303
•
Slaydlar qo‘shish.
Zastavkani tahrirlash
rejimiga o‘tish uchun menyudan Vid - >
Zastavka buyrug‘idan, yoki slaydlar panelidan tezkor o‘tish tugmasidan
foydalaniladi. Agar lozim bo‘lsa zastavkada rasmlarni almashtirish,
logotiplar qo‘yish, modul nomi qo‘yish, modulni ko‘rsatishni oldindan
xabar beradigan ko‘rsatmalar qo‘yish va h.k. mumkin. Zarur bo‘lganda
modulni ishga tushirish tugmalarini tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish
mumkin.
Cheklashlar: Zastavka ta’lim oluvchi kompyuterida modul va uning
barcha ob’ektlari ishini ta’minlaydigan kurs proigrevatelini yuklashdan
oldin ko‘rsatiladi, shuning uchun zastavkada faqatgina rasmlar, matn va
modulni ishga tushirish tugmasi asosiy ob’ektidan foydalanishga yo‘l
beriladi.
Shuningdek zastavkada ssыlkalar va faol doiralar, effektlar, shu
bilan birga harakat va holatlar ishlamaydi.
Slaydlar masterini tahrirlash
rejimiga o‘tish uchun menyudan Vid
- > Master buyrug‘i, yoki slaydlar panelida tezkor o‘tish tugmasidan
foydalaniladi. Slaydlar masterida rasmni o‘zgartirish, logotiplar qo‘yish,
modul nomini kiritish va h.k.lar mumkin.