• Tayanch so‘z va iboralar
  • Milliy ma’naviyat tushunchasi.
  •   S.Otamuradov va boshqalar. M a’naviyat asoslari. A .Q odiriy nom li




    Download 5,2 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/79
    Sana21.02.2024
    Hajmi5,2 Mb.
    #159965
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79
    Bog'liq
    Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

    16 
    S.Otamuradov va boshqalar. M a’naviyat asoslari. A .Q odiriy nom li 
    xalq m erosi nashriyoti. Т.: 2002, 127-bet.
    116


    4-amaliy mashg‘ulot. Ma’naviyatda milliyiik va 
    umuminsoniylikning uyg‘unligi
    Mashg‘ulot rejasi:
    1. Milliy ma’naviyat tushunchasi.
    2. Milliyiik va umuminsoniylik.
    3. Milliy ma’naviy tiklanishning mohiyati.
    Tayanch so‘z va iboralar
    Milliy ma’naviyat, milliyiik, umuminsoniy qadriyat, millat 
    ruhiyati, milliy ong, umuminsoniy ma’naviyat, etnoslar, 
    millatchilik, millatlararo ma’naviy-marifiy munosabatlar.
    Adabiyotlar
    1. I.A.Karimov. «Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan 
    quramiz». Т.: «G‘zbekiston» nashriyoti, 1999. 209-217-betlar.
    2. I.A.Karimov. 
    « 0 ‘zbekistonning 
    o‘z 
    istiqlol 
    va 
    taraqqiyot yo‘li». Т.: « 0 ‘zbekiston» nashriyoti, 1992. 25-26- 
    betlar.
    3. M.Imomnazarov. Milliy ma’naviyatimiz nazariyasiga 
    chizgilar. Т.: «Sharq» nashriyoti, 1996.
    4. N.Ortiqov. 
    Ma’naviyat: 
    milliy va umuminsoniy 
    qadriyatlar. Т.: « 0 ‘zbekiston» nashriyoti, 1997.
    5. E.Yusupov. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. Т.: 
    «Universitet», 1998.
    6. S.Otamurodov va boshqalar. «Ma’naviyat asoslari». 
    Ma’ruzalar matni. Т.: 2000.
    U7


    7. S.Otamurodov va boshqalar. «Ma’naviyat asoslari». 
    0 ‘quv qo‘llanma. A.Qodiriy nomli xalq merosi nashriyoti. Т.: 
    2002. 210-b.
    1. 
    Milliy ma’naviyat tushunchasi. «Millat» so‘zi tub 
    mohiyat, o‘zak, negiz degan ma’nolami bildiradi. Milliy 
    ma’naviyat esa «Millat» tushunchasi bilan bog‘liq. «Millat» 
    so‘zi arab tilida uch ma’noni bildiradi: 1) din, mazhab; 
    2) ummat; 3) xalq, qavm. Millat so‘zi Qur’oni Karimda ham 
    qo‘llanilgan. Qur’onda har bir millat vakili o‘z milliy 
    qadriyatlarini rivojlantirishi savobli ish, lekin o‘z millatidan, 
    qavmidan chiqib, boshqa millatga o‘tib olishi esa katta bir 
    gunoh deb ta’rif berilgan.
    Jamiyat rivojlanib borgan sari insonlar, xalqlar millatlar 
    o‘rtasidagi ma’naviy munosabat va aloqalar rivojlanib 
    boraveradi. Bu borada ma’naviyatni besh guruhga bo‘lib 
    o‘rganish mumkin:
    1) ma’naviy qadriyatlar; 2) milliy ma’naviyat; 3) shaxs 
    ma’naviyati; 4) mintaqaviy ma’naviyat; 5) umuminsoniy 
    ma’naviyat.
    Ma’naviy qadriyatlar - bu millatimiz barpo etilgandan to 
    hozirgi kungacha bo‘lgan barcha urf-odatlarimiz, andisha-yu 
    g‘ururimiz, marosim va an’analarimiz, davom etib kelayotgan 
    hunarmandchiligimiz, san’at asarlarimiz, yozma manbalaru 
    yodgorliklarimiz, milliy inshootlarimiz boy merosimizdir. 
    Milliy ma’naviyat esa -
    muayyan elat, millatga, uning 
    ajdodlariga xos bo‘lgan 
    bag‘oyat qimmatli ma’naviy 
    boyliklardir. Milliy ma’naviyat boshqa millat ma’naviyatidan 
    tubdan farq qiladigan ma’naviyat degani emas. Chunki bizdagi 
    milliy ma’naviyat boshqa xalqlarda muayyan tarzda bor, 
    mavjuddir. Ammo milliy ma’naviyatda boshqa xalqlaming 
    ma’naviyati aynan takrorlanmaydi. Milliy ma’naviyat, avvalo
    118


    tarixiy hodisa ekanligi bilan ajralib turadi. U bir kunda, bir 
    yilda yoki o‘n yilda mukammal shakllanmaydi. Milliy 
    ma’naviyat takomillashuvi uning tarixi bilan chambarchas 
    bog‘liqdir.
    Shaxs ma’naviyati - bu har bir shaxsga tegishli bo‘lib, 
    uning ichki ruhiy holati, xatti-harakatlari munosabatlari boshqa 
    qirralarini o‘z ichiga oladi. Mintaqaviy ma’naviyat esa -
    muayyan geografik mintaqa millatlariga xos, ular uchun 
    umumiy bo‘lgan ma’naviy boyliklardir. Masalan, 0 ‘rta Osiyo 
    xalqlarining ma’naviyatidagi yoki yanada kengroq qaraydigan 
    bo‘lsak, Sharq va G‘arb ma’naviyatidagi mushtaraklik, 
    o‘xshashlikni olishimiz mumkin. Mintaqaviy ma’naviyatda 
    turli elatlaming umumiy birligi, bir-biriga yaqinligi, turmush 
    tarzi va moddiy hayot sharoitlariga xos mushtarak jihatlar 
    namoyon bo‘ladi. Umuminsoniy ma’naviyat - bu butun 
    insoniyatga jahon xalqlariga tegishli bo‘lgan ma’naviy-axloqiy 
    boyliklardir.
    0 ‘zbek xalqi uchun umuminsoniy ma’naviyat bilan birga 
    milliy ma’naviyat va uning boyliklari ham g‘oyat qimmatlidir. 
    0 ‘zbek xalqining hozirgi milliy ma’naviyati va qadriyatlari 
    o‘tmish milliy ma’naviyatining davomi bo‘lib ularga do‘stlik, 
    o‘rtoqlik mehmondo‘stlik, odamgarchilik, insonparvarlik, axloqiy 
    teranlik, tadbirkorlik, saxiylik, xushmuomalalik, jamoa ichida 
    o‘zini tuta bilishlik, xayolilik, hurmat bilan muomila qilish, 
    ozodalik, xushchaqchaqlik, xushfe’llik, mardlik, samimiylik, lutfi 
    karamlilik, ro‘zg‘orparvarlik, shirinso‘zlik, tashabbuskorlik, ona- 
    yurt va xalqiga muhabbatlilik, insoflilik, diyonatlilik, rostgo‘ylik, 
    halollik, ,or-nomuslilik, to‘g‘rilik, poklik, sabr-andishalik, 
    vazminlik, hojatbarorlik, mehnatsevarlilik, o‘tmishga hurmat, 
    insoflilik, imonlilik, milliy g‘urur, mustaqillikni qadrlash, 
    vatanparvarlik, millatparvarlik va boshqa milliy ma’naviy-axloqiy 
    fazilatlar kiradi.
    119


    0 ‘zga millatlaming ma’naviy qadriyatlari qanchalik ta’sir 
    ko‘rsatmasin, kattalarga, ota-onaga hurmat, kamtarlik, halollik, 
    imon, mehnatsevarlik, 
    mehmondo‘stlik singari milliy 
    ma’naviy xislatlarimiz barqarordir. Chunki bu ma’naviy 
    xislatlar qon-qonimizga singib ketgan. Xalqimizning axloq, 
    andisha, sharmu-hayo, halollik va pokizalik, inson qadr- 
    qimmati to‘g‘risidagi ma’naviy qadriyatlariga zid bo‘lgan 
    yevropacha an’analar yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir 
    o‘tkazmoqda. Shu tufayli ma’naviy tubanlik yuzaga kelmoqda. 
    Yoshlar orasida asriy milliy ma’naviyatimizga zid bo‘lgan 
    bag‘ritoshlik, qotillik, giyohvandlik, xudbinlik, maishiy 
    buzuqlik kabi ma’naviy qiyofalar yuzaga kelib, ildiz ota 
    boshladi.
    Abdulla Avloniy va boshqa ma’rifatparvar allomalarimiz 
    XIX asming oxiri 
    XX asming boshlarida Turkistonda 
    hukmron bo‘lgan ma’naviy inqiroz haqida gapirib, bu og‘ir 
    vaziyatdan 
    ta’lim-tarbiya 
    ishlarini 
    yaxshilash, 
    axloqni 
    yuksaltirish orqaligina chiqish mumkinligini qayd qilgan 
    edilar. A.Avloniyning ta’kidlashicha: «Tarbiya - bizlar uchun 
    у о hayot — у о mamot, у о najot - уо halokat, уо saodat — уо 
    falokat masalasidir». Bu fikrlaming ahamiyati hozirgacha 
    e’tibordan chetda qolgani yo‘q. 0 ‘zbek millati faqat milliy- 
    ma’naviy kamolot orqaligina yuzaga kela boshlagan milliy- 
    ma’naviy buzulishning oldini olish mumkin. Milliy mustaqillik 
    tufayli jamiyatimizda milliy-ma’naviy poklanish, o‘nglanish, 
    tiklanish jarayoni yuz berdi. Milliy tarbiya - millatni, elatni 
    tashkil qiluvchi kishilaming milliy madaniyatni, merosni, 
    qadriyatlami, urf-odatlarni, an’analami 
    o‘zlashtirish-dagi 
    faoliyatini rivojlantirish bo‘lib, u milliy ong va milliy o‘zlikni 
    anglashning 
    subyektidir. 
    Milliy 
    tarbiyaning 
    asosiy 
    yo‘nalishlarini millatparvarlikni, xalqparvarlikni, mehnatse- 
    varlikni, yusak insoniylikni rivojlantirish, meros, urf-odat va
    120


    qadriyatlami fan-texnika, texnologiyalami o‘zlashtirishga 
    intilishni rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlaming 
    mohiyatini tushunib yetish va unga amal qilish ruhiyatini 
    shakllantirish kabilar tashkil etadi.

    Download 5,2 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   79




    Download 5,2 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      S.Otamuradov va boshqalar. M a’naviyat asoslari. A .Q odiriy nom li

    Download 5,2 Mb.
    Pdf ko'rish