Elektron ta’minot va uning turlari




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/251
Sana06.09.2024
Hajmi5,02 Mb.
#270410
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   251
Bog'liq
Inf met

9.2. Elektron ta’minot va uning turlari.
Elektron o‘quv- metodik ta’minot
Informatika o‘qitish metodikasi fanining «Informatika» o‘quv 
predmetini o‘qitish uchun o‘quv- metodik, dasturiy, tashkiliy va texnik 
ta’minotini tadqiq etish hamda ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan, 
pedagogika va informatika fanining bir qismi sifatida qarash mumkin. 
Informatika o‘qitish metodikasi o‘quv- metodik ta’minot uchun o‘z 
oldiga quyidagilarni yaratishni maqsad qilib qo‘yadi: o‘quvchilar uchun 
darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar yaratish; o‘qituvchilar uchun esa 
uslubiy ishlanmalarni yaratish. 
O‘quv - metodik ta’minot o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv va 
uslubiy qo‘llanmalar, shu jumladan, ularning elektron ko‘rinishdagi 
variantlarini o‘z ichiga oladi. O‘quv- metodik ta’minot tarkibiga davriy 
nashrlardagi me’yoriy hujjatlarni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
va Xalq ta’limi vazirliklari tomonidan joriy qilingan uslubiy materiallar 
hamda me’yoriy hujjatlarni kiritish mumkin. 
O‘quv - metodik ta’minotning zamonaviy tashkil etuvchilaridan biri 
elektron o‘quv – metodik materiallardir. Elektron o‘quv - metodik 
materiallarga quyidagilarni misol qilish mumkin: 
-
elektron ma’lumotnomalar; 
-
elektron o‘quv qo‘llanmalar; 
-
elektron darsliklar; 
-
elektron entsiklopediyalar va boshqalar. 
Informatika o‘qitish metodikasida dasturiy ta’minot sohasida 
quyidagilarni amalga oshiradi: yangi dasturiy mahsulotlarni ishlab 
chiqish, muayyan dasturiy muhsulotlardan foydalanish maqsadga 
muvofiqligini asoslab berish kabilar. 


258 
Informatika kursining dasturiy ta’minoti kompyuterlarning bazaviy 
dasturlari va informatika kursining ma’lum bir mavzularini o‘rganishga 
yordam beradigan pedagogik dasturlar majmuasidan tashkil topadi. 

Download 5,02 Mb.
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   251




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish