Ma’naviyat va siyosat, huquq hamda hokimiyat




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/79
Sana21.02.2024
Hajmi5,2 Mb.
#159965
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79
Bog'liq
Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

3. 
Ma’naviyat va siyosat, huquq hamda hokimiyat. 
Ma’naviyat taraqqiyotida davlat tomonidan olib boriladigan 
siyosatning roli nihoyatda kattadir. Ma’naviyat va siyosatning 
o‘zaro bog‘liqligi masalasi 
ustida to‘xtalishdan oldin 
siyosatning mohiyatini ochib berish lozim.
12 
A.A bdullayev. M a’naviyat va iqtiodiy tafakkur. Т.: «M a’naviyat», 
1999,7-b et.
107
\


•/Siyosat -  aslida yunoncha so‘z bo‘lib, mazmuni davlat 
yoki jamo&t ishlarini anglatadi, arabchadan tarjima qilinganda 
esa boshqarish ma’nosini anglatadi. Siyosat - katta ijtimoiy 
gurulilar, millatlar, davlat, ichki va tashqi munosabatlari 
sohasidagi faoliyatni anglatadi. Siyosatning markazida davlat 
bilan bog‘liq masalalar mavjud bo‘ladi.
Siyosat -  bu muayyan davlatlar hokimiyati, siyosiy 
partiyalar, jamoat tashkilotlarining mamlakat ichki hayotida va 
xalqaro maydonda xalqlar, millatlar, ijtimoiy guruhlaming 
maqsad 
va 
manfaatlarini 
himoya 
qilishga 
qaratilgan 
faoliyatidir.
Qaysi mamlakatda ma’naviyat va ma’rifatni yuksak 
darajaga ko‘tarish, g‘amxo‘rlik qilish davlat siyosati darajasiga 
ko'tarilgan bo‘lsa, o‘sha mamlakatda tinchlik va osoyishtalik 
barqarorlik vujudga keladi, ilm-fan ma’rifat va madaniyat 
rivojlanadi.
0 ‘zbekiston ma’naviyat va ma’rifatni rivojlantirish davlat 
siyosati darajasiga ko‘tarilganligining yaqqol misoli qilib, 
quyidagilami ko‘rsatish mumkin:
- 1994-yil 23-aprelda «Ma’naviyat va ma’rifat jamoat- 
chilik markazini tashkil etish to‘g‘risida»gi;
- 1996-yil 9-sentabrdagi «Ma’naviyat va ma’rifat jamoat- 
chilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va 
samaradorligini 
oshirish 
to‘g‘risida»gi 
Prezidentimiz 
Farmonlarini;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
1998-yil 25-iyuldagi «Ma’naviy-ma’rifiy islohotlami yanada 
chuqurlashtirish 
va 
uning 
samaradorligini» 
oshirish 
to‘g‘risidagi Qarori va hokazolar.
Ma’naviyat va huquq xususida so‘z borganda huquqning 
ijtimoiy munosabatlarda insonlaming amalda rasman tengligi 
tamoyillarini ifodalovchi me’yoriy shakli ekanligiga e’tibor
108


berish zarur. Fuqarolaming huquqiy madaniyatini rivojlanishi 
jamiyatda barqarorlikni ta’minlovchi muhim ma’naviy omil 
ekanligi tahlil etiladi.
Ma’naviyat va huquq bir-biri bilan bog‘liqdir. Jamiyat 
davlat doirasida huquq normalarining belgilanishi odamlarning 
qaysi darajada ma’naviyatga ega bo‘lishlariga bog‘liqdir. 
Mamlakat miqyosida qabul qilinadigan konstitutsion qonunlar 
va boshqa me’yoriy hujjatlaming darajalari shu mamlakat 
fuqarolarining ma’naviyati rivojlanishi darajalariga mos 
ravishda 
rasman 
belgilab 
beradi. 
0 ‘zbekiston
Konstitutsiyasida ham mamlakatimizda qurilmoqchi bo‘lgan 
adolatli, demokratik, huquqiy ustuvorligiga asoslangan jamiyat 
qurishning yo‘nalishlari belgilab berilgan. 
Shuningdek, 
Konstitutsiyamizda milliy xususiyatlarimiz va qadriyat- 
larimizdan kelib chiqib, bir qator huquqiy me’yorlar 
belgilanganki, u xalqimiz ma’naviyati, qalbi va ruhiyati 
qirralarini o‘zida ifoda etgan. Jumladan, «Voyaga yetmagan, 
mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalaming huquqlari 
davlat himoyasidadir» (45-modda), «Xotin-qizlar va erkaklar 
teng huquqlidirlar» (46-modda), «Davlat va jamiyat yetim 
bolalami boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, 
bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatini rag‘batlantiradi» 
(64-moddaning 2-qismi), «Onalik va bolalik davlat tomonidan 
muhofaza qilinadi» (65-moddaning 2-qismi).
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, davlat 
hokimiyati va boshqaruv idoralarini yangidan tashkil etdi. 
Natijada, yangi davlat organi - viloyat shahar va tuman 
hokimligi boshqaruvi vujudga keltirildi. Ma’naviyat hokimiyat 
tizimida turli tabaqa, turli toifadagi aholining umumiy 
manfaatlarini o‘zida mujassam etib, ulaming bir mamlakat 
fuqarosi sifatida umumiy ehtiyojlarini qondirishning muhim 
omili sanaiadi.
109


Hokimiyat o‘z mohiyati va maqomiga ko‘ra rahbarlik va 
hukmronlik qilish munosabatlarini ifoda etuvchi tushunchadir. 
Hokimiyat alohida shaxs, guruh, odamlar, tashkilot, siyosiy 
Download 5,2 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  Ma’naviyat va siyosat, huquq hamda hokimiyat

Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish