talablarini to'laqonli qondira olmayotganligini, mos kelmay
qolganligini hisobga olib, ta’lim uchun yangi noan’aftaviy
metodlar: ijodiy muloqot, pedagogik o‘yinlar, konferensiya va
ilmiy tadqiqiy metodlaming ilmiy asoslarini ishlab chiqib,
bevosita amalga oshirish;
d) oliy ta’limda ta’lim-tarbiya jarayonini psixologiya fani
yutuqlari asosida amalga oshirish maqsadida barcha pedagogik
tadqiqiotlar va ta’lim-tarbiya jarayoni talablar psixikasini
o‘rganish, ulaming natijalariga tayanish asosida tashkil etilishi
lozim;
e) oliy ta’limda ijodkor mutaxassislami tayyorlash
maqsadida talabalar mustaqil fikrlashini shakllantirish va
rivojlantirishning
ilmiy
psixologik-pedagogik
asoslarini
yaratish lozim.
Uchinchidan,
pedagogika
an’anaviy pedagogik
tushunchalar girdobidan
xalos bo‘lib, pedagogik bilimlar
tizimi va uning mantiqiy tuzilmasi haqida, uning boshqa fanlar
bilan aloqalari to‘g‘risidagi ilmiy tushunchalarini o‘zgartirish
yo‘llari haqida, nazariy pedagogik bilimlami amaliyotga
qo‘llash haqida yangicha talqinlami yaratish kerak.
To‘rtinchidan. Mustaqillik sharofati tufayli pedagogika
fanining tadqiq sohalari kengaydi. 0 ‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti farmonlari va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining
tarixiy-milliy, umuminsoniy
uyg‘unlashuvi muammolarini
tadqiq etish, nihoyatda zarur yo'nalishlardan hisoblanadi.