zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz
bo'lsin». Bu jumlalarda Amir Temuming ma’naviyati va
insonparvarligi jamuljam bo‘lganligi ko‘rinib turibdi.
3.
Amir
Temur va temuriylar sulolasi davridagi
moddiy va ma’naviy meroslar va ularning mustaqillik
davridagi ahamiyati.
Biz bugun yashayotgan mustaqil
0 ‘zbekiston davlatidagi tarixiy shaharlar, go‘zal makonlaming
ko‘pchiligi Amir Temur va temuriylar davrida vujudga kelgan.
Milliy mustaqillik tufayli jahon ma’naviyati va ma’rifati
sohasida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lgan piru-komil ajdodlarimizni
va ular qoldirgan boy ma’naviy-ma’rifiy
merosni teran anglash,
o‘rganish va ulug‘lash imkoniyati yuzaga keldi. Chunki ota-
bobolarimiz, xususan, buyuk davlat arbobi, ma’rifat homiysi,
yuksak ma’naviyat egasi Amir Temur va uning avlodlari
qoldirgan abadiylikka daxldor merosi bugungi kunda xalqimiz,
ruhiy-ma’naviy poklanishi va milliy o‘zligini anglashining
bitmas-tuganmas chashmasidir.
Temuriylar davri har sohada chinakam uyg‘onish
davri
bo'lgan. 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik qaramlik va
tobelik yillarida shunday buyuk zot, dunyoga mashhur davlat
arbobi, ulug‘ bunyodkor Amir
Temur shaxsiyatining asl
mohiyatiga xolis va haqqoniy baho berish imkonidan mahrum
bo‘lib yashadik. Sho‘ro tuzumi sohibqiron haqidagi haqiqatni
xalqdan yashirib kelgan. Bobokalonlarimiz haqida chetdan
aytilgan barcha maqtov so‘zlar va barcha manbalar ko‘zdan
yashirilgan.
Manbalar bilan tanishish taqiqlangan va
soxtalashtirilgan.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishishi
bilanoq Prezidentimiz v,
Islom Karimov boy ma’naviy merosimiz, dinu-imonimiz,
qadriyatlarimiz, shu jumladan, ulug‘ bobomiz sohibqiron Amir
Temur nomini, u haqidagi tarixiy
haqiqatni tiklashga shaxsan
rahnamolik qilib kelmoqda.
115
« 0 ‘zbekiston mustaqilligi bizga buyuk sohibqironni ham
qaytarib bergani bilan alohida qadrlidir. Xorijda siymosi yillar
davomida teatr sahnalaridah tushmay kelgan, Yevropa tillarida
500dan ziyod, Sharq tillarida esa 900ga yaqin kitoblar
yozilgan, ko‘pdan-ko‘p
siivratlari ishlangan, qisqasi, dunyoga
mashhur bo'lgan ulug‘ zot Amir Temur yana xalqimiz qalbidan
munosib o‘rin oldi»16.
1994-yilda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi, 1996-
yilda esa sohibqiron tavalludining 660 yilligi munosabati bilan
dunyo miqyosida ulkan tadbirlar o‘tkazildi.
Parijdagi
YUNESKO qarorgohida o‘tkazilgan yubiley tantanalari jahon
miqyosida, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etgan. 0 ‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga ko‘ra, Amir
Temur xayriya jamg'armasi tashkil etilgan. Hanuzgacha
dunyoning taniqli siyosat arboblari,
olimlari, yozuvchilari,
tarixchilari ishtirokida ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazil-
moqda. Prezidentimiz farmoni bilan yuksak mukofot - «Amir
Temur» ordeni ta’sis etildi. Respublikamizda Temuriylar tarixi
muzeyining barpo etilishi ham xalqimiz hayotida muhim voqea
bo‘ldi. Yubiley munosabati bilan ko‘plab tarixiy-ilmiy asarlar,
risolalar, albomlar va boshqa san’at asarlarining yaratilishi
Amir
Temuming
qanchalar
oliyjanob
inson
bo‘lgan
ekanligidan
dalolat
beradi.
Biz
bulaming
barchasi
mustaqilligimiz tufayli erishdik. Milliy va umuminsoniy
qadriyatlar, insonparvarlik tuyg‘ularining uyg‘unligi Amir
Temuming
har
bir
asarida aks
etayotganini
barcha
ulomalarimiz ham ta’kidlab kelmoqdalar.