• Barkamol inson
  • M hamdamova




    Download 5,2 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet66/79
    Sana21.02.2024
    Hajmi5,2 Mb.
    #159965
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   79
    Bog'liq
    Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

    169


    V . X U L O SA
    5.1. Uzluksiz ta’lim tizimida barkamol ijodkor 
    shaxsni tarbiyalash
    Kadrlar tayyorlash milliy modeliga singdirilgan bosh 
    maqsad - ravnaq topayotgan kuchli demokratik davlat, 
    fuqarolik jamiyatining shakllanishiga xizmat qilishi lozim 
    boigan g‘oyaning qudratli salohiyatini qanday, qaysi yo‘l bilan 
    ro‘yobga 
    chiqarish 
    va 
    kadrlar 
    tayyorlash 
    tizimini 
    takomillashtirishga oid amaliy tadbirlami hayotga joriy etish 
    bilan bog‘liq ko‘plab savollarga javob topish imkonini beradi. 
    Respublikamizning «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadr­
    lar tayyorlash Milliy dasturi» aslida Kadrlar tayyorlash milliy 
    modelini hayotga tatbiq etishning me’yoriy asosi, vosita va 
    mexanizmidir. Model va dastur shak-shubhasiz o‘zaro 
    chambarchas bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldiruvchi o‘zaro 
    birgalikda amalga oshiriladigan jarayondir. Ammo tatbiq 
    qilishda ularni mustaqil holda alohida-alohida tahlil qilish 
    zarur. Kadrlar tayyorlash milliy 
    modeli va dasturi milliy 
    g‘oyaning 
    ajralmas 
    tarkibiy 
    qismidir. 
    0 ‘zbekiston 
    fuqarolarining 
    yangi 
    avlodini 
    shakllantirishning 
    asosiy 
    poydevori 
    hisoblanadi. 
    Milliy 
    modelning 
    qimmatli 
    xususiyatlaridan biri, unda bosh maqsadga erishish yo‘lidagi 
    davlat, jamiyat va shaxsning manfaatlari uzviy ravishda bir- 
    biriga chambarchas bog‘liq ravishda qaralganligidir.
    Barkamol inson - o‘zida ma’naviy-axloqiy xislatlar 
    majmuini mujassamlashtirgan, jamiyatda o‘zligini va o‘z
    170


    qobiliyatini har tomonlama namoyon eta oladigan, ma’rifatli, 
    dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, aqlan yetuk, yuksak 
    iste’dodli va salohiyatga ega bo‘lgan ma’naviy jihatdan yetuk, 
    axloqan pok, jismonan sog‘lom, hayot go‘zalliklarini his eta 
    oladigan ijodkor shaxsdir.
    «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida 0 ‘zbekiston 
    Respublikasi ta’lim tizimini isloh qilishdan maqsad shaxs 
    barkamolligiga erishish, uni bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
    jamiyatda o‘z o‘rniga ega inson sifatida tarbiyalashdan iborat. 
    Shaxsni ushbu talablar asosida shakllantirishning eng maqbul 
    yo‘liga undagi ijodkorlik va intellektual sifatlami rivojlantirish 
    orqali erishish mumkin. Tadqiqot ishida bu muammo yechimi 
    keng miqyosdagi tahliliy ma’lumotlar asosida o‘rganilib, 
    pedagogik va axborot texnologiyalari, ilg‘or yo‘nalishlar 
    asosida hal etib berilishi rejalashtirilgan.
    Kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishning 
    uchinchi - sifat bosqichida unga mehnat bozorining 
    rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlami hisobga olgan 
    holda aniqliklar kiritish zarurati yuzaga keldi. Bular qatorida 
    quyidagi dolzarb muammolarni alohida qayd etish mumkin:
    - umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasbga 
    yo‘naltirish pedagogik-psixologik tashxis ishlarini yetarli 
    ilmiy-metodik asoslari ishlab chiqilmaganligi va tatbiq 
    etilmaganligi;
    - pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga 
    joriy etishning umumiy nazariy asoslari yaratilgani holda, 
    ulami tatbiq etish mexanizmining ilmiy metodik jihatdan 
    asoslanmaganligi;
    -
    yetarlicha 
    kasbiy 
    yo‘naltirilganlikka, 
    yuqori 
    mukammallikka ega bo‘lmagan pedagogik jarayon mahsuli 
    sifatida 
    etishib 
    chiqayotgan 
    ta’lim 
    muassasalari 
    bitiruvchilarining mutaxassis sifatida mustaqil va ijodiy 
    darajaga erisha olmayotganligi.
    171


