214
•
Oynaning sarlavha satrida nimalar aks etadi?
•
Ochilgan papka yoki fayl oynasining qanday o‘xshahsligi bor?
Javobingizni izohlang.
•
Oynaning eng kichik o‘lchami qanday bo‘lishi mumkin?
•
Oynani o‘lchamlari qanday o‘zgartiriladi?
•
Kontekst- menyuda nimalar aks etadi?
•
Papka va fayl kontekst- menyulari bir xil ko‘rinishda bo‘ladimi?
Javobingizni izohlang.
Hujjatlarda rasmlar bilan ishlash
(6- snif)
Texnologik xarita
O‘qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra bilish va
uni tasavvur etish uchun bo‘lajak dars jarayonini
loyihalashtirib olish
kerak. Bunda o‘qituvchi uchun bo‘lajak darsni texnologik xaritasini
tuzib olishi katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi
har
bir mavzu, xar bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning
xususiyatidan, o‘quvchilarning imkoniyati va
ehtiyojidan kelib chiqqan
holda tuziladi.
Texnologik haritani tuzish uchun o‘qituvchi pedagogika,
psixologiya,
xususiy
metodika,
pedagogik
va
axborot
texnologiyalardan xabardor bo‘lishi,
shuningdek, juda ko‘p uslub
va usullarni bilishi kerak. Har bir darsning rang- barang, qiziqarli bo‘lishi
avvaldan puxta o‘ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan
texnologik
xaritasiga bog‘liq.
Darsning texnologik xaritasini qay ko‘rinish (yoki shakl)da tuzish,
bu o‘qituvchining tajribasi, qo‘ygan maqsadi va ixtiyoriga bog‘liq.
Texnologik xarita qanday tuzilgan bo‘lmasin,
unda dars jarayoni yaxlit
holda aks etgan bo‘lishi hamda aniq belgilangan maqsad,
vazifa va
kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to‘liq
o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak. Texnologik xaritaning tuzilishi
o‘qituvchini darsni kengaytirilgan konspektini
yozishdan xalos etadi,
chunki bunday xaritada dars jarayonining hamda o‘qituvchi va
o‘quvchi faoliyatining barcha qirralari o‘z aksini topadi.