Hozirgi davrda geosiyosiy maqsadlar ko‘proq mafkuraviy
siyosat bilan hamohangligini alohida ta’kidlash zarur.
BUnda
mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish geosiyosatning ta’sirchan vositasi
sifatida namoyon bo‘lmoqda. .Ya’ni turli davlatlarning
maqsadlari
xalqning turli qatlamlari, xususan, yoshlar ongi va
qalbiga mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish orqali, ulaming faoliyatini
o‘z ta’siriga, ya’ni manfaatlariga yo‘naltirilgan mafkuraviy
muhitni yaratishni ko‘zlagan holda amalga oshirmoqda. Ushbu
jarayonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko'rish, uning qanday amalga
oshishini aniq bilish qiyin va murakkabdir.
Yettinchi modul - 2ta mavzudan iborat bo‘lib,
0 ‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘li eslatib o‘tiladi. Biz
qanday jamiyat barpo etmoqdamiz?
Bizning bosh strategik maqsadimiz - ozod va obod Vatan,
erkin
va faravon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin
demokratik jamiyat barpo etishdir.
Shu bois xalqimiz irodasi bilan tanlab olingan va o‘zimizga
mos rivojlanish bu - ijtimoiy bo‘hronlarsiz, inqilobiy
sakrashlarsiz, tadrijiy tarzda olg‘a
borishni taqozo etadigan
yo‘ldir.
Ijtimoiy sohada: Jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub
o‘zgarishlar amalga oshirilayotgan, bozor munosabatlari
ustuvor bo‘lib borayotgan hozirgi
sharoitda kuchli ijtimoiy
siyosat yuritish taraqqiyotimizning asosiy tamoyillaridan biri
bo‘lib qolaveradi. Bu esa milliy g‘oyaning ijtimoiy sohadagi
tamoyillarini
belgilaydi, ulaming amalga oshishiga xizmat
qiladi.
Sakkizinchi
modul.
Mustaqillik
va
mafkuraviy
muammolar: g‘oyaviy bo‘shliq va zararli g‘oyalaming
jamiyatimizga ta’siri.
G‘oyaviy bo‘shliqni to‘ldirish zarurati, g‘oyaviy bo‘shliq
tushunchasi, uning mohiyati va namoyon bo‘lish xususiyatlari.
166
Mamlakatimizga begona va zararli g‘oyalarning ta’siri va
Uning namoyon bo‘lish xususiyatlari. G‘oyaviy bo‘shliqni
to'ldirish, zararli g‘oya va yot
mafkuralaming jamiyatimizga
ta’sirini bartaraf etish muammolari.
Milliy g‘oya va mafkura har bir kishining jamiyat
hayotidagi faoliyati, yurti, millati, o‘zi va oilasi oldidagi burch
va mas’uliyatini qay darajada his etayotgani va bajarayotganini
belgilaydigan ma’naviy mezon hamdir.
Komil inson g'oyasi - ham milliy,
ham umumbashariy
mohiyatga ega bo‘lgan, odamzotga xos eng yuksak ma’naviy
va jismoniy mukammallikni o‘zida mujassam etgan, uni
hamisha ezgulikka undaydigan olijanob g‘oyadir.