M hamdamova




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/79
Sana21.02.2024
Hajmi5,2 Mb.
#159965
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79
Bog'liq
Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

Beshinchidan. 0 ‘zbek milliy tarbiyasining mohiyati, 
nazariy va amaliy masalalarini tadqiq etish.
Oltinchidan. Axloqiy madaniyatni shakllantirishning 
psixologik, falsafiy asoslarini yaratish.
Yettinchidan. 
Komil inson tarbiyasi, komil inson 
strukturasini yaratish, metodikasi, vositalari, shart-sharoitlarini 
yaratish.
149


Sakkizinchidan. Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga xos hayot 
tarzi, dunyoqarashni shakllantirishning pedagogik asoslarini 
yaratish.
To‘qqizinchidan. Milliy mafkura asosini tashkil qiluvchi 
yangicha, mustaqil 
fikrlashning 
pedagogik 
asoslarini 
yaratish.
0 ‘ninchidan. 
Mamlakatimiz ijtimoiy 
sharoitidagi 
o‘zgarishlar, yangiliklar, ta’minlash jarayoni tizimiga kirib 
kelishini ta’minlash metodologik asoslarini yaratish.
0 ‘n birinchidan. Milliy istiqlol g‘oyasini o‘quvchilar, 
yoshlar, talabalar va mutaxassislar, ongida tizimli uzluksiz 
singdirilishining mufassal metodologiyasi va metodikalarini 
ishlab chiqish.
0 ‘n ikkinchidan. Hozirda pedagogika nazariyasi va 
amaliyoti muammolarini tadqiq etishga texnologik yondashuv 
amalga oshirilmoqda. Muammo eng yaxshi tuzilgan ta’lim- 
tarbiya texnologiyalari, agarda hayot tarzi texnologiyasi ishlab 
chiqarish texnologiyalari, bilan bevosita uyg‘un ravishda 
tuzilmasa, uning samaradorligi yuqori bo‘lmaydi.
Ma’lumki, har qanday pedagogik texnologiya ta’limning 
yangi loyihasini rivojlantiruvchi 
ta’lim tamoyillariga 
asoslangan bo‘lib, o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilmog‘i kerak. 
IIg‘or pedagogik texnologiyaning markazida esa ta’lim 
jarayonining rahbari hamda shu jarayonning 
subyekti-yu 
obyekti bo‘lgan o‘qituvchi va o‘quvchi turadi. Shunday ekan, 
bu ikki shaxsning hamkorligi, o‘zaro muloqoti, bir-biriga 
ko‘rsatadigan ta’siri eng zamonaviy va milliy talablar asosida 
tashkil topishi lozim. Buning uchun, birinchi navbatda, 
o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayoni oldiga qo‘yilgan talablar; 
ta’limni tashkil etish va boshqarish prinsiplari hamda yo‘llari, 
o‘quvchini aqliy so‘zi va jismoniy jihatdan rivojlantirish 
usullari, u bilan hamkorlik qilish, uni o‘qishga, o‘rganishga
150


yo‘naltirish, o‘quvchi shaxsi faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, 
ular bilan' muloqotga kirishish, muammo va kelishmov- 
chiliklami bartaraf etish, sinfda ijodiy, ishchan muhitni 
vujudga keltirish, o‘quvchi faoliyatini aniq va to‘g‘ri baholash 
metodlari bilan qurollangan bo‘lishi lozim.
0 ‘quv 
omillarini 
yaratishga 
asoslangan pedagogik 
texnologiyani tatbiq etish va undan ko‘zlangan maqsadga 
erishish 
o‘qituvchining 
pedagogik 
mahorati, 
muloqot 
madaniyati, nutqining ravonligi, kommunikativ mahoratining 
o‘quvchilarga ta’siri, pedagogik texnikani egallaganlik darajasi 
va bu texnikadan bevosita darsda samarali foydalana olishiga 
bog‘liqdir. Bu faoliyat o‘z navbatida, yangi kommunikativ 
texnologiyaga asoslangan holda amalga oshirilishi kerak. Bu 
jarayonda o‘qituvchi turli ko‘rinishdagi faoliyatlarda ishtirok 
etadi. Xuddi shunday pedagogik faoliyat shakllaridan biri 
o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotiga asoslangan 
birgalikdagi faoliyatidir. 0 ‘qituvchining o‘quvchilar bilan 
muloqoti (hikoya, suhbat, ma’ruza) ijtimoiy nuqtai nazardan 
o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu o‘rinda o‘qituvchi 
o‘quvchida mustahkam o‘mashgan ishonchini shakllantirish 
lozim. Bu ishonch bevosita ijtimoiy munosabatlarga tatbiq 
etiladi. Bunday muloqot o‘quvchilar guruhiga mo‘ljallangan 
bo‘lib, bevosita jamoa mehnati sifatida namoyon bo‘ladi. 
Muloqot yakka shaxsga ham yo‘na,ltirilgan bo‘lishi mumkin, 
ya’ni o‘qituvchining o‘quvchi bilan hamda bir o‘quvchining 
ikkinchi bir o‘quvchi bilan muloqoti sifatida. Muloqot yo‘li 
bilan o‘quvchilar mavjud narsa va hodisani bilib oladilar, 
yangidan-yangi axborotlami qabul qiladilar. Boshqa bir 
tomondan esa o‘qituvchi o‘quv dasturi talablaridan kelib 
chiqqan holda, o‘quvchi shaxsini o‘rganadi.
0 ‘qituvchining o‘quvchi bilan muloqoti pedagogik 
xarakterdagi muloqot bo‘lishi, aniq pedagogik 
vazifani
151


bajarishga yo‘naltirilishi kerak. Jumladan: optimal, yaxlit, 
qulay o‘quv muhitini, 
ruhiy vaziyatni, o‘quv faoliyatini 
optimallashtirish, 
o‘qituvchi 
va 
o‘quvchilar 
orasidagi, 
shuningdek, o‘quvchilar jamoasi orasidagi munosabatni 
insonparvarlik mezonlari asosida shakllantirish nazarda 
tutiladi.
Pedagog o‘quvchilar orasidagi ta’sirlami, ulardagi hissiy 
zo‘riqishlami bartaraf eta olish kerak. Agar o‘qituvchi yuqorida 
ko‘rsatilgan ta’sirlami bartaraf eta olmasa, bu tarzdagi hissiy 
zo‘riqish ilgarigi muvaffaqiyatsizliklar bilan qo'shilgan holda 
o‘quvchilarda 
0
‘qituvchi va o‘quv predmetiga nisbatan salbiy 
munosabatni vujudga keltiradi hamda qo‘rquv, ishonchsizlik, 
diqqat susayishi holatiga, esda saqlash qobiliyati, ishchanlik, 
nutq dinamikasi buzilishining h£sil bo‘lishiga olib keladi. Bu 
hoi bir so‘z bilan aytganda o-quvchining o‘quv faoliyati 
motivatsiyasining pasayishiga, ta’lim jarayonida, o‘quvchiga 
nisbatan hurmatsizlik bilan yondashilgan taqdirda, ko‘zda 
tutilgan talabchanlikka, ayniqsa, ongli tarzdagi intizom 
o‘matishga erishish mumkin emas.
Hammasi bo‘lib ijobiy xislatlar soni mingdan ortiq. 
Tarbiya mafkurasining 
maqsadi mana shu xislatlami 
shakllantirishdan iborat. Buning uchun o‘quv- tarbiya jarayoni, 
hadislar, oila, mahalla, an’anaviy udumlar, to‘y, aza, maraka, 
va boshqa kam guruhli va ko‘p sonli odamlar ishtirok etadigan 
yig‘inlar, sayllar, mehmondorchilik, mehmon kutish, ommaviy 
axborot vositalari, afsonalar, romanlar va boshqalar vosita 
boiishi mumkin. 
<;
Yuqorida ko‘rsatilgan shaxsiy xislatlami shakllantirish 
o‘quv-tarbiya ishlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Hamma 
mamlakatlar ham ana shunday ijobiy xislatlami o‘z xalqida 
shakllantirishga harakat qiladi. Ana shu ma’noda tarbiyaning 
umumiy maqsadi dunyo pedagogik jarayonida yagona
152


maqsadga, ya’ni umuminsoniy xislatlarini shakllantirishga 
qaratiladi. Falsafa fani, uning turlicha qarama-qarshiliklari, 
turli oqimlari, nazariyalari bilan birga yagona bo‘lganidek, 
pedagogika ham umumiy maqsadi bo‘yicha dunyoviy pedago­
gik jarayonda yagona, bir jinsli deb qaraladi. Gap ana shu maq- 
sadlarga qanday vositalar bilan, qanday ketma-ketlikda va 
qaysi ma’noda erishishiga bog‘liq. Bir mamlakat ta’lim va 
tarbiyaning bir shaklini tanlasa ikkinchisi o‘zgacharoq, 
uchinchisi yana bir boshqacha yo‘lni tutadi. Shu jumladan, 
xalqning, elatning o‘z udumi, odati, turmush tarzi bor. Mana 
shu kabi o‘ziga xoslik ta’lim va tarbiyaning o‘ziga xos shakl, 
vosita va uslublarini, xalqning umumiy madaniyatini 
belgilaydi.
Yuqorida belgilangan xislatlaming ba’zilari, masalan, 
oqibatlilik, bolajonlik, andishalik, imonlilik kabilar o‘zbeklarga 
xos xislatlar.
Al-Forobiy, Ibn Sino kabi mutafakkirlaming boy merosini 
o‘rganar ekanmiz, ta’lim va tarbiya masalasida birorta joyida, 
birorta so‘zida o‘zbek, eron, tojik yoki boshqa millatgagina xos 
yoki mos birorta fikmi topa olmaymiz. Umuminsoniy va 
umummilliy durdonalar aks etgan. Shuning uchun ham butun 
dunyo xalqlari o‘zlarining merosidan suyunib foydalanishadi, 
avlodlar xotirasida barhayotdirlar.
0 ‘quvchi 
yoshlarda 
zukkolik, 
aqllilik, 
xislatlarini 
shakllantirish uning 
mezonlariga e’tibor qaratish darkor. 
Hozirgi dunyo ta’lim bozorida aqlli bo‘lish uchun faqat bilim, 
iqtidor va ko‘nikmalaming hajmi yetarli emas. Aqlli shaxs 
deganda ma’lum malakaga ega bo‘lgan, analitik va sintetik 
fikrlay oladigan, voqeylikni induktiv va deduktiv analiz qila 
oladigan algoritmik fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan tadbirkor, 
intizomli shaxs tushuniladi. Shu xislatlaming birortasi yetarli 
bo‘lmasa, shaxsni mukammal deb boimaydi.
153


0 ‘quvchi shaxsi ham, 
buyurtmachi ham iste’molchi 
sifatidagi hamda o‘zini-o‘z:i boshqaruvchi va o‘zini-o‘zi to‘g‘ri 
yo‘lga soluvchi sifatida juda ham rivojlangan tizim 
hisoblanadi. Shaxs «iehki psixolog» faoliyatini boshqarishda 
ichki tanlov mezonlariga: tez-tez o‘zgaruvchan xarakterga ega. 
Shuning uchun ham, ayniqsa, awalom bor, yosh bo‘g‘inlami 
dastlabki ichki xislatlarida biron bir xulosa qilishda 
shoshilmaslikka umuminsoniy, milliy, vatanparvarlik qad- 
riyatlarga 
amal qilishni ta’minlash alohida ahamiyat kasb 
etadi. Yoshlami bizning mafkuramizga zid oqimlarga qo'shilib

Download 5,2 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   79




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish