266
yoki tassavurdagi dunyoning lavhasini adekvat taqdim etish mumkin
bo‘ladi.
Multimedia
ob’ekt va jarayonlarning real ifodasini ta’minlaydi,
interfaollik ta’sir etish va unga mos holda javob reaktsiyalarini olish
imkoniyatini beradi, modeling esa o‘rganilayotgan ob’ekt
va tadqiq
etilayotgan jarayonlarga xarakterli bo‘lgan reaktsiyalarni joriy etadi.
To‘rtinchi qurol –
kommunikativlik
– bu bevosita muloqot qilish,
axborotni tezkor taqdim etish, jarayonning holatini masofadan nazorat
qilish imkoniyatidir.
ETR nuqtai nazaridan, bu dastavval,
uzoqlashtirilgan serverdagi ta’lim resurslariga tezlikda kirish,
shuningdek, jamoaviy o‘quv vazifalar bajarish mobaynida uzoqdagi
foydalanuvchilarning on- line kommunikatsiyalari imkoniyatlaridir.
Va nihoyat,
beshinchi yangi pedagogik qurol
–
foydalanuvchining
unumdorligidir
. Ijodiy bo‘lmagan, ko‘plab amallar, zarur ma’lumotlarni
izlashni avtomatlashtirilishi ijodiy komponent, va mos ravishda o‘quv
faoliyat samarasi ko‘tariladi.
Ma’lumki, o‘quv ishi
pedagog bilan
(auditoriyada) va
mustaqil
(darsdan tashqari) mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. Eskirayotgan ta’lim
tizimining hozirgi davrida ko‘proq ikkinchi qismda asosan, axborotni
yodga
olish bilan, shuningdek, uyda bajariladigan vazifaning amaliy
komponentida matn va formulalar tuzish bilan chegaralanib qolinmoqda.
ETRlari uyda o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarni – to‘laqonli
o‘tkazishga, masalan, turli muzey yoki ko‘rgazmalarga borishdan toki
laboratoriya tajribalarini o‘tkazishgacha bo‘lgan ishlarni bajarishga, shu
yerni o‘zida talaba o‘zining
shaxsiy bilim, ko‘nikma va malakalarini
tezkorlikda sinab ko‘rish imkoniyatini beradi. Uy vazifasi to‘laqonli
bajariladi, shuningdek, vazifalarni an’anaviy bajarishga qaraganda,
huddi katta sifatga ega bo‘lgan fotografiya
bilan hajmlik golografik
tasvir singari farqlarga ega bo‘ladi.
ETR bilan birinchi komponent- axborot olish ham o‘zgaradi.
Ob’ekt, jarayon, hodisalarning matnlik tavsifini o‘rganish boshqa, ularni
ko‘rish va interfaol tartibda tadqiq etish, boshqa gap. Ayniqsa, ETR
madaniyat va san’at, mikro- va makro dunyo tassavurlari, umuman
kuzatib bo‘lmaydigan turli ob’ekt(masalan,
molekulalarning harakati,
quyosh
sistemasidagi
yulduzlarning
harakatlari
va
sh.k.)larni
o‘rganishda yangi imkoniyatlar berish, ravshan.
Qadimiy Xitoy maqoli shunday deydi:
«
Menga ayt, va men yoddan chiqaraman,
Menga ko‘rsat, men eslab qolaman,
267
Menga sinab ko‘rishga ber, men o‘rganaman
».
Bu ajoyib so‘zlar mustaqil o‘quv mashg‘ulotlarining
va unda
bajariladigan vazifalarning yangi imkoniyatlarini ifodalaydi.