    Ushbu 
    kamchiliklarning 
    bartaraf 
    etilishi 
    «Kadrlar 
    tayyorlash 
    Milliy 
    dasturi»ning 
    keyingi 
    bosqichlarida 
    muwafaqiyatli amalga oshirilishi uchun zamin yaratadi va 
    tadqiqot muammosini tashkil etadi hamda uning dolzarbligini 
    ta’kidlaydi.
    Shaxs sifatlarini 
    shakllantirish muammosining turli 
    omillari 
    respublikamiz 
    (Q.Nazarov, 
    M.Quronov, 
    U.Nishonaliyev, Sh.Qurbonov, S.Nishonova, N.Shodiyev, 
    M.Davletshin, S.Bulatov va b.) hamda xorij olimlari 
    (V.P.Bespalko, S.Ya.Batishev, V.A.Slastenin va b.) tomonidan 
    tadqiq etilgan. Biroq respublikamizda amalga oshirilayotgan 
    keng miqyosli islohotlar natijasida shakllantirilishi lozim 
    bo‘lgan barkamol ijodkor shaxs sifatlari darajasi, tarkibi va 
    mazmunini tadqiq qilishga qaratilgan majmuaviy izlanishlar 
    amalga oshirilmagan.
    Shu o‘rinda xalqimiz qadimdan barkamol avlod tarbiyasiga 
    jamiyat ravnaqining muhim omili sifatida alohida e’tibor bilan 
    qarab kelganliklarini ta’kidlash o‘rinlidir. Vatanimiz dong‘ini 
    dunyoga taratgan qomusiy olimlarimiz o‘z asarlarida shaxs 
    aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy va estetik tarbiyasining 
    ahamiyati va uni amalga oshirish yo‘llari to‘g‘risidagi o‘z 
    tavsiyalarini bayon qilganlar.
    Komil inson g‘oyasi azal-azaldan xalqimizning ezgu 
    orzusi, millat ma’naviyatining uzviy bir qismi bo‘lib qolgan. 
    Komil inson g‘oyasi zardushtiylaming muqaddas kitobi 
    «Avesto»da, Qur’oni Karim va hadislarda, tasavvuf falsafasida, 
    Sharq mutafakkirlari asarlarida o‘zining teran ifodasini topgan. 
    Tariximizda komillik timsollari ko‘p: Alpomish xalqimizning 
    ideal qahramoni, u aql, fahm-farosat, jismoniy kamolot, 
    mardlik va vatanparvarlikning badiiy timsoli hazrat Navoiy 
    uchun ideal Farxod obrazidir. Ulardan axloqan va jismonan 
    kamollikka erishgan shaxslar Oybekning «Navoiy» romanida
    172


    esa Navoiy ideal obraz. Ayni paytda u real tarixiy shaxs, komil 
    insondir.
    Xalq og‘zaki va yozma ijodiyoti, xalq yodgorlik obidalari, 
    nasihatnoma, pandnoma va vasiyatnomalarda komil inson 
    tarbiyasi haqidagi qonun, qoida va usullari o‘z aksini topgan.
    Uyg'onish davri Sharq mutafakkirlari o‘zlarining ta’lim va 
    tarbiya to‘g‘risidagi asarlarida barkamol shaxsni shakllantirish 
    muammosini yer yuzida insonning baxtga erishuvi uchun shart- 
    sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi g‘oyalar bilan bog‘liqlikligiga 
    qaraganlar. Pedagogika tarixida al-Forobiyning fozil inson 
    sifatlari, bilimlami olish yo‘llari va uslublari haqidagi 
    konsepsiyasi; al-Beruniyning kasbiy bilimlami egallash 
    uslublari haqidagi qarashlari; Ibn Sinoning aqliy, ma’naviy 
    hamda jismoniy komillikka erishish haqidagi ta’limoti; al- 
    Xorazmiyning ilmiy bilimlar, hayotiy muammolami hal qilish 
    yo‘llari to‘g‘risidagi asarlari o‘zining alohida o‘miga ega.
    Jumladan, al-Xorazmiy shaxs sifatlarini shakllantirish va 
    shaxslararo munosabatlami rivojlantirishda fanning yuksak 
    o‘mini qayd etadi. U shaxsni kuzatish, tajriba-sinovlar 
    o‘tkazish, ko‘nikma va malakalami tarkib toptirishga, aqliy 
    sifatlami rivojlantirishning boshqa vositalariga katta ahamiyat 
    bergan. Bu to‘g‘ridagi fikrlarini u «А1 jabr v-al muqobala» 
    (Algebra), «Hisob al-hind» va boshqa asarlarida bayon qilgan.
    Abu Nasr al-Forobiyning ijodiy merosida uning tomonidan 
    birinchi bo‘lib yaratilgan fanlar tasnifi alohida o‘ringa ega. 
    Allomaning qayd etishicha, inson o‘zida komillik sifatlarini 
    tarkib toptirish uchun, birinchi navbatda, ilmiy bilimlami 
    egallamog‘i lozim, shuningdek, u shaxs aqliy rivojlanishining 
    asosi sifatida idrok qilish va fikrlash qobiliyatlarining 
    ' ahamiyatini alohida qayd etadi.
    0 ‘zining «Ixso al-ulum», «Fozil odamlar shahri», «Baxtga 
    erishish haqida» kabi asarlarida al-Forobiy barkamol shaxsni
    173


    tarbiyalash ishlari mazmuni, maqsadi, vazifalari, yo‘llari 
    hamda vositalari to‘g‘risida so‘z yuritadi. Al-Forobiy 
    «o‘qitish» va «tarbiyalash» tushunchalariga birinchi bo‘lib 
    ta’rif bergan olim sanaladi.
    Beruniyning qayd etishicha, «insonning barkamolligi uning 
    amaliy kuzatishlari natijasi asosida shakllangan aqliy faoliyati 
    negizida yuzaga keladi. Demak, inson shu asosda tashqi 
    olamni, borliqni o‘rganadi, bilimlami egallaydi, haqiqatga 
    yaqinlashadi, haqiqat esa borliq to‘g‘risidagi tasavvurlaming 
    haqqoniyligini talab qiladi. Shu taxlitda inson shaxsi rivojlanib 
    boradi.
    Abu Ali ibn Sino ham aqliy tarbiyaga fanlar asoslarini 
    egallash orqali erishilishini ta’kidlaydi. U bilim olish 
    uslublarini egallashda mantiqiy fikrlashga, shaxsiy kuzatish 
    natijalari va tajribaga asoslanish lozimligi to‘g‘risidagi fikrlami 
    ilgari suradi. Uning maktabda bolalarga ta’lim-tarbiya berish 
    borasidagi 
    g‘oyalari 
    bugungi 
    kunda 
    o‘zining 
    yuksak 
    ahamiyatini yo‘qotmagan.
    Yurtimiz allomalarining ma’naviy-axloqiy borasidagi 
    qarashlari ham alohida e’tiborga molik. Hozirgi davrga qadar 
    al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu 
    Ali ibn Sinolaming pedagogik qarashlari ular yaratgan 
    ijtimoiy-falsafiy ta’limotning tarkibiy qismi sifatida qarab 
    kelinadi. 
    Biroq ular ilmiy merosning tahlili qomusiy 
    allomalarimizning. pedagogika tarixida alohida o‘ringa ega 
    ekanligini ko‘rsatmoqda.
    Masalan, al-Forobiy axloq tushunchasini tafakkur bilan 
    uzviy aloqadorlikda qarab kelgan, bundan kelib chiqqan holda 
    u axloqiy tarbiyani aqliy tarbiya bilan birgalikda amalga 
    oshirish to‘g‘risidagi tavsiyalarini bayon qilgan. Bundan kelib 
    chiqib ta’kidlash mumkinki, al-Forobiy axloqni inson 
    xulqining aks etish mezoni sifatida emas, balki aqliy faoliyati
    174


    natijasi sifatida qarab kelgan. Al-Forobiyning ta’kidlashicha, 
    hukmdor sog‘l0m, xushmuomala, zehnli, idrokli, o‘z fikrini 
    to‘g‘ri bay on qila oladigan, so‘zga chechan, bilim egallashga 
    e’tiborli, axloqan sof, adolatli, o‘z qadr-qimmatini biladigan, 
    vijdonli, boylikka xirs qo‘ymagan, jur’atli, botir, 
    jasurlik 
    ko‘rsata oladigan sifatlarga ega bo‘lishi lozim deb hisoblaydi. 
    Albatta, al-Forobiyning «Komil hukmdor» shaxsiga nisbatan 
    bayon qilgan sifatlar har bir insonga xos bo‘lishi kerak.
    Ma’lumki, inson borliqning ajralmas bir bo‘lagidir. 
    Shuning uchun ta’lim jarayoni insonning tabiiy va ruhiy 
    ehtiyojlarini muvofiqlashtiruvchi tabiat qonunlariga uyg‘un 
    bo‘lishi kerak. Yosh bolada narsa va hodisalami mavhum 
    mushohada 
    qilish 
    orqali 
    tushunish 
    qobiliyati 
    yaxshi 
    shakllanmaganligi bois mavhum tushunchalar uning hissiy 
    kechinmalariga shikast yetkazishi mumkin. Bola avval his etib, 
    keyin fikrlashi kerak. Zero, ulug‘ mutafakkir Abu Ali ibn Sino 
    ham ruhiy hissiy tarbiya birlamchi ekanligini e’tirof etgan va 
    «Ruh tanga nisbatan sozlovchi vazifasini o‘taydi» - degan 
    xulosaga kelgan.
    Abu Ali ibn Sino musiqa to‘g‘risida yaratgan risolasida 
    inson sezgilariga turli ohanglar vositasida ta’siri etib, 
    tarbiyalash haqida so‘z yuritadi. Ibn Sinoga qadar hech bir 
    alloma barkamol shaxs tarbiyasida jismoniy ijodkorlik 
    sifatlarining tutgan o‘mi to‘g‘risida yaxlit ta’limotni yaratgan 
    emas. «Tib qonunlari» asarida Ibn Sino gigienik tarbiyaning 
    inson xulqiga, uning jismoniy hamda ruhiy 
    salomatligiga 
    ta’sirini ilmiy-amaliy yo‘l bilan asoslab bergan.
    Amir Temur esa ijodiy faoliyatga alohida e’tibor qaratib, 
    uning shaxsni ma’naviy jihatdan kamolotga yetkazuvchi ruhiy 
    hodisa deya baholaydi. Xususan, «Bilki g‘olib bo‘lmoqlik 
    (Tangrining) madadi va bandasining tabiri bilandur» deya 
    insonning muayyan faoliyatni tashkil etishdan oldin uni
    175


    qo‘llab-quwatlovchi ruhiy omillarga tayanishi, aniq maqsad 
    asosida ish ko‘rilishi lozimligiga urg‘u beradi. Amir 
    Temuming quyidagi fikrlaridan anglash mumkinki, garchi 
    natijasi aniq bo‘lsa-da, har bir ishni puxta reja va oqilona tadbir 
    bilan amalga oshirish lozim, ya’ni «Garchi ishning qanday 
    yakunlanishi taqdir pardasi ortida yashirin bo4 Isa ham, aqli raso 
    va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq 
    lozimdir». Ushbu fikrlardan kelib chiqib, Amir Temur eng 
    oddiy faoliyatga ham o‘ta jiddiy yondashganligining guvohi 
    bo'lamiz.
    Alisher Navoiy esa shaxs kishilar bilan munosabatda, 
    ayniqsa, kishilaming bir-birlariga bo‘lgan ruhiy, ma’naviy 
    ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb hisoblaydi. U odamlar 
    o‘rtasidagi munosabatlami, umuman, bitta jamiyat bo‘lib 
    yashash, bir fikrda bo‘lish, odamiylik ideallariga tayanish kabi 
    ma’nolarda tushunadi.
    Navoiy o‘zining «Hayratul-Abror» dostonida insonning 
    kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan munosabat tarbiyasiga xos 
    faollikni milliy ruhda asoslab bergan. Undagi yuksak g‘oyalar 
    shaxsni mehnatga, o‘z kasb-koriga, oilasiga, ota-onasiga, 
    farzandiga, ona-yurtga, tili va diniga bo‘lgan axloqiy 
    munosabatini, komillik sari intilishini o‘zida aks ettiradi. 
    Asarda xalq va mamlakat uchun fidoiylik qilgan insonlami o‘z 
    ideali deb biladi. Shu bilan birga odamlardagi yalqovlik, 
    beparvolik, mayparastlik, maishatbozlik va jaholat kabi 
    illatlarga bo‘lgan salbiy munosabati ham asarda ochiq-oydin 
    o‘z ifodasini topadi.
    Shunday qilib, allomalarimiz o‘zlarining pedagogik 
    qarashlarida insonning aqliy, axloqiy, estetik hamda jismoniy 
    rivojlanishi majmuasini barkamollik mezoni sifatida unga 
    erishish yo‘llari hamda vositalarini ko‘rsatib berganlar. Demak, 
    ta’kidlash mumkinki allomalarimizning pedagogik qarashlari
    176


    ular ijtimoiy-falsafiy qarashlarining tarkibiy qismi bo‘lib 
    qolmasdan, balki maxsus pedagogik asarlar orqali chuqur va 
    mukammal yoritilgan g‘oyalar majmuasidan iboratdir.
    Yevropada barkamol shaxs sifatlarini shakllantirishga 
    ilmiy yondashuv namunasi sifatida Shvetsiyada yuzaga kelgan 
    Valdorf pedagogikasini keltirish mumkin. U butun bir falsafiy 
    tizim asosida dunyoga kelgan. Uning asl maqsadi bolani his- 
    tuyg‘ulari orqali uyg‘un rivojlantirib borish. Bunda bolaning 
    botiniy imkoniyat va qobiliyatini yuzaga chiqarish osonlashadi. 
    Valdorf pedagogikasiga muvofiq boshlang'ich sinflardanoq 
    bolalarga to‘qish, tikish, temirchilik, etikdo‘zlik, duradgorlik, 
    tasviriy san’at, musiqa o‘rgatishga kirishiladi. Bu tizimda 
    bolalar o‘quv materialiga emas, balki o‘quv materiali bolalarga 
    xizmat qiladi. Bolaga tayyor narsa «Mana ko‘r, ol!» deb 
    berilmaydi, aksincha, shunday vositalar o‘ylab topiladiki, u 
    fikrlaydi, tajriba o‘tkazadi, kerakli narsani o‘zi izlab topadi. 
    Valdorf pedagogikasi insonning shaxs sifatida kamolga 
    yetishini ko‘zlaydi. Unda ruhiy tarbiyaga alohida e’tibor 
    beriladi, jumladan, ruh orqali aql rivojiga erishish mumkin deb 
    hisoblaydi.
    Bu g‘oyaning Valdorf pedagogikasida yetakchi o‘rinni 
    egallashi 
    uning 
    bir 
    qarashda 
    tasavvuf 
    ta’limotidan 
    oziqlanganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan undagi g‘oyalar 
    zardushtiylar jamiyatining o‘ziga xos axloq odob majmui 
    bo‘lgan «Avesto»da ilgari surilgan: ezgu fikr; ezgu so‘z; ezgu 
    amal g‘oyalariga ham bir qadar mos keladi. Zero, 
    «Avesto»ning ham, tasavvuf falsafasining ham, Valdorf peda- 
    gogikasining ham asosiy maqsadi har tomonlama yetuk, 
    barkamol insonni tarbiyalashdir.
    XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida yetishib chiqqan 
    milliy pedagogikamiz darg‘alari, o‘zbek milliy ilm va * 
    ma’rifatining atoqli vakillari Ishoqxon To‘ra Ibrat, Abduqodir
    177


    Shakuriy, 
    Mahmudxo'ja 
    Behbudiy, 
    Abdurauf 
    Fitrat, 
    Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘li, Abdulla ’ Avloniy, 
    Shokirjon Rahimiylar ham shaxs tarbiyasi borasida o‘zlarining 
    qimmatli merosini qoldirganlar.
    Biz ushbu o‘rinda Abdurauf Fitratning barkamol shaxs 
    tarbiyasi haqidagi fikrlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
    Fitrat o‘z asarlarida ta’lim-tarbiya va uning maqsadlari, 
    maktab-maorif ishlari, bilim berish usullari va vositalari 
    haqida, ma’rifatli, komil insonni tarbiyalash yo‘llari to‘g‘risida 
    fikr bildiradi. «Rahbari najot» mutaffakkirning ana shunday 
    asarlari sirasiga kiradi.
    Fitrat bu asarida ham milliy ham ma’naviy taraqqiyotga 
    erishish, dunyoviy fanlami o‘rganishga da’vat etadi.
    Fitrat o‘z pedagogik qarashlarida, bolalarni barkamol qilib 
    yetkazish uchun uning tarbiyasiga faqat oilagina javobgar 
    bo‘lmasdan, butun qavm a’zolari javobgar ekanligini uqtiradi. 
    U yoshlaming har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashni 
    qavmning kelgusi taraqqiyotida muhim ahamiyatga kasb 
    etishini ta’kidlaydi.
    Fitrat insonning kamolotga yetishi uchun badan tarbiya 
    muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib, insonning butun a’zosi 
    salomat va kuch-quvvatga ega bo‘lmasa, unday inson uzoq 
    yashamasligini qayd qiladi.
    Fitratning fikricha, inson hayotining mazmuni dunyo 
    saodati va saodat rahbari aqlning komilligiga erishishdir. 
    Komil aqlning hosil bo‘lish vositasi esa ilmdir. Inson 
    komillikka, 
    ilmga 
    erishish 
    uchun 
    ma’lum 
    axloqiy 
    majburiyatlarni ado etmog‘i lozim.
    Ma’naviy majburiyat inson qalbining taraqqiy etishi uchun 
    bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalardan iborat. Inson o‘ziga va 
    barcha odamlarga foyda keltirsa, uning qalbi kamolga yetgan 
    hisoblanadi. Kimning qalbi yaxshi sifat va fazilatlarga to‘liq
    178


