265
degan tushunchani emas, balki umuman “Elektron” meteriallar va
ETRlar deb yuritish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
ETR lar turlicha bo‘ladi. Ularni an’anaviy poligrafik darsliklardan
farqini darajalar bo‘yicha sinflarga ajratish ancha qulay:
•
Eng sodda ETR – matngrafiklidir
. Ular kitoblardan asosan matn
va
rasmlarni taqdim etish bilan, ya’ni material qog‘ozda emas ekranda
taqdim etilishi bilan farqlanadi. Uni chop etish, ya’ni qog‘ozga o‘tkazish
oson.
•
ETRning keyingi guruhi ham matngrafikli
, lekin matn bo‘yicha
harakat alohida farqlanadi.
Kitobning sahifalarini ketma - ket o‘qiymiz, va shu bilan
chiziqli
harakatlanamiz. Bunda o‘quv matnda yetarlicha tez- tez o‘sha o‘quv
matnning boshqa bo‘limiga murojat qilingan atama va murojaatlar
uchrab turadi.
Bunday hollarda kitob noqulay, tushuntirishlarni
sahifalarni varaqlab, boshqa joydan izlash kerak.
ETRda buni osongina: ma’lum bo‘lmagan atamani ko‘rsatib, shu
zahotiyoq katta bo‘lmagan oynada uning ta’rifini topish, yoki kalit
so‘z(so‘z birikma)larini ko‘rsatishda ekranning mazmunini bir onda
o‘zgartirish mumkin. Mazmunan kalitli so‘z
birikma - hammaga
ma’lum bo‘lgan kitobning satri alohida varaqqa(mundarijaga)
chiqarilmagan, balki asosiy matnga joriy qilingan.
Bu holda matn bo‘yicha harakat
chiziqsiz
(matnning lavhalarini
o‘zingizga yoqqan holatda ko‘rib chiqish mumkin) bo‘ladi. Bunday
matngrafikli maxsulot
gipermatn
deb yuritiladi.
ETRning
uchunchi darajasi
– butunlay vizual yoki ovozli
lavhalardan tashkil topgan resurslardir. Bu erda kitobdan rasman farqi
ravshan: kino ham, animatsiya(multfilm) ham,
ovoz ham poligrafik
nashrga imkoni yo‘q. Lekin boshqa tomondan, bunday ETRlar oddiy
audioG‘video mahsulotlardan maishiy SD- pleyrlarda namoyish
etishidan katta farq qilmasligini inobatga olish kerak.