262
O‘quv jarayonida mustaqil ta’limini tashkil etish uchun elektron
o‘quv- uslubiy majmualar yaratish va joriy etishning dolzarbligi
quyidagi omillar bilan belgilanadi:
– talabalarning mustaqil ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojini e’tiborga
olish va uni amalga oshirish uchun yetarli shart- sharoitlar yaratib
berish;
– ta’lim tizimining turli yo‘nalishlarida talabalarning faol ta’lim
olish shakllariga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash
va uni joriy qilish;
– talabalar tomonidan ta’lim mazmuni, metodi va zamonaviy
vositalarini mustaqil tanlashlari uchun zarur shart - sharoitlar
yaratish;
– fan va texnika taraqqiyotining bugungi darajasi bilan mukammal
tanishtirish va bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy tayyorgarlik sifatini
oshirish;
– oliy ta’lim muassasalarining elektron axborot - ta’lim muhiti va
integrallashgan o‘quv- ilmiy resurslarini yaratish;
– ta’lim jarayonini axborotlashtirish borasida to‘plangan ilg‘or
tajribalarni amaliyotga joriy etish;
– zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida talabalar mustaqil
ta’limini tashkil etish imkonini beruvchi elektron o‘quv- metodik
majmualar yaratish;
– talabalar mustaqil ta’lim olishlarini tashkil etish, amalga oshirish
va nazorat qilishga oid o‘quv- metodik adabiyotlar, tavsiyalar,
ishlanmalar, yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalar ishlab chiqish va boshqalar.
O‘quv jarayoni uchun elektron o‘quv - uslubiy majmualar
yaratishning asosiy maqsadi – ta’lim jarayonini individuallashtirish va
tabaqalashtirish tamoyillari asosida tashkil etishni ta’minlash, ta’lim
tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan etakchi professor- o‘qituvchilarning
kasbiy salohiyatlariga tayangan holda, ta’lim
sifatini oshirish, talabalar
uchun uzluksiz ta’lim olish imkoniyatini yaratish, ta’limning turli
shakllarini o‘zaro bir- biriga muvofiqlashtirishdan iborat.
O‘quv jarayoni uchun elektron o‘quv - uslubiy majmualar asosida
mustaqil ta’limni tashkil etish an’anaviy ta’lim shaklidan quyidagi
jihatlari bilan farq qiladi:
– talabalar mustaqil ishlash imkoniyatining kattaligi;
– o‘quv - metodik ta’minotning rang - barangligi;
– ta’lim olishni individuallashtirish;
– yetakchi oliy ta’lim muassasalari
hamda ilmiy markazlarda
faoliyat ko‘rsatayotgan yuqori malakali professor - o‘qituvchilar hamda
olimlar salohiyatidan keng foydalanish;
263
– talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga sharoit yaratish;
– talabalarning keng auditoriyasini qamrab olish va uning natijasi
sifatida o‘zaro hamkorlik muhitini yaratish;
– o‘quv jarayonida talabalar guruhini faollashtirish va
muvofiqlashtirish;
– talabalarni kuzatish, yordam ko‘rsatish hamda ular bilan ishlashni
individuallashtirish va tabaqalashtirishga
qaratilgan axborot muhitini
yaratish;
– multimedia texnologiyalarini qo‘llash orqali talabalarda o‘qishga
qiziqishni orttirish;
– ta’limning interfaol xususiyati asosida talabalarning fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantish va o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning
samaradorligini oshirish;
– real holatlarda namoyish qilinishi qiyin, yoki murakkab bo‘lgan
jarayonlarni modellashtirish va kuzatish imkoniyatlarini yaratish;
– an’anaviy hamda masofali ta’lim o‘quv - metodik ta’minotining
samarali integratsiyasini ta’minlash;
– talabalarga mustaqil izlanish orqali o‘quv materiallarini topish,
o‘rganish hamda muammoli masalalarni hal etish orqali ularda ma’lum
tadqiqot ishlarini amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantirish;
– talabalarning amaliy kasbiy ko‘nikma va malakalarini
shakllantirish va rivojlantirishda o‘quv trenajer vazifasini bajarish;
– o‘quv jarayonida nazorat tahlilini sifatli tashkil etish;
–
talabalarning kurs, malakaviy bitiruv ishlarini bajarishda,
magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlashda o‘quv materiallari bilan
mustaqil tanishish, tanlab olish, turli ma’lumotlarni tahlil eta olish kabi
malakalarni shakllantirish.
Bugungi kunda ta’lim jarayonini takomillashtirishning
asosiy
omillari sifatida kompyuter bilan muloqotni, elektron ta’lim resurslari
orqali o‘quv- metodik ta’minotni yaratish, o‘quv jarayonini kompyuterli
axborot- ta’lim muhiti va zamonaviy talablar darajasida tashkil qilish,
ta’lim berishda gipermatn, multimedia,
axborot - kommunikatsiya
tizimlaridan keng foydalanish kabilarni qayd etish mumkin.
O‘quv jarayonida elektron o‘quv - uslubiy majmualardan
foydalanishning afzalliklari quyidagilardan iborat:
•
ta’lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurroq va
mukammalroq o‘zlashtirish;
•
ta’lim olishning yangi shakllarini joriy qilish;
264
•
dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni
tejash imkoniyati;
•
o‘quvchilarda ma’lum malakalarni shakllantirish vaqti qisqaligi;
•
mashg‘ulotlarda bajariladigan topshiriqlar
sonining oshishi;
•
kompyuter tomonidan faol boshqarishni talab qilinishi natijasida
o‘quvchi ta’lim sub’ektiga aylanishi;
•
o‘quvchilar
kuzatishi,
mushohada
qilishi
qiyin
bo‘lgan
jarayonlarni modellashtirish va bevosita namoyish qilish imkoniyatining
hosil bo‘lishi va boshqalar.
So‘nggi yillarda G‘arbda ta’lim tizimini boshqarishda qo‘llanilib
kelinayotgan Internet yoki Interanet tarmog‘i orqali elektron shakldagi
ta’lim turini E-learning (elektron ta’lim) atamasi bilan kirib keldi.
Elektron ta’lim – axborot - kommunikatsiya texnologiyalari
asosidagi ta’limning turli ko‘rinishlarini anglatuvchi keng tushunchadir.
Elektron ta’limni tashkillashtirishning ko‘pgina manbalari orasidan
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
• Mualliflik dasturiy mahsulotlari (Authoring tools);
• Virtual ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning
Management Systems);
• Ichki kontentni boshqaruv tizimlari CMS (Content Management
Systems).