Amir Temur buyuk davlat arbobi, yuksak




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/79
Sana21.02.2024
Hajmi5,2 Mb.
#159965
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79
Bog'liq
Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

1. 
Amir Temur buyuk davlat arbobi, yuksak 
ma’naviyat sohibi. Amir Temuming tarixi ko‘p jildlik kitobl'ar 
yozishga arziydi. Mustaqillikka erishgunimizga qadar buni 
amalga oshirish imkoniyatiga ega emas edik. Chunki 
kommunistik g‘oya bunga yo‘l bermas edi, hatto, Amir 
Temuming o‘zi tahqirlanib tuhmatu malomatlarga qolgan edi. 
Allohga shukurlar bo‘lsinki, mustaqillik tufayli ko‘p ming
111


yillik boy tariximizni, shu jumladan, ulug‘ bobomiz Amir Te- 
mumi o‘rganish imkoniga ega bo‘ldik. Amir Temur 1336- 
yilning 9-apreIida Shahrisabzning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida 
tavallud topgan.
Amir Temur - buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan buyuk 
sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me’mor, 
notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va 
uni jahonga mashhur qilgan inson bo‘lgan.
Tarix bu ko‘hna dunyoda juda ko‘p jahongirlami ko‘rgan. 
Amir Temuming ulardan farqi shundaki, u umr bo‘yi 
bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning «qay bir joydan 
bir g‘isht olsam, o‘miga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt 
kestirsam, o‘miga o‘nta ko‘chat ektirdim», degan so‘zlari 
bunyodkorlik, yaratuvchanlik faoliyatining tasdig‘idir. «Agar 
bizning 
qudratimizni 
bilmoqchi 
bo‘lsangiz, 
qurgan 
binolarimizga boqing», degan. 
Amir Temur, awalo, o‘z 
xalqiga, 
kelajak 
avlodlariga 
murojaat 
qilgan, 
desak 
yanglishmaymiz.
Har qanday jamiyat taraqqiyotini ilm-ma’rifatsiz tasawur 
qilib bo‘lmaydi. Buni teran anglagan sohibqiron hokimiyatga 
kelishi bilan chiqargan dastlabki farmonlarini madrasalar barpo 
etishga, ilm toliblariga nafaqalar tayinlash bilan boshlagan. 
Qay si bir shaharga tashrif buyurmasin Amir Temur, avvalo, 
o‘sha yerlik olimu fozillar bilan uchrashar, ular suhbat qurar, 
turli mavzularda bahslashar edi. U har bir insonga mehr bilan 
boqib, eng avvalo, har bir insonning insoniy 
fazilatlarini 
o‘rgangan.
Tarix, tibbiyot, metematika, astranomiya, me’morchilik 
sohalarida yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu 
tabiiy hoi edi. Mazkur fazilat sohibqironning nabirasi Mirzo 
Ulug‘bekka o'tgani ham shubhasiz. Mirzo Ulug‘bekning davlat 
arbobi bo‘lishi bilan birga buyuk olim darajasiga yetishishida
112


bobosi Amir Temuming xizmatlari benihoya katta bo‘lgan. U 
nabirasi Ulug‘bekdagi noyob qobiliyatni boshdanoq payqab 
safarlarda ham yonida olib yurib dunyoning mashhur olimlari 
tarbiyasidan bahramand etgan. Amir Temur ma’naviyatini 
belgilovchi bosh mezon uning butun umr bo‘yi amal qilgan 
«Kuch-adolatda!» degan shioridir. Bu shiorda Amir Temuming 
ma’naviy va ma’rifiy qarashlari uning o‘z farzandlari 
nabiralari, taxt vorislariga qoldirgan o‘gitlari «Temur 
tuzuklari»da mujassamlashgan. Bu bebaho tarixiy asarda, 
hokimlar va vazirlaming vazifalari, o‘z ishiga munosabati, 
aholi turli qatlami 
sipohlarga munosabat kabi hayotiy 
ma’ naviy-axloqiy qonun-qoidalar o‘ z ifodasini topgan.
2. 
«Amir Tem ur tuzuklari»da m a’naviyat asoslari. 
Sohibqironning «Temur tuzuklari»dan 
quyidagi satrlami 
mamnuniyat bilan o‘qish mumkin: «l.Kimki birovning molini 
zo‘rlik bilan tortib olgan bo‘lsa, mazlumning molini zolimdan 
qaytarib olib, egasiga topshirsinlar. Agar kimda-kim tish 
sindirsa, ko‘zini ko‘r qilsa, quloq va burun kessa, sharob ichsa, 
zino qilsa, devondagi shariat qozisi yoki ahdo qozisiga olib 
borib topshirsinlar. 2. Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni 
bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin. 3. Zolimlardan 
mazlumlar haqqini oldim. Zolimlar yetkazgan ashyoviy va 
jismoniy zararlarni isbotlaganimdan key in, ulami shariatga 
muvofiq odamlar o‘rtasida muhokama qildim va bir 
gunohkoming o‘miga boshqasiga jabrzulm o‘tkazmadim»13. 
Uning barcha o‘gitlarida ma’naviy-axloqiy tarbiya va 
insonparvarlik mujassamdir.
Quyidagi tuzuklarda Amir Temuming kechirimli xislatlari 
namoyon bo‘lgan. Buni u boshqalardan ham talab qilgan. 
Kechirimli bo‘lish inson uchun eng yaxshi fazilat sanaladi:

Download 5,2 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish