304
Slaydni tahrirlash jarayonida quyidagilarni o‘zgartirish mumkin:
•
Slayd nomi;
•
Slayd masteriga bog‘lab qo‘yish;
•
Slayd tarkibi;
•
Keyingi slaydga o‘tish;
Slayd nomida
(sarlavha nomi) slayd atalgan mavzu aks ettiriladi.
Slayd nomi slaydning har bir kadrida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari,
bu nom modul mundarijasida qatnashadi,
hattoki bu nom slaydning
o‘zida ko‘rinmasa ham.
Cheklashlar. Kiritilgan nom tahrirlagich «slayd nomi» ob’ektida
tezda ko‘rinmaydi – uni ko‘rish rejimida ko‘rish mumkin.
Slayd tarkibi.
Kadrga rasmlar, matn va ob’ektlar kiritish mumkin,
buning uchun menyudan Vstavka - > Risunok, Vstavka - > Nadpis va
Vstavka - > Ob’ekt> yoki instrumentlar panelidan
mos tugmani bosish
kerak. Murakkab ob’ektlar shuningdek bevosita kutubxona ob’ektlaridan
tanlangan ob’ektga sichqoncha tugmasini ikki marta bosish bilan yoki
ishchi doiraga olib o‘tkazish usuli bilan qo‘yilishi mumkin.
Ob’ektlar bilan ishlash.
Ob’ekt – CourseLab tahrirlagichi bazaviy elementi.
Xilma- xil
ob’ektlardan foydalanish va ular o‘rtasida aloqani shakllantirish bilan
har qanday murakkablikdagi o‘quv modulini qurish mumkin. Kadrlarga
joylashtiriladigan ob’ektlar qanday shaklda bo‘lmasin o‘lchami va
orientirini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak
sohasida
joylashadi. Bunday to‘g‘ri to‘rtburchak sohasida joylashgan ob’ekt
o‘zining tipiga boliq holda uning o‘lchamlarini avtomatik tarzda qabul
qilish mumkin (masalan, kartinka va avtofiguralar har doim kengligi va
balandligi uning o‘lchamiga moslashtiriladi ),
ammo xususiy
o‘lchhamlarini mustaqil tarzda o‘zgartirish (masalan, matn salmog‘iga
bog‘langan holda) yoki ularni umuman o‘zgartirmaslik (agar ob’ekt
qayd qilinib qo‘yilgan o‘lchamlarga ega bo‘lsa).
CourseLab o‘quv modulini qurish uchun ikkita asosiy tipdan
foydalanadi: ichki va murakkab.
305
Ichki ob’ektlar - bu bazaviy ob’ektlar bo‘lib, ko‘pincha CourseLab
dasturini o‘zini ham qurishda foydalaniladi. Aslida,
faqatgina bu
ob’ektlardan foydalangan holda mukammal o‘quv modulini yaratish
mumkin. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
•
Matn
va jadval;
•
Rasmlar.
Madomiki, bu ob’ektlar ko‘p ishlatiladi, bunday ob’ektlarni qo‘yish
mexanizmi soddalashtirilgan – ularni tahrirlagich menyusidagi mos
buyruqlar orqali qo‘yish mumkin, ularni qo‘yish
tugmalari esa
instrumentlar paneliga qo‘yilgan.
Murakkab ob’ektlar – CourseLabga ochiq ob’ektli interfeys orqali
yuklanadigan, ob’ektlar kutubxonasidagi qolgan barcha ob’ektlar.
Dasturiy ta’minot ishini namoyish
qilishda shuningdek maxsus
kursor ob’ektidan foydalanilanish mumkin.