285
10- BOB. INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY O‘QITISH
TEXNOLOGIYALARI VA VOSITALARI
10.1. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda
zamonaviy o‘qitish texnologiyalari
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan ta’lim
texnologiyasida
bayon
etilgan
dars
mashg‘ulotlarida
yangi
texnologiyalarni qo‘llash qonun- qoidalariga tayangan holda ishlab
chiqilgan.
Keltirilgan ta’lim texnologiyalarining har biri o‘zida o‘quv
mashg‘ulotini o‘tkazish shart - sharoiti to‘g‘risida axborot materiallarini,
pedagogik
maqsad,
vazifa
va
ko‘zlangan
natijalarni,
o‘quv
mashg‘ulotning
rejasi,
o‘qitishning
usul
va
vositalarini
mujassamlashtirgan. Shuningdek, bu o‘quv mashg‘ulotining
texnologik
kartasini, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchilar mazkur o‘quv mashg‘ulotida
erishadigan maqsadi bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyatning bosqichma-
bosqich ta’riflanishini ham o‘z ichiga oladi.
Ta’lim sifati va usuliga qarab bilim hosil bo‘ladi. Bu o‘qituvchining
mahoratinigina emas, balki tinglovchining istak- xohishi,
qobiliyati va
bilim darajasini ham belgilaydi. Ta’lim uzoq davom etadigan jarayondir.
Bilim esa ta’limning uzluksizligi vositasida beriladigan mavhum
tushunchaga ega bo‘lgan hodisadir. Bilim xususiylikka ega bo‘lsa, ta’lim
umumiylikka egadir. Ta’lim barcha uchun bir xilda davom etadigan
jarayon. Bilim ob’ektiv borliqdagi voqea- hodisalarning in’ikosi
natijasida inson miyasidagi mushohadalar va tasavvurlar natijasida hosil
bo‘ladigan tushunchalar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Ta’limdagi
sifat uni berishda ishtirok etadigan kishilar sifati bilan belgilansa, bilim
individuallikka ega bo‘ladi. Ta’limni amalga
oshiradigan yoki dars
beradigan kishilarning saviyasi turlicha bo‘lishi mumkin. Lekin
guruhdagi O‘quvchilarga beriladigan ta’lim bir xildir. O‘qituvchi bilim
emas, balki ta’lim beradi. O‘quvchi esa ana shu ta’lim
jarayonida
bilimga ega bo‘ladi. Buning uchun u mustaqil o‘qiydi, tayyorlanadi,
mushohada qiladi, tasavvurlarga ega bo‘ladi, eshitganlari va
o‘qitganlarini sintez qiladi. Natijada bilimga ega bo‘ladi.
O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini
belgilovchi holatlar
quyidagilar: yuqori ilmiy - pedagogik darajada dars berish, muammoli
286
ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol - javob tarzida qiziqarli tashkil qilish,
ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo‘llanmalardan
foydalanish,
tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni
ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar
bilan individual ishlash,
ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga
o‘rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta’lim
ustuvorligini ta’minlaydi.
Aytilganlardan kelib chiqgan holda «Informatika
va axborot
texnologiyasi» fani bo‘yicha ta’lim texnologiyasini loyihalashtirishdagi
asosiy kontseptual yondoshuvlarni keltiramiz: