• Pedagogik dasturiy vositalarga quyidagilarni misol qilish mumkin
  • Bazaviy dasturlarga quyidagilarni misol qilish mumkin




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet151/251
    Sana06.09.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #270410
    1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   251
    Bog'liq
    Inf met

    Bazaviy dasturlarga quyidagilarni misol qilish mumkin: 

    Klaviatura trenajyori; 

    Dasturlash tillari; 

    Ofis dasturlari

    Matn muharrirlari; 

    Elektron jadvallar; 

    Grafik muharrirlar; 

    Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari; 

    Tarmoqlar bilan ishlashga mo‘ljallangan dasturlar va boshqalar. 
    Pedagogik dasturiy vositalarga quyidagilarni misol qilish 
    mumkin: 

    o‘quv - o‘yin dasturlari; 

    o‘rgatuvchi va mashq qildiruvchi dasturlar; 

    test dasturlari; 

    elektron o‘quv materiallarini yaratish uchun uskunaviy dasturiy 
    vositalar; 

    ma’lumotnoma tizimlari va boshqalar. 
    Informatika o‘qitish metodikasi tashkiliy ta’minot sohasida 
    pedagogik dasturiy vositalar va axborot texnologiyalarini o‘quv 
    jarayonida samarali qo‘llash masalalarini hal etadi. 
    Informatika o‘qitish metodikasi texnik ta’minot sohasida quyidagi 
    masalalarni hal etadi: 

    o‘quv - tarbiya jarayonida foydalanadigan texnik vositalarni 
    tanlashni iqtisodiy asoslash; 

    kelajakda foydalanish istiqbollarini hisobga olgan holda 
    informatika xonasining parametrlarini, jihozlarini aniqlash. 
    Informatika fani tez rivojlanib borayotgan fan hisoblanadi. Keyingi 
    o‘n yil ichida informatikaga juda ko‘p yangi tushunchalar kiritildi, yangi 
    nazariyalar paydo bo‘ldi, yangi kompyuterlar va ularning qurilmalari 
    yaratildi. Shuning uchun o‘quv kursining mazmuni va tuzilishi doimo 
    yangilab turilishi lozim. 
    Informatikaning rivojlanish tarixi va asosiy g‘oyasining shakllanish 
    jarayonlarini o‘rganish uchun tarixiy materiallardan foydalanish lozim. 
    Shunda informatika fani o‘quvchilar ko‘z oldida qotib qolgan va 
    shakllanib bo‘lgan fan sifatida emas, balki rivojlanishda, ijodiy 
    yaratuvchanlik jarayonida namoyon bo‘ladi.


    259 
    Informatika fanidan ta’lim berishda uning boshqa fanlardan farqli 
    tomonlaridan biri dars jarayoni ko‘proq ko‘rgazmali va amaliy 
    ko‘rinishlarda olib borilishidir. Dars jarayonida quyidagi asosiy 
    qoidalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir: 

    Informatika kursidagi turli mavzularning o‘zaro aloqalarini 
    ko‘rsatuvchi sxemalar, plakatlar, klasterlardan foydalanish; 

    O‘zlashtirilgan mavzularni takrorlash va takomillashtirish; 

    Oldingi o‘tilgan materiallarni batafsil takrorlash; 

    Yangi materiallarni tushuntirishda u bilan oddiy, sodda va tabiiy 
    aloqada bo‘ladigan ma’lumotlardan boshqa ma’lumotlarni qo‘shmaslik; 

    O‘quvchilarning o‘z fikrini bayon qilish usuli va shakllarini 
    doimo kuzatib borish

    Har 
    bir 
    bo‘lim 
    so‘ngida 
    umumlashtiruvchi 
    va 
    sistemalashtiruvchi darslarni o‘tkazish. 
    Dars jarayonida ko‘gazmali vositalarni namoyish qilishda hozirgi 
    kunda keng qo‘llanilayotgan videoproektor qurilmasidan unumli 
    foydalanish tavsiya etiladi. Videoproektor yordamida kompyuter 
    ekranidagi tasvirlarni katta ekranga proektsiyalash iishlarini amalga 
    oshirish mumkin. 
    O‘quv jarayonida ta’limning zamonaviy shakllari va usullarini 
    qo‘llash, axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish, masofali 
    o‘qitish texnologiyalarini joriy qilish masalalari dolzarb muammolardan 
    biri hisoblanadi. Masofali o‘qitish - axborot- kommunikatsiya 
    texnologiyalari va ilmiy asoslangan o‘qitish usullarini qo‘llab ta’lim 
    olish shaklidir. O‘qitishning bu shaklida o‘quvchilarga mos ta’lim 
    predmetini erkin tanlash, o‘qituvchi bilan muloqat qilish sharoitlarini 
    ta’minlaydigan an’anaviy, zamonaviy axborot-telekommunikatsiya 
    texnologiyalariga asoslanadigan, o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchining 
    qaerdaligi va vaqtga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshiriladi. 
    Masofali o‘qitishda o‘quv jarayoniga tegishli bo‘lgan barcha 
    komponentlar (maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakl, o‘qitish 
    vositalari va hokazo) Internet texnologiyasining texnik va dasturiy 
    vositalari bilan amalga oshiriladi.
    Zamonaviy o‘quv jarayonini shu jumladan, masofali o‘qitishni 
    tashkil qilishda ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirishda axborot 
    makonining o‘rni juda katta. Ta’lim muassasalarida fanlardan axborot 
    makonini yaratish Internet va Intranet tarmoqlarida ta’lim portallari, 
    elektron o‘quv - uslubiy majmualar tashkil qilish orqali amalga 
    oshiriladi. 


    260 
    Elektron o‘quv - uslubiy majmualar asosida o‘qitishni tashkil 
    qilishda umumlashtirilgan o‘qitish texnologiyalari va tizimlari yaratish 
    muhim ahamiyatga ega. Umumlashtirilgan o‘qitish texnologiyalari va 
    tizimlariga elektron o‘quv- uslubiy majmualarda joylashtirilgan o‘quv 
    dasturlari, rejalar, darsliklar, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, seminar, 
    amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari mazmuni, test tizimlari 
    majmuasini keltirish mumkin. 
    Elektron o‘quv - uslubiy majmualar masofali ta’lim tizimining 
    rivojlanishiga, shu bilan birga uning asosiy vositasi hisoblanib, masofali 
    ta’limning tashkiliy - uslubiy va me’yoriy - huquqiy bazasining 
    rivojlanishiga, ta’lim oluvchilar va pedagoglarni mutlaqo yangi vositalar 
    bilan ta’minlashga, pedagogik tadqiqotlarni rivojlantirishga ijobiy ta’sir 
    ko‘rsatadi.
    Elektron o‘quv - uslubiy majmualar asosida masofali o‘qitish 
    amalga oshiriladigan ta’lim muassasalarida majmuaga o‘quv jarayonini 
    tashkil etish va boshqarish, uning tuzilmalari, moliyaviy- xo‘jalik 
    ishlarini yuritish, o‘quv reja va dasturlar, o‘quv materiallari, testlar va 
    boshqalar haqida ma’lumotlar joylashtiriladi. 
    Elektron o‘quv - uslubiy majmualarning asosiy o‘quv- uslubiy qismi 
    elektron darslik tizimiga asoslangan. Elektron darslik - kompyuter va 
    axborot- kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan o‘quv uslubini 
    qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, 
    ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o‘zlashtirilishiga 
    mo‘ljallangan elektron o‘quv adabiyoti hisoblanadi (Uzluksiz ta’lim 
    tizimi 
    uchun 
    o‘quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish 
    kontseptsiyasi, 2002).
    Elektron o‘quv - uslubiy majmualar o‘quv jarayoni mobaynida 
    namoyish etish vositasi, kompyuter sinflarida tashkil etiladigan mustaqil 
    ishlash mashg‘ulotlarida repititor, mustaqil ta’lim olishga vosita, amaliy 
    va laboratoriya ishlarini bajarish mobaynida uslubiy yordamchi, 
    o‘quvchilar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirishini nazoratchisi, amaliy va 
    laboratoriya mashg‘ulotlari uchun masala va mashqlar bilan 
    ta’minlovchidir. 
    Elektron o‘quv - uslubiy majmualar o‘quvchilarga axborotni o‘qish, 
    ma’ruzalarni eshitish, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlariga 
    mo‘ljallangan vazifalarni bajarish, o‘z bilimlarini tekshirish va zarur 
    hollarda ularni to‘ldirish, o‘z- o‘zini nazorat qilish kabi bilim shakllarini 
    tavsiya etishi mumkin.


    261 
    Elektron o‘quv- uslubiy majmualar o‘z ichiga trenajyorlar, amaliy 
    va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun vazifalar, test topshiriqlari, bir 
    vaqtning o‘zida bilim berish va ularni o‘zlashtirish jarayonini nazorat 
    qiluvchi dasturiy ta’minotlarni qamrab oladi (12-rasm). Boshqacha 
    aytganda u o‘quv predmetlarining asosiy axborotli qismini bayon 
    etuvchi, olingan bilimlarni mustahkamlashga mo‘ljallangan mashqlar, 
    o‘quvchilarning bilimlarini baholash imkoniyatini beradigan test 
    texnologiyalaridan tashkil topadi.

    Download 5,02 Mb.
    1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   251




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bazaviy dasturlarga quyidagilarni misol qilish mumkin

    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish