Darhaqiqat, ma’naviyat insonga doimo havodek zarurdir, u
ona suti,
ajdodlar namuhasi, otalar o'giti bilan insonning
qalbiga, ongiga singadi.
Bugungi kunda o‘zbek xalqining ma’naviy-axloqiy
negizini, uning milliy ruhini umumbashariy qadriyatlar asosida
mustahkamlash va rivojlantirish - jamiyatning oldida turgan
eng muhim vazifalardan biridir. Chunki mamlakatning
taraqqiyoti o‘z navbatida xalqning ma’naviy-axloqiy negizi
bilan doimiy ravishda o‘zaro bog‘liq holatda rivojlanib boradi.
Aynan ma’naviy-axloqiy negiz mahsuloti bo‘lgan
milliy ong,
milliy g‘urur, milliy g‘oya kabi mahsulotlar oldinga,
rivojlanishga qarab turtki beradi.
Insonning qalbi va ongida singigan ma’naviy-axloqiy
negizlar uni butun umri davomida xalq xizmatida bo‘lishga,
Vatan ravnaqi hamda taraqqiyotiga hissa qo‘shishga, o‘zining
ongli va erkin mushohada qiluvehi shaxs sifatida kamol
topishiga muttasil ravishda undaydi. Milliy g‘oya va mafkura
inson ongiga o‘z xalqining tarixi, uning ma’naviy-axloqiy
qadriyatlari
bilan singarkan, shaxsni Vatan yo‘lida xizmat
qiluvehi fidoyi va qudratli insonga aylantiradi. Mamlakatimiz
tarixidan bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Jumladan,
Muqanna, Spitamen, Shiroq,
Jaloliddin Manguberdi, Amir
Temur va boshqalar.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, 0 ‘zbekistonda milliy g‘oya
va mafkura o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, xalqimizning asosiy
maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, uning o‘tmishi, tarixi va
kelajagini bir-biri bilan chambarchas bog‘laydigan, millatning
asriy orzu-istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladigan
g‘oyalar tizimidir.
Mana shu nuqtai nazardan
mustaqil fikrga qodir shaxs
ma’naviyatini
shakllantirish
hamda
uni
xalqimizning
ma’naviy-axloqiy qadriyatlari asosida - Vatanga fidoyi qilib
156
tarbiyalash bugungi kunda respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimi
oldida turgan ulkan vazifalardan biridir.
Milliy g‘oya va mafkura 0 ‘zbekiston Respublikasining
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotiga,
millatlararo
totuvligiga,
mustaqillikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Chunki ongli
ravishda mamlakatimizning ko‘p millatli xalqi ongi va qalbida
« 0 ‘zbekiston bugungi kunda - yagona Vatan» - degan fikmi
joy qilib, umumbashariy qadriyatlarga
tayangan holda jahon
hamjamiyati orasida o‘z p ‘mini egallashga harakat qilmoqda.
Mamlakatimizning rivojiga ijobiy ta’sir qiladigan ma’naviy-
axloqiy negizi - xalqimizning asrlar davomida shakllanib,
rivojlanib, har tomonlama sayqallanib, ajdodlarimiz tomonidan
asrab-avaylanib bizgacha yetib kelgan ma’naviy-axloqiy
qadriyatlari,
boy
ma’naviy-ma’rifiy
meroslari
hamda
tariximizdir. Chunki yuqorida qayt etilganlar insonga ijobiy
fikrlar, ibratli xulosalar beribgina qolmasdan, tariximizda
mavjud achchiq saboqlardan ham
kerakli tushuncha olishga
hamda hayot davomida to‘g‘ri yo‘ldan adashmaslikka undaydi.
Hozirgi paytda barchamiz Vatan ravnaqi yo‘lida tinmay
faoliyat ko‘rsatishimiz kerak. Chunki Vatan biznikidir.
Yurtboshimiz I.A.Karimov o‘z chiqishlaridan birida
shunday
degan
edilar:
«...Farzandlarimizni milliy va
umuminsoniy qadriyatlarimiz asosida, о ‘z fikru tafakkuri va
zamonaviy bilimga ega bo ‘Igan vatanparvar etib voyaga
yetkazish barchamizning otalik va onalik burchimizdir20».
Bu dunyoda har bir inson o‘z qalbida Vatan, Vatanni
sevish kabi his tuyg‘ularga ega. Vatan - insonning kindik qoni
to‘kilgan tuproq,
uni kamolga, voyaga yetkazgan, hayotiga
ma’no va mazmun baxsh etadigan tabarruk maskandir. U
ajdodlarimiz tomonidan asrab-avaylanib, avlodlarga qoladigan
buyuk meros, eng aziz ne’mat, unutilmas xotiradir.
Vatan -