253
9- BOB . UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA INFORMATIKA
VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISH
TA’MINOTLARI
9.1. Uzluksiz ta’lim tizimida Informatika va axborot
texnologiyalari fanini o‘qitishning o‘quv- metodik ta’minoti va
metodik tizimi
Informatika o‘qitish metodikasi o‘z
oldiga Informatika fani
bo‘yicha o‘quvchilar uchun qiziqarli darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni,
o‘qituvchilar uchun esa uslubiy qo‘llanmalar va ishlanmalarni yaratishni
maqsad qilib qo‘yadi.
Informatika va axborot texnologiyalarini fanining o‘quv- uslubiy
ta’minotini DTS, o‘quv
dasturlari, darsliklar, o‘quv
va uslubiy
qo‘llanmalarni o‘z ichiga oladi. Bunda asosiy o‘rinni darslik va o‘quv
qo‘llanmalar egallaydi. Qolgan o‘quv- uslubiy ta’minot asosiy darslik
bilan yaqindan bog‘langan bo‘lib, darslikdagi g‘oyalarni tushuntirish va
rivojlantirishga xizmat qilishi lozim.
Informatika o‘qitishda quyidagi didaktik
tizimlardan foydalanish
mumkin:
➢
Guruhni an’anaviy texnik vositalarni qo‘llab o‘qitish;
➢
Bir o‘quvchi va ko‘p o‘quvchi tizimi;
➢
Kichik guruhlar tashkil etish;
➢
Avtomatlashgan
auditoriyalar;
➢
Dasturli o‘qitish;
➢
Kompyuterli o‘qitish.