    bo‘lsa, u odam xushaxloq, unda uch xil quwat: aql, xirs va 
    g‘azab quwati mavjuddir.
    Fitrat o‘z asarida bu uch quvvatni tahlil qilar ekan, 
    insonlarga quyidagi ishlar bilan shug'ullanishni maslahat 
    beradi: har bir kishi ezgu ishlar bilan shug‘ullanmog‘i, yaxshi 
    sifatlami egallab xushaxloq bo‘lishi lozim.
    Fitrat 
    axloqiy 
    fazilatlami 
    to‘rt 
    qismga: 
    hikmat 
    (donishmandlik), iffat, shijoat va adolatga bo‘ladi. Uning 
    ta’kidlashicha, hikmat aqliy quwat islohining natijasidir. Aql 
    islom dinida ham eng sharaflidir. Inson aqlning rahbarligisiz 
    saodatga musharraf bo‘laolmaydi.
    Fitrat aqlni ikki qismga: fitriy (tabiat in’om etgan) aql va 
    kasbiy aqlga bo‘ladi va kasbiy aql ilm tahsili orqali hosil 
    qilinishini aytadi.
    Milliy g‘oya va mafkura, jamiyat rivojlanishidagi yetakchi 
    g‘oyalarni o‘zida mujassam etib, xalqimizning azaliy 
    udumlariga ruhiyatiga, qadriyatlariga asoslanib, kelajakka 
    bo‘lgan ishonch tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Bu g‘oyalar bilan 
    qurollangan insonlar o‘z orzu-intilishlari yo‘lida birlashadilar, 
    komillikka intiladilar. Zero, milliy g‘oya zamirida ham komil 
    inson tarbiyasi mujassamlashgan.
    Xalqimizning tarixiy-madaniy qadriyatlarini, fuqarolaming 
    huquq va erkinliklarini tiklash, milliy g‘oya va mafkurani 
    shakllantirish, jamiyatimizni ma’naviy-axloqiy yuksaltirish, 
    shaxs ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish borasidagi 
    tadbirlarni amalga oshirishning bugungi davrda barkamol 
    shaxsning quyidagi ta’rifini taklif qilmoqchimiz: barkamol 
    inson deyilganda yuksak intellektual, ma’naviy-axloqiy va 
    ijtimoiy-siyosiy sifatlarga ega, axloqiy turg‘un, ilmiy bilimlami 
    chuqur o‘zlashtirgan, jismoniy sog‘lom, mustaqil fikrga va 
    yuqori ijodiy imkoniyatlarga ega, jamiyat hayotida o‘z 
    qarashlarini faol ro‘yobga chiqaruvchi shaxs tushuniladi.
    179


    Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlami umumlashtirib, qayd 
    etish mumkinki, Sharqda qadimgi davrlardan quyidagilar 
    barkamol shaxs sifatlari bo‘lib hisoblangan: a) aqliy komillik, 
    sog‘lom fikr, iqtidorlilik, intellektuallik; b) yuksak ma’naviy- 
    axloqiy sifatlar; d) jismoniy komillik, tan va ruh sog‘ligi; 
    e) estetik komillik.
    Bundan tashqari, barkamol shaxs mezonlarini, unga 
    taalluqli ijobiy sifatlarni belgilashda Sharq mutafakkirlari 
    insonni savobli, yaxshi amallar qilishga da’vat etuvchi, salbiy 
    harakat va xayollardan saqlovchi omil sifatida komillikka 
    intilishning mavjudligini yuqori baholaganlar.
    Ushbu fikrlar asosida bugungi kunda mustaqil 0 ‘zbekiston 
    taraqqiyotining bugungi davrida quyidagilarga e’tibor berish 
    lozim deb hisoblaymiz:
    • yosh avlodni har tomonlama mukammal, mustaqil va 
    ijodiy fikrlovchi shaxs sifatida shakllantirish;
    • shaxsning moddiy va ma’naviy qadriyatlami yaratish 
    borasidagi faoliyatini jadallashtirish;
    • insonning jamiyat va tabiatga bo‘lgan munosabatini 
    o‘zgartirish, ular oldida o‘z mas’uliyatini anglashiga erishish.
    Bu vazifalarni izchil amalga oshirishga qaratilgan «Kadrlar 
    tayyorlash Milliy dasturi»ni muvaffaqiyat bilan amalga 
    oshirish uchun inson tabiati va salohiyatiga oqilona yondasha 
    oladigan, o‘zida komil inson fazilatlarini mujassamlashtirgan 
    o‘quvchi shaxsini shakllantirishimiz lozim. Prezidentimiz
    I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Ma’naviy jihatdan mukammal 
    rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish 
    milliy uyg‘onish g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi 
    avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim 
    vazifalaridan bo‘lib qoladi». Bu vazifalarni hal qilishimizda 
    chinakam 
    milliy 
    pedagogikani 
    shakllantirish 
    va 
    takomillashtirish uchun, awalo, ma’naviyatimiz ildizlariga
    180


    murojaat qilishimiz, ajdodlar o‘gitlarini o‘zlashtirishimiz, shu 
    bilan birga, umumbashariy yutuqlarga tayanishimiz, to‘plangan 
    ijobiy tajribalardan oqilona foydalanishimiz lozim.
    Shaxs 
    modelining 
    izchilligini 
    va 
    yaxlitligini 
    ta’minlaydigan asosiy element bo‘lib, milliy dasturda 
    aytilgandek, «Respublikada amalga oshirilayotgan ta’lim 
    sohasidagi o‘zgarishlaming bosh maqsadi va harakatlantiruvchi 
    kuchi, bu inson omili, uning har tomonlama rivojlanishi va 
    farovonligidadir», degan qoidaning asosiy mohiyatini tashkil 
    etadi. Milliy modelda va dasturda tub o‘zgarishlarning asl 
    maqsadi, ta’lim tizimini isloh qilish tufayli ro‘y beradigan 
    barcha o‘zgarishlaming asosiy va bosh yo‘nalishi, ayni vaqtda 
    bu jarayonlardagi davlat va jamiyatning о‘mi va vazifalari 
    aniq, ravshan ko‘rsatib berilgan. Ya’ni: «Shaxsning har 
    tomonlama 
    rivojlanishini, 
    uning 
    zamonaviy 
    o‘zgarib 
    borayotgan jamiyat hayoti bilan muvofiqlashtirish, ta’limiy va 
    kasbiy dasturlami ongli ravishda tanlash va ularni bosqichma- 
    bosqich o‘zgartirish, jamiyat, davlat va oila oldida o‘zining 
    mas’uliyatini his qiladigan fuqarolami tarbiyalashdan iborat».
    Maqsad shuki, ta’limni tashkil qilish, boshqarish borasida 
    o‘tkazilayotgan islohotlar, ta’limiy va kasbiy dasturlar va 
    tarbiyaviy-ma’rifiy loyihalarning mohiyatini belgilash, axborot 
    va pedagogik texnologiyalami tanlash kabi bu tizimning 
    asosiy vazifasi, ya’ni ta’limning davlat, jamiyat va shaxsiy 
    qadriyatlami uyg‘unlashtirish orqali barkamol shaxsning 
    shakllanishiga yo‘naltirilgan milliy modelning bosh maqsadini 
    anglab borish, modelning strategik g‘oyalari va talablariga 
    qabul qilinajak qarorlaming mos bo‘lishiga erishishdir. Shu 
    o‘rinda milliy modelning asl mohiyati va bosh maqsadi, 
    yoshlarga shunchaki bilim berish emas, balki ulami barkamol 
    shaxs sifatida shakllantirish ekanligini unutmaslik kerak.
    181


    Milliy model asosida shakllangan barkamol shaxs qanday 
    sifatlarga ega bo‘ladi? -degan savol tug‘iladi. Shaxsning 
    ma’lumot darajasiga qaramay, yuksak ko‘rsatkichlarga erishuvi 
    uning kamolatidan darak beradi. 0 ‘z sohasida kasbiy 
    mahoratini namoyish etish yetuklikning yuksak darajasini 
    bildiradi va jamoatchilik fikrida ilk iz qoldiradi. Ijodkorligi, 
    novatorlik takliflari, ixtirolari sohasidagi muvaffaqiyatini 
    ifodalab, betakror shaxs ekanligini isbotlashga xizmat qiladi. 
    Noyob kasb sohibi, o‘tkir qobiliyatli, iste’dodli yetuk shaxs 
    shakllanganligi ijtimoiy-tarixiy voqealik sifatida yuksak 
    baholanadi. Shaxs kamolatining muhim ko‘rsatkichi -
    subyektdir. Bu kamolatga erishuv va ijtimoiy-siyosiy yetuklikni 
    namoyish qilishdir. Yetuk mutaxassislar, fan va texnika, jamoat 
    arboblari, ijodiy-tarixiy fikrlovchi, 
    siyosatchilar, 
    davlat 
    rahbarlari subyekt bosqichida faoliyat ko‘rsatadilar. Shuning 
    uchun ushbu vaziyat ommaviyligiga erishish jamiyat 
    taraqqiyotini tezlashtirib, fidoiy, toliqmas kishilar safini 
    kengaytirishga xizmat qiladi.
    Har tomonlama yetuk shakllangan, komil inson g‘oyasi 
    insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib hisoblanadi va ushbu 
    darajaga erishish borliqni, jamiyatni bilishning muhim manbai 
    sanaladi. Har tomonlama shakllangan shaxs to‘g‘risida 
    tasawuf, sufizm ilmiy maktablari bir qancha ma’lumotlar 
    to‘plashga muvaffaq bo‘lganlar, shuningdek, bu borada 
    jahonning 
    insonparvarlik 
    g‘oyalari 
    bilan 
    qurollangan 
    allomalarning izlanishlari alohida o‘rin egallagan.
    Milliy model nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo‘lsak, har 
    tomonlama kamol topgan shaxs, o‘z sohasi bo‘yicha malakali 
    mutaxassis darajasiga erishadi. Buning natijasida yetuk inson 
    hayot va faoliyatida ijtimoiy-tarixiy psixologik namuna 
    bosqichiga o‘sib o‘tadi, o‘zining salohiyati bilan sohani 
    taraqqiy ettirish manbaiga aylanadi. Individuallik namunasi
    182


    milliy va insoniy ahamiyat kasb etadi, taraqqiyotni 
    harakatlantiruvchi mexanizm vazifasini bajaradi. Bu darajadagi 
    shaxsning xususiyatlari quyidagilami o‘z ichiga oladi:
    • yuksak aql-zakovatga egalik, intellektual faoliyatda 
    mahsuldorlik;
    /
    • xulq, faoliyat, muomala jarayonlarida o‘z imkoniyatlarini 
    oqilona baholash;
    • o‘z iqtidori va ijodiy salohiyatini amaliy ifodalanishini 
    ta’minlash;
    • har 
    bir 
    ixtisos 
    predmetiga 
    oid 
    qarashlarda 
    mukammallikka, sermahsullikka erishish;
    • ixtisoslararo bilimdonlik komil inson kamolatining 
    yuksak bosqichi bo‘lib, hozirgi davrda bir necha sohalar 
    bo‘yicha mukammal bilimlarga, qarashlarga egalik bilan 
    xarakterlanadi;
    • uzluksiz ravishda yangiliklarga intiluvchanlik, ijodiy 
    yechimlami amalga oshirishga qobillik;
    • har tomonlama rivojlangan shaxsning navbatdagi kamolat 
    bosqichi aqliy donishmandlik deb ataladi. Aqliy donishmandlik 
    axloqiy madaniyat, yuksak his-tuyg‘ular, muomala maromi, 
    tabiat va jamiyat qoidalariga rioya qilish, axloqiy yetuklik, 
    siyosiy-huquqiy, 
    iqtisodiy 
    ong 
    ko‘rinishlariga 
    oqilona 
    yondashish.
    Komil inson shaxsining umuminsoniy qadriyatlari yoxud 
    ijobiy xislatlari o‘zi nechta? 0 ‘zbek xarakteridagi ijobiy 
    xislatlami shakllantirish va rivojlantirish texnologiyasi qanday 
    tuziladi?
    Professor B.Ziyomuhammadovning fikriga ko‘ra, to‘g‘ri 
    tarbiyaga molik umuminsoniy ijobiy xislatlami to‘rt qirrali deb 
    tasawur etish mumkin. Bular:

    Download 5,2 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   79




    Download 5,2 Mb.
    Pdf ko'rish