• Mavzuni yoritish
  • M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet127/251
    Sana06.09.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #270410
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   251
    Bog'liq
    Inf met

    Dars ishlanmalaridan namunalar: 
    Fayl yoki papkani ochish 
    (5- sinf) 
    Dars maqsadi:
    O‘quvchilarga papka yoki faylni ochish, yopish, yangi papka hosil 
    qilish, nomini va o‘lchamini o‘zgartirish, siljitish amallari haqida 
    ma’lumot berish.
     
    Asosiy tushunchalar:
    Oyna, sarlavha satri, oynani masalalar paneliga o‘tkazish, oyna 
    o‘lchamini tanlash, oynani yopish, oynani siljitish, kontekst- menyu 
    lavhasi, yurgich. 
    Mavzuni boshlashga hozirlik:
    Informatika darsligi. Informatikadan 5–sinf elektron darsligi va 
    mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga 
    keltiriladi. Mavzuga oid plakatlar tayyorlanadi. 
    Mavzuni yoritish:
    Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi. 
    Windows muxitida ishlash uchun papka yoki faylni ochish, yopish, 
    yangi papka hosil qilish, nomini va o‘lchamini o‘zgartirish, siljitish kabi 
    amallarni bajara olish kerak bo‘ladi. 
    O‘quvchilarga sichqoncha yordamida fayl yoki papkani ochishda 
    bajariladigan amallar izohlab boriladi va ko‘rsatib beriladi. Bunda 
    oyna
    ning quyidagi xususiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga 
    muvofiq bo‘ladi: 
    Sarlavha 
    satrining chap tomonida ochilgan fayl yoki papkaning 
    nomi yozilgan bo‘ladi, o‘ng tomonida esa “
    Oynani masalalar paneliga 
    o‘tkazish”, “Oyna o‘lchamini tanlash”, “Oynani yopish” 
    tanlov 
    tugmalari joylashgan bo‘ladi. 
    Vinchesterlar, 
    fayllar, 
    ko‘pgina 
    dasturlar, 
    diskyuritgichdagi 
    disketlar, CD- ROMdagi disklar yuqoridagi usulda ochilishi va ularning 
    mazmuni oynada aks etib turishi takidlanadi. 
    O‘quvchilar fayl yoki papkani ochishda,oyna o‘lchamini 
    o‘zgartirishda bajariladigan amallarni o‘zlari bajarib korishlari 
    mumkin. 
    Yangi papka hosil qilish va nomini o‘zgartirish amali kontekst- 
    menyu yordamida bajarib ko‘rsatiladi. 
    O‘quvchilar ham bu amallarni bajarib ko‘rishlari maqsadga muvofiq 
    bo‘ladi. Lekin o‘quvchilarga papka nomi o‘quvchi familiyasi, ismi yoki 


    213 

    Download 5,02 Mb.
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   251




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi

    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish