• 0 ‘ninchi modul.
  • M hamdamova




    Download 5,2 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet65/79
    Sana21.02.2024
    Hajmi5,2 Mb.
    #159965
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   79
    Bog'liq
    Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

    To‘qqizinchi modul 2 ta g‘oyaviy mavzudan iborat.
    1. Ezgu fikming ta’sirchanligi. «Yaxshi so‘z - qilichdan 
    ham kuchli» degan gap bor. Darhaqiqat, o‘mida ishlatilgan 
    so‘zlar, yorqin va dildan bay on etilgan nutq, bama’ni fikr har 
    doim odamlaming xulq-atvoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
    2. So‘z g‘oyaviy ta’sir vositasi. Milliy g‘oyalami xalq 
    ongiga yetkazishda so‘z asosiy ta’sir vositasi bo‘lgan va bo‘lib 
    qoladi.
    0 ‘ninchi modul. Oliy ta’lim muassasalarida «Milliy 
    g‘oya» bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulot va davra 
    suhbatlarining mavzulari belgilab olinadi, masalan:
    - «I.A.Karimov milliy istiqlol g‘oyasining asosiy 
    tamoyillari to‘g‘risida».
    - «Milliy g‘oyaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘mi».
    - «G‘oyalar va mafkuralar kurashi tarixidan».
    - «Bunyodkor va vayronkor g‘oyalar, ularning tarixdagi 
    o‘rni».
    - «Milliy g‘oya va o‘zlikni anglash».
    Biz yuqorida ko‘rsatilgan modullar asosida ish olib 
    boradigan bo‘lsak, bu usul, eng awalo, talaba-yoshlarning
    167


    jamiyat taraqqiyotiga bo‘lgan qiziqishi va ishonchini oshiradi, 
    ulaming siyosiy bilim ko‘nikma va malakasini oshirishga 
    yordam beradi. Eng asosiysi, bu usul talaba-yoshlami o‘z- 
    o‘zini tarbiyalab borishini ta’minlaydi. Biz pedagoglardan 
    faqatgina o‘z vaqtida berilgan vazifalami yozma va og‘zaki 
    yoki elektron ko‘rinishda talab qilish orqali tarbiyala- 
    nuvchilaming o‘z-o‘zini qay darajada boshqarayotganligini 
    nazorat qilib borish talab etiladi. Ta’lim berish jarayonida 
    tarbiya ham berib o‘tish ko‘zda tutilganda ko‘pincha talaba- 
    yoshlaming 
    o‘z-o‘zini 
    tarbiyalashi 
    namoyon 
    bo‘ladi. 
    Pedagogning bugungi kun talafc^, va mas’uliyatni his qila 
    oldirish san’ati ham talabalamf o‘z-o‘zini tarbiyalashini 
    mustahkamlab boradi. Majburiy tarbiya esa o‘spirin yoshidagi 
    yoshlaming izzat nafsiga tegishi muqarrar. Talaba-yoshlami 
    modulli o‘qitish ham, ulami o‘z ustida izlanishlariga, kompyu- 
    ter orqali internet tarmog‘iga ulanish va kerakli materiallami 
    qidirib topish orqali, yangi ta’lim texnologiyalari usullaridan 
    unumli foydalanishga chorlaydi. Bugungi kunda talabalaming 
    o‘z-o‘zini boshqarishi va o‘z-o‘zini tarbiyalashi muhim 
    ahamiyatga ega. Chunki talabalaming o‘z-o‘zini boshqara 
    olmasligi va o‘z-o‘zini tarbiyalay olmasligi ulami har xil 
    oqibatlarga, yomon ko‘chalarga, ya’ni turli xil oqimlarga kirib 
    qolishiga sabab bo‘lishi mumkin:
    Milliy g‘oya va mafkura taraqqiyotning eng og‘ir, 
    murakkab davrida, ayniqsa, bir ijtimoiy siyosiy tuzumdan 
    yangisiga o‘tish jarayonida keng xalq ommasini ma’naviy 
    ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi, ularda kelajakka ishonch 
    tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qiladi. Shu sababdan ham 
    chinakam milliy g‘oya va mafkura o‘zining teran mazmun 
    mohiyati bilan kishilami o‘z kuchiga ishonishga, istiqlolga 
    umid bilan qarashga da’vat etadi. Chunki to‘q, faro von va 
    baxtli hayot bunyod etish, ijtimoiy holatni qaror toptirish
    168


    millatlararo totuvlik, tinchlik, do‘stlik va yer yuzidagi barcha 
    xalqlaming azaliy orzusidir. Zero, jamiyat a’zolari milliy g ‘oya 
    mafkurasida o‘z hayotiy manfaatlari, orzu umidlari ifodasini 
    ko‘rsatsagina odamlar ruhan bardam, uyg‘oq va faol kuchga 
    aylanadi.
    Jamiyatdagi mavjud g‘oyalarga faol munosabat, faol 
    hayotiy pozitsiyani tarbiyalash mafkuraning yana bir muhim 
    maqsadidir. G‘oyaviy tarbiya axloqiy, siyosiy, huquqiy 
    tarbiyaning asosini tashkil etadi.
    G‘oyalar oshkora, 
    yashirin, bevosita yoki bilvosita, 
    to‘g‘ridan-to‘g‘ri ramziy shakllarda targ‘ib etilishi mumkin. 
    Inson faoliyati aniq bir g‘oyaviy maqsadga yo‘naltirilgan 
    bo‘lib, bu niyat ko‘pincha ko‘zga tashlanmaydi, g‘oyaviy 
    tarbiyaning asosiy maqsadi kishilarda hushyorlik, sezgirlik 
    hissini, yot va zararli g‘oyalarga qarshilik ko‘rsatish 
    qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir. G‘oyaviy tarbiya 
    jarayonida kishilarda mafkuraviy immunitet shakllanishiga 
    alohida e’tibor beriladi. Mafkuraviy immunitetni shakllantirish 
    kishilar ongiga bir xil g‘oyani zo‘r berib tiqishtirish emas, balki 
    odamlarda oq-qorani ajratish zararli g‘oyalarga qarshi hushyor 
    va ogoh bo‘lish xususiyatlarini ham tarbiyalash, demakdir.

    Download 5,2 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   79




    Download 5,2 Mb.
    Pdf ko'rish