SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ
ISSUE 1
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 134
Strategiya Oʻzbekiston Respublikasining raqamli
iqtisodiyot va elektron
hukumatni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalishlari hamda oʻrta va
uzoq muddatli istiqbolli vazifalarini belgilaydi, shuningdek,
BMTning Barqaror
rivojlanish maqsadlari va Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida belgilangan
ustuvor vazifalardan kelib chiqib, raqamli texnologiyalarni
yanada keng joriy etish
uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va
axborot texnologiyalarining mahalliy
bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning
barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan
ta’minlashni koʻzda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish
boshlangan.
Bundan
tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan
geoportalni ishga tushirish, jamoat transporti
va kommunal infratuzilmani
boshqarishning axborot tizimini yaratish, ijtimoiy sohani raqamlashtirish va keyinchalik
ushbu tajribani boshqa hududlarda joriy qilishni nazarda tutuvchi “Raqamli Toshkent”
kompleks dasturi amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.
Raqamli texnologiyalar ostida turli xil muammolarni qisqa vaqt ichida hal qilish
imkonini beradigan ma’lumotlarni kodlash va tarqatishning maxsus usullaridan
foydalanadigan tizim tushuniladi.
Raqamli iqtisodiyotga oʻtish barcha sohalarni oʻzgartirganligi sababli logistika
ham oʻzgaradi. Yuklarni tashkil qilish vaqtini kamaytirishga
logistika jarayonining
barcha ishtirokchilari: savdo kontragentlari, transport ishtirokchilari, sugʻurta va
bojxona organlari va logistika kompaniyalari axborot integratsiyasi orqali erishiladi.
Ushbu integratsiyani ta’minlash uchun kompaniyalar oʻz
faoliyatiga raqamli
texnologiyalarni joriy etishadi. Bularning barchasi yangi "raqamli logistika"atamasining
paydo boʻlishiga yordam beradi. "Raqamli logistikaning asosiy yoʻnalishlari"
maqolasida mualliflar V.L. Vasilenok, V.V. Negreeva, E.I. Aleksashkina, A.I. Kruglov
va sa S.A. Plastunova raqamli logistikani axborotni qidirish, saqlash va uzatish usuli,
shuningdek, yuklarni etkazib berish jarayonini optimallashtirishga
imkon beruvchi
raqamli texnologiyalar sifatida belgilaydi [2]. Shunday qilib, ushbu mavzuni
oʻrganayotgan mualliflar logistika tashkilotlari faoliyatining
samaradorligini oshirish
uchun raqamli texnologiyalarni joriy etish muhimligini ta’kidladilar.