• “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal 317
  • Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili




    Download 1,34 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/13
    Sana14.06.2024
    Hajmi1,34 Mb.
    #263580
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    34 Mamatov 315-326

    Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili 
    Axborotlashgan jamiyatni shakllantirish, AKTdan milliy iqtisodiyoti-mizning turli 
    sohalarida foydalanish muammolari yetakchi iqtisodchi olimlar va mutaxassislar, iqtisodiy 
    informatika va avtomatlashtirilgan boshqaruv axborot tizimlari sohasida bir qator iqtisodchi 
    olimlarning fikrlari keltirib o‘tilgan. Iqtisodiy informatika va avtomatlashtirilgan boshqaruv 
    tizimlari sohasidagi taniqli olimlar, xususan, S.S.G‘ulomov tadqiqotlari milliy iqtisodiyotning 


    “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 
    http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
     
    317
     
    turli sohalarida AKTdan foydalanish va joriy etish samaradorligini oshirish masalalariga 
    bag‘ishlangan. B.A.Begalov AKTning shakllanib borishi, uning texnologik asoslari, jahonda va 
    O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning shakllani-shi, korxonalarda axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalari joriy etish ilmiy ilmiy ishlarida keng ko‘rib chiqilgan[5].
    Sh. G‘. Odilovning ilmiy ishlarida kompaniya logistik jarayonlarini axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha yondoshuvlar va takliflar 
    berilgan[6]. 
    V.A. Medvedev, va A.S. Prisyajnyuklar logistika operatsiyalari bilan bog‘liq asosiy 
    axborot jarayonlariga quyidagilar kiradi: mahsulotlar assortimenti, tashuvchilar, yuk 
    jo‘natuvchilar va qabul qiluvchilar, yo‘nalishlar, tariflar, normativ-huquqiy baza va boshqa 
    biznes ma’lumotlari bo‘yicha yagona ma’lumot bazasini yuritish va yangilash, elektron 
    xaritalar va joylashishni aniqlash va navigatsiya tizimlarini qo‘llab-quvvatlagan holda yuk 
    monitoring, buyurtmani amalga oshirish jarayonida turli jarayonlarni kuzatish (nazorat qilish 
    va yuklashni optimallashtirish va boshqalar), boshqa dasturiy ilovalardan ma’lumotlarni 
    import va eksport qilish, tahlil qilish, tashish uchun buyurtmalarni qabul qilish va qayta 
    ishlash, mijozlar, hamkorlar va xodimlarga buyurtmaning borishi haqidagi ma’lumotlardan 
    foydala-nish imkoniyatini ta’minlaydi deb, logistika operatsiyalari bilan bog‘liq asosiy 
    axborot jarayonlariga bo‘yicha o‘zlarining o‘quv qo‘llanmalarida logistika axborotlar tizimlari 
    bo‘yicha o‘zlarini yondoshuvlar va takliflarini berishgan[7]. 
    V.I.Sergeyev logistika axborotlar tizimlari logistikaning bir qismi bo‘lib, uning harakati 
    davomida moddiy oqimga hamroh bo‘ladigan axborot oqimini tashkil qiladi. Olimlar axborot 
    logistikasini korxonada yetkazib berish, yaratish va sotish o‘rtasidagi bog‘liqlik sifatida 
    belgilaydilar deb, o‘zlarining biznesda logistika o‘quv qo‘llanmalarida o‘zlarining yondoshuv 
    va takliflarini berishgan[8]. 

    Download 1,34 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 1,34 Mb.
    Pdf ko'rish