O‘rta maxsus, kasb- hunat ta’limida Informatika va axborot




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/251
Sana06.09.2024
Hajmi5,02 Mb.
#270410
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   251
Bog'liq
Inf met

 
8.2. O‘rta maxsus, kasb- hunat ta’limida Informatika va axborot 
texnologiyalari fanining mazmuni 
Axborot- kommunikatsiya texnologiyalarinig inson hayoti va 
faoliyatining barcha jabhalariga kirib borishi, axborot oqimining keskin 


238 
ravishda ortib borishi, axborot almshinuvi, boshqaruv va texnologik 
jarayonlarning avtomatlashtirish ko‘lamini kengayib borishi, umuman 
aytganda jamiyatni axborotlashuvi jarayonining jadallashib borishi, har 
bir mutaxassisdan informatika usul va vositalarini, axborot – 
kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallagan bo‘lishligini talab 
etmoqda. U qaysi soxada ishlashidan qat’iy nazar, o‘z vazifasini zamon 
talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi vositalarni, 
ularni ishlatish uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko‘nikmasiga ega 
bo‘lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda mustaqil Respublikamizda 
ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub isloxotlarning mazmun - 
mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan bo‘lib, ushbu 
vazifalar orasida o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi muassasalarining 
bitiruvchilarini axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z kasbiy 
faoliyatlarida samarali foydalana oladigan darajada tayyorlash vazifasi 
alohida o‘rin egallaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning 2010 yil 27 
yanvar kuni bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatni 
modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustivor 
maqsadimizdir”, hamda Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 yanvar 
kuni bo‘lib o‘tgan majlisidagi “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz 
taraqqiyoti va halqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” 
mavzularidagi ma’ruzalarida ham o‘quv jarayoniga yangi axborot –
kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar 
hamda multimedia vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat 
maktablari, kasb- hunar kollejlari va litseylarida, oliy ta’lim 
muassasalarida ta’lim berish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim 
muassasalarining o‘quv - laboratoriya bazasini eng zamonaviy o‘quv va 
laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustaxkamlash 
vazifalari ko‘yilgan. 
Shuningdek 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar 
tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb - hunar ta’limi muassasalarini 
shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid 
chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ - 1761 sonli qarorida mazkur ta’lim 
muassasalarida ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot- 
kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng tatbiq etishga, 
bitiruvchilarning tayyorgarlik sifatini oshirishga alohida e’tibor 
qaratilgan. 


239 
Ma’lumki 2010 yilda ta’lim tizimidagi fanlarni o‘qitishda uzviylik 
va uzluksizligini ta’minlash maqsadida, har bir fanning mazmuni qayta 
taxlildan o‘tkazildi, Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari 
takomillashtirildi, ta’lim bosqichlari bo‘yicha uning uzviyligi va 
uzluksizligini ta’minlash asosida tubdan isloh qilindi. Akademik litsey 
va kasb - hunar kollejlari o‘quv rejasida umum ta’lim predmeti sifatida 
kiritilgan «Informatika» va “Axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha 
ham tegishli o‘quv dasturlari takomillashtirilgan DTS asosida o‘rta 
umumta’lim maktablaridagi «Informatika» va oliy ta’limdagi 
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanlari bilan uzviy bog‘liq 
ravishda qayta tuzib chiqildi. 
Kasb - hunar kollejlarida «Informatika va axborot texnologiyalari» 
fanini o‘qitishning bosh maqsadi o‘quvchilarga informatika va axborot 
texnologiyalarini kasbga yo‘naltirilgan holda o‘qitish, asosan ularning
amaliy jihatlari haqida bilim berish, zamonaviy kompyuterlarning 
dasturiy ta’minoti, shu jumladan, amaliy va xizmat ko‘rsatuvchi 
dasturlar bilan ishlash malakasini hosil qilish, axborot–kommunikatsiya 
texnologiyalaridan o‘z kasbiy faoliyatlarida unumli foydalana olish 
ko‘nima va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi bo‘lajak kichik mutaxassislarga informatika va 
axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatida samarali foydalana oladigan 
darajada o‘rgatish, shu sohada mukammal to‘liq bilim berilishini 
ta’minlashdan iboratdir.
Dasturga kiritilgan bir qator amaliy dasturlarning barchasini ham 
o‘rganish shart emas. Kasb - hunar kollejining kichik mutaxassislarni 
tayyorlash yo‘nalishidan kelib chiqqan holda u yoki bu amaliy dasturni 
o‘rganish tavsiya etiladi.
O‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalariga talablar:
Fanni o‘rganish natijasida o‘quvchilar: 

axborotni turlari, ularni tasvirlash, saqlash, ishlov berish va 
uzatish yo‘llarini, axborotning sifat ko‘rsatkichlari, jamiyatda axboriy 
jarayonlar, axborotlashgan jamiyat, axboriy madaniyat, jamiyatni 
axborotlashtirishning xuqukiy asoslari, axborotlashgan jamiyatning 
moddiy va texnologik negizlari, jamiyatning axborot resurslari, axborot 
xavfsizligi, axboriy xuquq va etika, o‘z kasbiy faoliyatda axborotning 
roli va ahamiyatini, informatika va axborot texnologiyalarining 
axborotlashgan jamiyatdagi, hususan o‘z kasbiy soxasidagi o‘rni, roli va 
vazifalarini bilishi va ular haqida tushunchalarga ega bo‘lishi; 


240 

kompyuterni axborotga ishlov beruvchi vosita sifatidagi rolini, 
kompyuter dasturlari va ularning axborotlarga ishlov berish jaryonidagi 
o‘rnini, shaxsiy kompyuterlar tasnifi va tarkibini, tizimli blok va uning 
tuzilmasini, kompyuterda ma’lumotlarni tashkil etish va saqlashni 
bilishlari; 

shaxsiy kompyuterning dasturiy ta’minoti va uning turlarini, 
drayverlar, utilitlar, amaliy dasturiy ta’minot turlarini, dasturlash 
texnologiyasining uskunaviy vositalarini bilishi va ular bilan ishlay 
olishi;

tizimli dasturiy ta’minot va uning turlarini, operatsion tizim va 
uning qobigi ostida ishlovchi dasturlarni bilishi va ular bilan ishlay 
olishi, zamonaviy operatsion tizimlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishi, 
WINDOWS operatsion tizimining yangi versiyalarida ishlay olishi, 
LINUX - operatsion tizimi, uning imkoniyatlari, qo‘llanilish doirasi, 
hususiyatlari va afzalliklari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi; 

Ofis dasturlari paketi va uning tarkibini, zamonaviy matn 
protsessorlarining imkoniyatlarini bilishi va ulardan foydalana olish 
malakalariga ega bo‘lishi, gipersso‘lkalar, rasmlar va murakkab 
jadvallar bilan ishlay olishi, zamonaviy jadval protsessorining 
imkoniyatlari xaqida bilimlarga ega bo‘lishi va ulardan foydalana olishi, 
taqdimot yaratishning
zamonaviy dasturiy ta’minoti haqida chuqurroq 
bilimga ega bo‘lishi va Power Point dasturida murakkab animatsion 
taqdimotlarni yarata olishi, o‘z kasbiy faoliyatda ofis dasturlaridan 
foydalanish imkoniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi va ulardan 
foydalana olishi; 

grafik ob’ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullarini, 
kompyuter grafikasi va uning turlarini, tasvirlarni grafik muxarrir 
uskunalari (skaner, grafik planshet) yordamida kiritish va qayta ishlash 
yo‘llarini, rastrli va vektorli grafikaning dasturiy ta’minotini bilishi, 
PhotoShop, CorelDraw dasturlaridan birida ishlay olishi, ikki va uch 
o‘lchovli grafika xaqida bilimga ega bo‘lishi va o‘z kasbiy faoliyatida 
grafik dasturlaridan foydalana olish malakalariga ega bo‘lishi; 

amaliy 
dasturlar 
va 
ularning 
turli 
kasbiy 
sohalarda 
qo‘llalanilishi, nashriyot tizimlari hakida ma’lumotga ega bo‘lishi, o‘z 
kasbiy sohasi- dan kelib chiqqan holda turli soxalarda qo‘llaniladigan 
dasturlar (PageMaker, 1S: Bugalteriya, BEM, muhandislik grafikasi 
dasturlari – AvtoCad, MathCAD va boshqa dasturlar) haqida 
ma’lumotga ega bo‘lishi va ulardan birida ishlay olish malakalariga ega 
bo‘lishi;


241 

zamonaviy dasturlash tillari va ularning tasnifi, dasturlash 
tilining asosiy tushunchalari va operatorlarini, obektga mo‘ljallangan 
dasturlash xaqida bilimga ega bo‘lishi, Delphi dasturlash tili va uning 
ishchi muhiti bilan ishlay olishi, komponentlar palitrasi va uning 
bo‘limlari va ayrim komponentlari bilan ishlay olishi, Delphi dasturi 
strukturasi, loyiha va modullar tuzishga oid masalalarni hal qilishni, 
Delphida protsedura va funktsiyalar bilan ishlay olishi, Delphi 
dasturlash tilining grafik imkoniyatlari oid dasturlar tuzish va ularni 
kompyuterga kiritib taxlil qilish, o‘z kasbiy sohasiga oid uncha 
murakkab bo‘lmagan masalalarni dasturini tuzish va kompyuterda 
natijasini ola bilish malakalariga ega bo‘lishi; 

Web – dizayn va uning dasturiy ta’minoti, Flach texnologiyasi 
yordamida Web- sahifa yaratish va bezashni, Web – sahifalarga rasmli, 
grafikli ma’lumotlarni turli usullarda joylashtirish va bezash usullarini, 
Web- sahifalarda formalar o‘rnatish usullarini, tovushli ma’lumotlarni 
joylashtirishni, 
Web- 
sahifalar 
orasida 
aloqalarni 
o‘rnatish 
imkoniyatlarini bilishlari va amaliyotda qo‘llay olishlari; 

axborotni tashkil qilish va izlab topish, ajratib olingan axborotni 
tizimlashtirish, tarkiblantirish, umumlashtirish va tushunarli shaklga 
keltirishni bilishi; 

kompyuterlarga xizmat qilishning asosiy qoidalari, ularga 
xizmat qiluvchi dasturlar va ulardan foydalana olishni bilishi; 

kompyuter viruslaridan saqlanish usullari, antivirus dastur 
vositalarining imkoniyatlaridan foydalana olishi; 

fayllarni arxivlash usullari va arxivator dasturlar bilan ishlashni 
bilishi; 

kasbiy soxasiga oid sodda masalalarning modellarini tuza olishi; 

multimediya texnologiyasi va telekommunikatsiya vositalarini 
bilishi va ulardan foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; 

shaxsiy elektron manzil (elektron pochta) ochish va u bilan 
ishlash, Internet tarmog‘ida axborot izlash tizimlaridan foydalana olish 
malakalariga ega bo‘lish;

Internet va lokal kompyuter tarmoqlaridan foydalana olish 
malakalariga ega bo‘lishlari zarur. 
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda fanning mazmuni quyidagi 
bo‘limlardan iborat qilib belgilandi: 
1- bob. Axborot va jamiyat.


242 
2- bob. Axborot texnologiyalari va tizimlari, ularning jamiyatdagi 
o‘rni va ahamiyati. 
3- bob. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning dasturiy 
ta’minoti. 
4- bob. Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari. 
5- bob. Ma’lumotlar ombori va uni boshqarish tizimlari. 
6- bob. Kompyuterda grafik ob’ektlar bilan ishlash. 
7- bob. Kasbiy foaliyatda amaliy dasturlar va ulardan foydalanish 
asoslari. 
8- bob. Zamonaviy dasturlash tillari. 
9- bob. Fayllarni arxivlash va kompyuter viruslaridan saqlanish. 
10- bob. Axborot xavfsizligi. 
11- bob. Kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish. 
12- bob. Model va modellashtirish asoslari. 
13- bob. Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari. 
14- bob. Web –dizayn asoslari 

Download 5,02 Mb.
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   251




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 O‘rta maxsus, kasb- hunat ta’limida Informatika va axborot

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish