M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/251
Sana06.09.2024
Hajmi5,02 Mb.
#270410
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   251
Bog'liq
Inf met

foydalanish
shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning 
o‘qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar 
tarkibiga: o‘quv fani bo‘yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga 
yo‘naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik 
ta’minot, qo‘shimcha va yordamchi vositalar kiradi.


268 
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin: 
-
o‘rgatuvchi dasturlar – o‘quvchilarning bilim darajasi va 
qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiradi; 
-
test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni 
tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo‘llaniladi; 
-
mashq qildirgichlar - avval o‘zlashtirilgan o‘quv materialini 
takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;
-
o‘qituvchi 
ishtirokidagi 
virtual 
o‘quv 
muhitini 
shakllantiruvchi dasturlar. 
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish bir nechta bosqichda amalga 
oshiriladi.
Birinchi bosqichda pedagogik loyihalashtirish amalga oshiriladi. 
Bunda 
maqsad, 
pedagogik 
vazifalar 
aniqlashtiriladi, 
didaktik 
imkoniyatlardan kelib chiqib o‘qitishning mazmuni va tuzilmasi tahlil 
qilinadi.
Ikkinchi bosqichda metodik loyihalashtirish bajariladi. Mazkur 
bosqichda ilmiy nazariy ma’lumotlarni o‘quv materiallariga aylantirish, 
o‘quv matnlari, illyustratsiyalar, grafik ma’lumotlar shakllantiriladi. 
O‘qitishning maqsadi, metodi va vazifalariga mos o‘quv materiallarining 
shakllari ishlab chiqiladi, elektron o‘quv materiallaridan lokal, tarmoq, 
masofaviy ta’lim kabi foydalanish sohalari aniqlashtiriladi.
Uchinchi bosqichda pedagogik dasturiy vositalarni shakllantirish 
uchun zarur dasturiy vositalar yaratiladi yoki tanlanadi. Bunda 
foydalanuvchi va kompyuter o‘rtasidagi muloqot metodlari, dasturiy 
vosita qobig‘i va muhiti qiyosiy tahlil qilinadi.
To‘rtinchi bosqichda pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga 
pedagogik texnologiyalar elementlari kiritiladi. O‘quv jarayonida 
pedagogik 
dasturiy 
vositalardan 
foydalanish 
metodikalari 
loyihalashtiriladi. Foydalanuvchi va kompyuter o‘rtasidagi muloqot 
ssenariysi yaratiladi, teskari aloqa, bilimlarni diagnostikasi, o‘qitish 
natijalarini taqdim etish shakllari ishlab chiqiladi.
Beshinchi bosqichda berilgan pedagogik xossalarga ega pedagogik 
dasturiy vositalar ishlab chiqiladi. Makur jarayonda pedagogik dasturiy 
vositalarning boshqaruv elementlari yaratiladi, fan bo‘yicha ma’lumotlar 
bazasi shakllantiriladi.
Oltinchi bosqichda yaratilgan pedagogik dasturiy vositalar o‘quv 
jarayoniga tatbiq etiladi, ularning dasturiy va metodik tarkibiy 
qismlariga zarur o‘zgartirish va tuzatishlar kiritiladi. Pedagogik dasturiy 


269 
vositalarning joriy etilishi natijalari tahlil qilinadi, pedagogik 
imkoniyatlari aniqlashtiriladi. 
Barcha pedagogik dasturiy vositalarni ikki guruhga ajratish 
mumkin: an’anaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llab - quvvatlovchi 
vositalar; “O‘qituvchi- kompyuter- o‘quvchi” uch elementli pedagogik 
tizim texnologiyalari. Birinchi guruh pedagogik dasturiy vositalarga 
qo‘yiladigan tizim talablar pedagogning samarali o‘quv - tarbiya 
jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq vazifalaridan kelib chiqadi. 
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga 
oshirish maqsadida ularning an’anaviy vositalardan ustunligini 
tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, 
psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratildi.
Pedagogik dasturiy vositalarga qo‘yiladigan didaktik talablarga 
quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat’iy va tizimli bayon etilishi 
bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning 
asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga 
olib, o‘quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta’minlash), 
uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o‘rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati 
hamda 
to‘ldiruvchisi 
hisoblanadi), 
izchillik, 
muammolilik, 
ko‘rgazmalilik, faollashtirish (o‘qitish mustaqilligi hamda faollilik 
xususiyatining 
mavjudligi), 
o‘qitish 
natijalarini 
o‘zlashtirish 
mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, o‘qitish, tarbiyalash, 
rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi.
Metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq o‘quv fanining o‘ziga 
xos xususiyatlarini hisobga olish, ma’lum bir faning o‘ziga xosligini 
hisobga olish, axborotni zamonaviy metodlari o‘zaro bog‘liqliligi, 
o‘zaro aloqadorliligi, turli- tumanligi, amalga oshirilishi. 
Psixologik talablarga idrok etish (verbal - mantiqiy, sensor - 
perseptiv), tafakkur (tushunchaviy - nazariy, ko‘rgazmali - amaliy), 
diqqati (qat’iyliligi, boshqaga ko‘chishi), motivatsiya (ishlashda faol 
shakllari, yuqori darajada ko‘rgazmalilik, o‘z vaqtida qayta aloqa 
yordamida o‘quvchilarning yuqori darajadagi motivatsiyalarini doimiy 
ravishda rag‘batlantirish), xotira, tasavvuri, yoshi va individual 
psixologik xususiyatlarini hisobga olish (egallagan bilim, ko‘nikma va 
malakalarini hisobga olib, o‘quv fani mazmuni hamda o‘quv masalalari 
murakkablik darajasi o‘quvchilarning yosh imkoniyatlari va individual 
xususiyatlariga mos kelishi, o‘quv materialini o‘zlashtirishda ortiqcha 
his- hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan ta’sirlanishdan himoyalash) 
kiradi.


270 
Texnik talablarga zamonaviy universal shaxsiy kompyuterlar, tashqi 
qurilmalari, test o‘tkaziladigan manbalar kiradi.
Tarmoq talablariga «mijoz- server» arxitekturasi, Internet - 
navigatorlar, 
tarmoq 
operatsion 
tizimlari, 
telekommunikatsiya, 
boshqaruv vositalari (o‘qitish jarayonini individual va jamoaviy ishlari, 
tashqi qayta aloqa) kiradi.
Estetik talablarga quyidagilar kiradi: tartiblilik va ifodalilik 
(elementlari, joylashishi, o‘lchami, rangi), bezashning funksional 
vazifasi va ergonomik talablarga mosligi.
Maxsus talablarga quyidagilar kiradi: interfaollik, maqsadga 
yo‘nalganlik, 
mustaqillik 
va 
moslashuvchanlik, 
audiolashtirish, 
ko‘rgazmalilik, 
kirish 
nazorati, 
intellektual 
rivojlanish, 
differensiatsiyalash(tabaqalashtirish), kreativlik, ochiqlik, qayta aloqa, 
funksionalilik, ishonchlilik.
Ergonomik 
talablarga 
quyidagilar 
kiradi: 
do‘stonalik, 
foydalanuvchiga moslashish, ekran shakllarini tashkil etish.
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratishda amal qilinishi zarur 
bo‘lgan 
tamoyillar 
(kvantlashtirish, 
to‘liqliligi, 
ko‘rgazmaliligi, 
tarmoqlashuvi, boshqarish, moslashtirish, kompyuterli ta’minot, 
to‘planuvchanligi) hisobga olinib, ularni yaratish texnologiyasini 
loyihalashtirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
1) konsepsiyasini ishlab chiqish (fan standarti va mashg‘ulot 
o‘tkazish metodikasiga tayanuvchi pedagogik dasturiy vositalarni 
yaratishning asosiy g‘oyasini ishlab chiqish, uning mazmunli qismini 
tuzish); 
2) loyihalashtirish (ko‘rinishida ishchi namunasini, axborot bloklari 
va ekran shakllari andozalari to‘plamini, murojaatlar interfaolligini 
ta’minlovchi giperilovalar tuzilmasining tartibli sxemasini ishlab 
chiqish); 
3) ekran shakli va axborot bloklari dizayni (aniq o‘quv jarayoni, 
psixologik- pedagogik xususiyatlari, ergonomika talablari, o‘quv 
materiallari tuzilishi va mazmuniga mos ravishda dizayn tuzilishini 
qurish); 
4) o‘quv materiallarini elektron shaklda tayyorlash va ularni 
bo‘limlar bo‘yicha bir ish seansi, ya’ni bir dars uchun mo‘ljallangan 
elementar qismlarga–modullarga ajratish; 
5) 
ilova 
tuzilmasi 
elementlarini 
to‘ldirish 
(tayyorlangan 
materiallarni ishlab chiqilgan andozalar va ekran shakllariga 


271 
joylashtirish, ilovalar tizimini to‘ldirish hamda foydalanuvchi bilan 
qayta aloqa tashkil qilish); 
6) test sinovlari va sozlash (har bir ilova, aloqa ishlari to‘g‘riligini 
va foydalanuvchi harakatiga dasturning javobini to‘g‘riligini tekshirish); 
7) o‘quv jarayoniga tatbiq etish. 
Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o‘qitishga 
mo‘ljallangan o‘quv fanining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning 
qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning 
zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko‘zda 
tutadi. Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi 
metodik talablarga javob berishi kerak: 
1. Pedagogik dasturiy vositalar – o‘quv materialini taqdim etishning 
tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o‘zaro bog‘liqligiga 
tayangan holda qurilishi. 
2. Pedagogik dasturiy vositalar o‘quv materialini yuqori tartibli 
tuzilma 
ko‘rinishida 
ta’minlashi. Fanlararo mantiqiy 
o‘zaro 
bog‘liqlikning hisobga olinishi. 
3. Pedagogik dasturiy vositalarda ta’lim oluvchiga o‘quv materialini 
bosqichma- bosqich o‘zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga 
oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi.

Download 5,02 Mb.
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   251




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish