axborot tizimlarini 
keng joriy etishga xuquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Shuningdek, umuman korxonalar ishlab chiqarish jarayonlariga logistika axborotlar 
tizimlarini joriy qilish murakkab jarayon bo‘lib, ishlab chiqarishni boshqarish, savdoni 
boshqarish, maxsulotlarni yetkazib berish, kadrlarni joy-joyiga qo‘yish kabi muammolar 
dolzarb masalalardan bo‘lib qolmoqda. 

Download 1,34 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Logistika axborotlar tizimlarini korxonalar ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish masalalari

Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish