5-amaliy mashg‘ulot. Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari
ma’naviyatining shakllanishidagi insonparvarlik g‘oyalari
Mashg‘ulot rejasi:
1. Qadimgi
xalq
og‘zaki
ijodiyoti
va
yozma
yodgorliklardagi milliy ma’naviyat.
2. «Avesto»da inson va uning ma’naviyati.
3. Moniylik va mazdakizm ta’limotidagi ma’naviyat va
insoniy fazilatlar.
Tayanch so‘z va iboralar
Ma’naviyatning
shakllanishi,
qadimiy
yodgorliklar,
qadimgi
xalqlar
ma’naviyati,
insonparvarlik
g‘oyalari,
insonning e’zozlanishi, zardushtiylik, moniylik, mazdakchilik,
islom, turmush tarzi, tafakkur.
Adabiyotlar
1.
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Т.:
« 0 ‘zbekiston» nashriyoti, 1992.47-52-moddalar.
123
2. S.Otamurodov va boshqalar. «Ma’naviyat asoslari».
Ma’ruzalar matni. Т.: 2000.
3. S.Otamurodov va boshqalar. «Ma’naviyat asoslari».
0 ‘quv qo‘llanma. A.Qodiriy nomli xalq merosi nashriyoti. Т.:
2002. 210-b.
4. Qur’oni Karim. Т.: Cho‘lpon, 1992.
5. Abu-Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil al-Buxoriy.
Hadis. Т.: 1992.
6. H.Boboyev, S.Hasanov. «Avesto» siyosiy-huquqiy
qarashlar. Davlat vahuquq jumali, 2-son.2002. 45-48-betlar.
7. M.Imonnazarov. «Milliy ma’naviyatimizning takomil
bosqichlari» (risola). Т.: «Sharq» nashriyoti, 1996.
1.
Qadimgi
xalq
og‘zaki
ijodiyoti
va
yozma
yodgorliklardagi milliy m a’naviyat. Xalqimiz madaniy
taraqqiyoti o‘ta murakkab tarixiy hodisalar majmuini tashkil
etadi va u bir necha ming yilliklami o‘z ichiga oladi. Ana shu
murakkab va ko‘p ming yillik ma’naviy takomilimiz
jarayonidan asosiy bo‘g‘inlami ajratib olishimiz mumkin.
Bularsiz milliy ma’naviyatimiz tarixi va rivojlanish bosqichlari
haqida fikr yuritib bo‘lmaydi.
Bizning eng qadimiy ajdodlarimiz ma’naviyati va ma’rifati
haqidagi asrlardan-asrlarga o‘tib, hozirgacha saqlanib qolgan
xalq og‘zaki ijodi namunalari: mif, afsonalar va qadimgi
yozuvlar saqlanib kelinmoqda. 0 ‘rta Osiyo xalqlarining
qadimiy mif, afsonalari turli mavzularda bo‘lgan. Jumladan,
kosmogonik miflar, hayvonlar va qushlar haqidagi miflar,
xudolar va afsonaviy qahramonlar haqidagi miflar bo‘lib,
ularda yaxshi va ezgulik, baxtu-saodat, quyosh nuri va issiqlik
yoki yomonlik, baxtsizlik, zulmat va dahshatli qarama-qarshi
obrazlar vujudga kelgan. Ushbu manbalar bizga tarix va yozma
yodgorliklardan ma’lum bo‘lib kelgan, tarix darslarida bularni
124
yanada
chuqurroq
o‘rganiladi.
Bu
ko‘hna
tarixiy
yodgorliklaming ma’naviy ahamiyati shundaki, odamlar o‘sha
davrlardan boshlab ikki
qarama-qarshi guruhga ajrala
boshlashgan. Shuning uchun ham yaxshilik bor joy da
yomonlik bor, ezgulik bor joy da yovuzlik bor. Bizning yagona
maqsadimiz egulikka qarab intilish, mehnat va mashaqqatdan
qochmaslik, yorug‘likka intilib yashash, zulmatli kunlardan
qo'rqmaslik, inqirozga yuz tutilgan mahalda ham undan
osonlik bilan chiqib ketish yo‘lini izlashda yomonlik va
yovuzlikni xayolga keltirmaslik, zulmatli kunlami hech kim
ravo ko‘rmaslik haqida o‘ylash kerak bo‘ladi. Dahshatli sovuq
niyatlami
amalga oshiruvi
insonlami
ushbu yo‘lidan
qaytarishga
urinish ham ma’naviy ezgulikning bir
ko‘rinishidir.
2.
«Avesto»da inson va uning ma’naviyati. «Avesto»
kitobida inson va uning ma’naviyati to‘g‘irisida juda ibratli
fikrlar bayon etilgan. «Avesto» zardushtiylik dinining
muqaddas kitobi. Zardusht eramizdan awalgi 660-yilda
Xorazmda dunyoga kelgan. Otasi savodli bo‘lib, karomatgo‘y
bo‘lgan ekan. Zardushtiylikning pay do bo‘lishi eramizdan
oldingi X asrga to‘g‘ri keladi. Uning muqaddas kitobi
«Avesto» ham birdan yuzaga kelgan emas. U bir necha asrlar
mobaynida yaratilgan. Zardusht «Avesto»ning qadimiy
nusxalarini o‘rganib, to‘plab bir kitob holiga keltirgan.
Zardushtiylikda va uning muqaddas kitobi «Avesto»da
ma’naviyat va ma’rifat masalalari va ulaming bugungi kun
uchun ahamiyati kattadir.
Axura Mazda odamlami bir-birlari bilan murosa qilib
yashashni
odat
qilishlari,
g‘arazgo‘ylik,
hasadgo‘ylik,
kalondumog‘lik, shuhrat-parastlik, qonunsiz ishlardan o'zlarini
tiyib yurish uchun
chaqiradi.
Bergan so‘zining ustidan
chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiqda shartnomalarga amal
125
qilish, qarzni vaqtida to‘lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli
bo‘lish - irnonlilik alomatlari ekanligi aytiladi. Imonli odam
degani bu - o‘g‘rilik, talonchilikdan, begonalaming moliga
ko‘z olaytirishdan o‘z-o‘ziga xiyonat qilish, ya’ni o‘z imoniga
qarshi, xilof ish qilishdan o‘zini tiya oladigan komil insondir.
Shu o‘rinda «Avesto»da shunday deyiladi: «Tanalaringizga
nisbatan qalbingiz haqida 1co‘proq qayg‘uring, ya’ni aw al
ma’naviy dunyoingiz musaffo bo‘lsa, moddiy turmushingiz
ham mukammal bo‘lib boraveradi». «Avesto»da mehnat
nihoyatda ulug‘lanadi. Mehnatni yaxshilik, moddiy noz-
ne’matlar manbai, deb biladi. Inson saxovatli bo‘lishi uchun,
awalo, mehnat qilishi, o‘z q o ii bilan noz-ne’matlami yaratishi
zarurligi uqtiriladi.
«Avesto»da inson axloq-odobi, ma’naviyati quyidagi
uchlikda ifodalanadi: 1. Gugta - yaxshi so‘z; 2.Gumata -
yaxshi fikr; Gvarshta - yaxshi ish, deb ifodalanadi. Bu uch
manbaning birgalik ma’nosi «Men yaxshi so‘z, yaxshi fikr,
yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman»-deganidir. Ya’ni:
yaxshi so‘z deganda inson o‘z va’dasiga rioya qilishi, so‘zining
ustidan chiqishi, o‘g‘rilik va talonchilik qilmaslik, buzuqlikdan
o‘zini tiyish va hokazolar tushuniladi. Yaxshi fikr deganda esa
- yaqin kishilarga mehribonlik, muhtojlik va xavf-xatar ostida
qolganda yordam berishga shaylik, kishilar baxt va saodati
uchun faol kurashishga doim tayyor turish, barcha bilan ahil va
totuv yashash va boshqalar kiradi. Yaxshi ishlar deganda,
insonning o‘z xatti-harakatlarida yaxshi fikr va yaxshi
so‘zlarda ilgari surilgan barcha ijobiy yo‘l-yo‘riqlarga
og‘ishmay amal qilish nazarda tutiladi.
|