Didaktik imkoniyatlar -
Pedagogik dasturiy vositalar an’anaviy
o‘quv nashrlariga qo‘yilgan didaktik talablarga javob berishi kerak. Biz
quyida pedagogik dasturiy vositalarning didaktik imkoniyatlari haqida
fikr yuritamiz:
1. Ta’limda ilmiylik, fan - texnika va texnologiyalar so‘nggi
yutuqlarining hisobga olinishi pedagogik dasturiy vositalarning
mazmunining chuqurligi va ishonchliligini ta’minlaydi. O‘quv
materiallarini pedagogik dasturiy vositalar yordamida o‘zlashtirish
jarayoni o‘qitishning zamonaviy usullari asosida amalga oshiriladi.
Masalan tajriba, eksperiment, taqqoslash, kuzatish, abstraktlash,
umumlashtirish,
yaxlitlashtirish,
o‘xshashlik, tahlil va sintez,
modellashtirish metodi, shu bilan birga matematik modellashtirish,
shuningdek, tizimli tahlil metodlari.
2. O‘qitishning erishuvchanlik talablari pedagogik dasturiy vositalar
orqali amalga oshiriladi va ta’lim oluvchilarning yoshi hamda individual
xususiyatlariga xos o‘quv materialini o‘rganishning murakkablik va
chuqurlik darajasini aniklash zaruratini bildiradi. O‘quv materialini
haddan ziyod murakkablashtirish va ortiqcha yuklash mumkin emas, aks
holda ta’lim oluvchi bu materialni egallashga ojizlik qiladi.
272
3. O‘qitishning muammoliligini ta’minlanadi. Agar ta’lim oluvchi
muammoli topshiriqlar va mashqlarni bajarishga harakat qilsa, uning
fikrlash faolligi ortadi. Ushbu didaktik talabning pedagogik dasturiy
vositalar yordamida bajarilish darajasi, an’anaviy darsliklar va
qo‘llanmalardan ko‘ra, sezilarli ravishda yuqori bo‘ladi.
4.
Pedagogik
dasturiy
vositalar
asosida
o‘qitishning
ko‘rgazmaliligini
ta’minlash
–
ta’lim
oluvchilar
tomonidan
o‘rganilayotgan ob’ektlar, ularning maketlari yoki modellarini sezgili
qabul qilish va shaxsan kuzatishini hisobga olish zaruratini bildiradi.
5. O‘qitishning ongliligi, ta’lim oluvchining mustaqilligi va
faolligini ta’minlash talablari – o‘quv faoliyatining yakuniy maqsad va
vazifalariga erishishda o‘quv axborotini jalb qilish bo‘yicha ta’lim
oluvchilarning mustaqil ishlashlari uchun pedagogik dasturiy vositalar
bilan ta’minlashni ko‘zda tutadi. Bunda ta’lim oluvchi uchun o‘quv
faoliyati yo‘naltirilgan maqsad va mazmunni anglatadi. Fanlar bo‘yicha
pedagogik dasturiy vositalar tizimli faoliyatli yondashuv asosida ishlab
chiqilishi kerak.
6. Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishda o‘qitishning
tizimliligi va ketma- ketligi – o‘rganiladigan fan sohasidan bilim va
ko‘nikmalarning ta’lim oluvchilar tomonidan tizimli o‘zlashtirilishini
anglatadi. Bilim, ko‘nikma va malaka – ta’lim tizimida mantiqiy tartibda
shakllanishi va amalda qo‘llanilishi zarur. Buning uchun quyidagilarni
amalga oshirish zarurligi aniqlandi:
– o‘quv materialini tizimlashtirilgan va tartibda tavsiya qilish;
– o‘quv materiallari yuzasidan shakllanadigan bilim va
ko‘nikmalarning rivojlanib borishiga erishish;
– o‘rganilayotgan o‘quv materialining fanlararo bog‘liqligini
ta’minlash;
– o‘quv materiali va ta’lim beruvchi ta’sirlarining uzatilish ketma-
ketligini chuqur o‘ylab ko‘rish;
– bilim berish jarayonini mantiqiy ketma- ketlik asosida qurish;
– pedagogik dasturiy vositalar tavsiya qilgan axborotlarni
o‘qitishning mazmuni va uslubi, ta’lim oluvchining shaxsiy qobiliyatiga
bog‘liq holda tanlanish kerak, masalan, mazmunli o‘yin holatlarini
yaratish, amaliy tavsifdagi topshiriqlar va eksperimentlarni, haqiqiy
jarayonlar va ob’ektlar modellarini tavsiya qilish yo‘li bilan amaliy
faoliyatga bog‘lashni ta’minlash.
7. Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanishda bilimlarni
mustahkam o‘zlashtirish – talabalarning o‘quv materialini mustahkam
273
o‘zlashtirishlari uchun, ularning chuqur fikrlash, xotirada saqlash kabi
qobiliyatlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
8. Pedagogik dasturiy vositalarda o‘qitishning rivojlantiruvchi va
tarbiyaviy funksiyalari bajarilishi ta’lim vazifasidagi an’anaviy
nashrlarga qo‘yiladigan didaktik talablardan tashqari, pedagogik
dasturiy vositalarni yaratish va joriy qilishda zamonaviy axborot va
telekommunikatsiya texnologiyalarning ustunliklaridan foydalanish kabi
quyidagi o‘ziga xos didaktik talablar qo‘yiladi:
1. Moslashuvchanlik talablari – pedagogik dasturiy vositalar ta’lim
oluvchi individual imkoniyatlariga, ya’ni o‘qitish jarayonida o‘quv
materiallari ta’lim oluvchi bilim va ko‘nikmalari hamda uning
psixologik xususiyatlariga moslashtirilgan bo‘lishi kerak. Pedagogik
dasturiy vositalar moslashuvchanligining uchta darajasi mavjud.
Birinchi daraja talabalarning o‘zlariga qulay bo‘lgan individual tempga
mos holda o‘quv materialini o‘rganish imkoniyati hisoblanadi. Ikkinchi
daraja - ta’lim oluvchi holatining diagnostik tahlili bo‘lib, uning
natijalari asosida ta’lim berishning mazmuni va uslublari taklif etiladi.
Uchinchi daraja - ochiqcha yondashuvga asoslanadi, unda
foydalanuvchilarning guruhlanishi ko‘zda tutilmaydi va mualliflar ta’lim
oluvchilarning imkoni boricha barcha kontingenti uchun ko‘proq
variantlar ishlab chiqishi tavsiya etiladi.
2. O‘qitishning interfaol talablariga o‘qitish jarayonida ta’lim
oluvchi bilan pedagogik dasturiy vositalarning o‘zaro hamkorligini
ta’minlash kiradi. Pedagogik dasturiy vositalar interfaol muloqot va
teskari aloqani ta’minlashi kerak. Muloqotni tashkil etishning muhim
sharti bo‘lib, foydalanuvchi harakatiga pedagogik dasturiy vositalarning
reaksiyasi hisoblanadi. Nazorat teskari aloqa asosida amalga oshiriladi
va
keyingi
bajariladigan
ishlar
yuzasidan
tavsiyalar
beradi,
ma’lumotnoma va tushuntiruvchi axborotlar kirishtish amalga oshiriladi.
3. Pedagogik dasturiy vositalarning o‘quv axborotini taqdim
qilishida kompyuter vizuallashtirish imkoniyatlarini joriy qilish talablari.
Zamonaviy elektron vositalar imkoniyatlari o‘quv axborotini namoyish
qilish sifatini tahlil qilishni ko‘zda tutadi.
4. Pedagogik dasturiy vositalar bilan ishlashda ta’lim oluvchining
intellektual qobiliyatini rivojlantirish talablari. Fikrlash, murakkab
vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qila olish mahorati, axborotga
ishlov berish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishni ko‘zda tutadi.
274
5. Pedagogik dasturiy vositalar – o‘quv materialini namoyish
qilishning tizimlilik va funksional bog‘liqligi talablariga javob berishi
kerak.
6. Pedagogik dasturiy vositalar – ta’lim berishning to‘liqligi va
uzluksizligini ta’minlashi lozim.
Foydalanuvchi va pedagogik dasturiy vositalarning o‘zaro
hamkorligini tashkil etish metodlarini ikki: lokal va internet -
texnologiyalar orqali amalga oshiriladigan hamkorlikka ajratish
mumkin. Lokal texnologiya deganda, alohida kompyuterlarda ishlash
uchun mo‘ljallangan kompakt disk yoki lokal tarmoq vositalari
yordamida boshqa kompyuterga uzatish imkoniyatiga ega qilib
yaratilgan pedagogik dasturiy vositalar bilan foydalanuvchi o‘rtasidagi
hamkorlik metodi tushiniladi. Internet- texnologiya global (Internet)
tarmoqlari uchun pedagogik dasturiy vositalarga maxsus Web - dasturlar
orqali kirish mumkin bo‘lgan ilovalarni yaratish orqali amalga
oshiriladigan hamkorlik metodini ko‘zda tutadi. Ushbu har bir
texnologiyalarda o‘zlarining yutuqlari va kamchiliklari mavjud.
Pedagogik dasturiy vositalarni qo‘llash asosida o‘quvchilarning
mustaqil ta’lim olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda
o‘quvchilarning funksional va psixofiziologik imkoniyatlari inobatga
olinishi shart. Pedagoglarning pedagogik dasturiy vositalar asosida
imkon qadar ko‘proq ma’lumotlarni yoritishga intilishi o‘quvchini
ortiqcha toliqtirishga olib kelishi mumkin. O‘z navbatida ma’lumotlarni
uzatish tezligini oshirish esa ma’lumotlarni o‘zlashtirish sifatiniing
pasayishiga, xatoliklar sonining ortib borishiga, o‘quvchining o‘zini his
qilishi va sog‘ligiga salbiy ta’sir qiladi.
Fiziologik- gigienik sohada amalga oshirilgan tadqiqotlar
kompyuterda ishlashda bilim oluvchilarning aqliy ish qobiliyati
o‘zlashtiriladigan ma’lumotlar hajmiga teskari proporsional ravishda
o‘zgarib borishini e’tirof etadi. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
– ko‘rish organlariga tushadigan yuklamaning ortib borishi;
– yangiliklarni qabul qilishda yuzaga keluvchi dastlabki ruhiy
ko‘tarinkilikning tinib qolishi;
– yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noaniqlik va xatoliklar tufayli
salbiy hissiyotlarning yig‘ilib borishi;
– katta miqdordagi ta’limiy resurslarni qabul qilish undan keyingi
axborot resurslarini faol o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiladi.
Bu holat ta’lim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarni ishlab
chiqish va joriy etishda zarur didaktik, psixofiziologik hamda metodik
275
talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zaruratini yuzaga
chiqaradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish va foydalanishga
qo‘yilgan umumiy talablarni hisobga olish bilan bir qatorda, uni
yaratishning muvaffaqiyatliligi va sifatiga ta’sir qiluvchi bir qator
psixologik talablar ham qo‘yiladi. Quyida pedagogik dasturiy
vositalarga qo‘yiladigan psixologik talablar keltirilgan:
1. Pedagogik dasturiy vositalarda o‘quv materialini namoyish qilish
nafaqat verbal, balki kognitiv jarayonning sensorlik va namoyish qilish
holatlariga ham mos kelishi kerak. Pedagogik dasturiy vositalar qabul
qilish, diqqat, fikrlash, tasavvur qilish, xotirada saqlash kabi psixologik
jarayonlar xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak.
2. Pedagogik dasturiy vositalardagi o‘quv materiali ta’lim
oluvchilarning yoshini, tayanch bilimlarini inobatga olib tuzilishi kerak.
3. Pedagogik dasturiy vositalar obrazli va mantiqiy fikrlashni
rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Pedagogik dasturiy vositalarning tuzilmasi va mazmuni o‘quv
materialini
chuqur
o‘rganishga mo‘ljallash bilan bir vaqtda
o‘rganilayotgan fanning o‘quv dasturiga mos kelishi kerak. Ta’lim
tizimi uchun yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi
umumiy talablarni xam qanoatlantirishi kerak:
– Pedagogik dasturiy vositalarning mazmuni va tarkibi ta’lim
standartining talablariga mos kelishi kerak;
– Pedagogik dasturiy vositalar o‘zida muammoli va izlanish
topshiriqlarining tizimi intellektual xarakterga ega bo‘lishi kerak;
– Pedagogik dasturiy vositalar o‘quv faoliyatining izlash, yig‘ish,
saqlash, tahlil, ishlov berish kabi ko‘rinishlarni avtomatlashtirishni;
hisoblashlarni,
loyihalash
va
konstruksiyalashni,
tajriba,
eksperimentning natijalariga ishlov berishni, nazorat topshiriqlarni,
axborotli ishlov berishni avtomatlashtirishni ko‘zda tutishi kerak;
– Pedagogik dasturiy vositalar murakkab ob’ektlar ( mashina,
uskuna, apparat, moslama va x.q.) ishining imitatsiyasini, turli xildagi
jarayonlarni real, tezlashtirilgan yoki sekinlashtirilgan vaqt masshtabida
namoyish etish vositalari tarkibida saqlashi kerak;
– Pedagogik dasturiy vositalar trening vositalari – ta’lim oluvchini
kelajakdagi kasbiy faoliyatiga bog‘liq holda virtual muhitda tayyorlashni
amalga oshirish kerak;
– Pedagogik dasturiy vositalarda barcha amalga oshiriladigan
hisoblashlar
vizuallashtirishning
ochiq
tizimiga
ega
bo‘lishi,
276
o‘rganiladigan o‘zgaruvchan ob’ektlar yoki jarayonlarning bog‘liqligi
namoyish qilinishi lozim.
Pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqishda mos ravishdagi
auditoriya talabalarining intellektual darajasi, motivatsiyasi, funksional
holati hamda ishchanlik darajasi e’tiborga olinishi lozim.
Motivatsiya tushunchasi amalga oshiriladigan faoliyatning individ
uchun ahamiyat kasb etishi, unga nisbatan barqaror qiziqishni yuzaga
keltirishi hamda tashqi belgilangan maqsadlarning ichki ehtiyojga
aylanish jarayonini anglatadi. Demak, motivatsiyani shaxsni o‘quv
jarayoniga faol kirishib ketishini ta’minlovchi ichki harakatlantiruvchi
kuch sifatida e’tirof etish mumkin. Shuni e’tiborda tutish lozimki,
shaxsning motivatsion sifatlari bilish faoliyatining asosini tashkil qilib,
bu jarayonda talaba mos ravishdagi ta’limiy maqsadlarni belgilaydi,
jarayonni boshqaradi va uning muvvafaqiyatlilik darajasini baholaydi.
Bunda ehtiyoj mustaqil ta’lim jarayonida talaba kasbiy shakllanishining
turli motivatsiyalanganlik darajalarining rivojlanishiga olib keladi.
Talabaning kasbiy shakllanishi jarayonida quyidagi uchta
motivatsiyalanganlik darajasini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Motivatsiyaning boshlang‘ich darajasi kasbiy rivojlanishga bo‘lgan
ehtiyoj bilan bog‘liq bo‘lib, tashqi ijtimoiy va shaxsiy motivatsiyalar
asosida yuzaga keladi. Motivatsiyaning o‘rtacha darajasi kasbiy
bilimlarni egallash jarayonida yuzaga chiqadi va keyingi kasbiy faoliyat
uchun zarur asoslarni yaratadi. Motivatsiyalanganlikning yuqori darajasi
esa talabaning rivojlanish va o‘z ijodiy potensialini ro‘yobga chiqarish
bilan bog‘liq ehtiyojlarini o‘zida aks ettiradi. Ijodiy potensialning
rivojlanib borishi talabaning o‘z-o‘zini rivojlantirishidagi ehtiyojlarni
qoniqtirish uchun maqbul sharoitlarning yaratilishiga olib keladi.
Pedagogik dasturiy vositalarni qo‘llashning psixofiziologik jihatdan
samaradorligi talabalar mustaqil ta’limini tashkil qilishda Pedagogik
dasturiy vositalarni qo‘llash katta hajmdagi o‘quv materiallarini izlab
topish hamda ularni o‘zlashtirish uchun sarflanadigan vaqt miqdorini
sezilarli darajada tejash, motivatsiyani rivojlantirish, bilimlarning
mustahkamligini oshirish imkonini berishi bilan izohlanadi.
Pedagogik
dasturiy
vositalarning
psixofiziologik
jihatdan
samaradorligi
birinchidan:
talabalarning
o‘quv
materiallarini
o‘zlashtirishi, tarbiyalanganlik va intellektual rivojlanganligi, ishchanlik
ko‘rsatkichlari, motivatsion barqarorlik darajalari bilan belgilanadi.
Ikkinchidan, o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, o‘qitish
konsepsiyalari, pedagogik texnologiyalari va ta’lim vositalaridan
277
ratsional foydalanish ko‘rsatkichlari, o‘qituvchining mehnat faoliyatiga
nisbatan barqaror motivatsiyasi, ish qobiliyati bilan belgilanadi.
Pedagogik dasturiy vositalarning gipermatn hujjatlarini ishlab
chiqishda Microsoft Front- Page (HTML- Hyper Text Markup
Language), Alliare Home Site (HTML), Microsoft Power Point,
Microsoft Word kabi dasturiy vositalardan foydalaniladi.
Mavzuning asosiy tushunchalariga oid o‘quv materiallarini
yaratishda rastrli yoki vektorli rasmlar bilan ishlovchi dasturlardan
foydalanish zarur bo‘ladi. Ular qatoriga Corel Draw, Corel Xara, Corel
Photo Paint, Adobe Photo Shop, Adobe Illustrator kabilarni kiritish
mumkin.
Dinamik illustrasiyali o‘quv materiallari yaratishda Disreet 3D
Studio MAX, Alais Wave Front, Maya, Light Wave, SoftImage 3d,
Adobe Image Ready, Gif Animator, Macromedia Flash, Adobe Premier
kabi maxsus dasturlardan foydalaniladi.
Ovozli jarayonlarni taqdim etish va ovozni tahrir qilish
SonicFoundry SoundForge, Wave Lab, Sound Recorder va boshqa
dasturlar yordamida amalga oshiriladi.
Ma’lumotlar bazalarini yaratishda Microsoft Excel, Microsoft
Access kabi dasturlar qo‘llaniladi.
13- rasmda pedagogik dasturiy vositalar yaratishda qo‘llaniladigan
dasturiy vositalar tizimining bog‘lanishi aks ettirilgan. Rasmdan ko‘rinib
turibdiki, matnli protsessorlar va maxsus dasturlar yordamida pedagogik
dasturiy vositalarni yaratishda, foydalanuvchi undan qisman foydalana
olmaslik bilan bog‘liq muammolar tug‘ilishi mumkin. Foydalanuvchi
pedagogik dasturiy vositalar yaratilgan dasturiy ta’minotga ega bo‘lishi
shart.
|