• Ushbu maqsadlarga erishish borasida quyidagi vazifalarni amalga oshirilishi taqozo etiladi
  • Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalash borasida




    Download 5,2 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/79
    Sana21.02.2024
    Hajmi5,2 Mb.
    #159965
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   79
    Bog'liq
    Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M
    8-M (2), 6-sinf Informatika kitobi Cambridge , 12, DALOLATNOMA, www.idum.uz 5 класс физкультура КТП, MO\'M Ma\'ruza 1 MO\'M 2-OTM 3-kurs (1), Chaqiruv qog`ozi-337201100383, ahsbgdlhas, 500 ta lug\'at, tarixiy inversiya, 9b aydans, Iv bap. Tarmaq operacion sistemalar 1 Operacion sistemalard w, Navigation, Комбинаторика
    Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalash borasida 
    respublikamiz pedagogika fanining maqsadlari quyidagilar 
    bilan belgilanadi:
    - barkamol insonni voyaga yetkazish muammolarini 
    majmuaviy tadqiq etish;
    - respublikamizda 
    ta’lim-tarbiya 
    samaradorligini 
    uzluksiz oshirib borish va jahon talablari darajasida taraqqiy 
    etishiga erishish;
    - umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning 
    asoslarini e’tiborga olib, ta’lim-tarbiya mazmunini, milliy 
    mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish;
    - tarbiyashunoslik asoslarini ilg‘or tajribalar asosida 
    boyitib borish va uning yangi shakllarini joriy qilish borasida 
    izlanishlar olib borish;
    - bo‘lajak o‘qituvchi va tarbiyachilami barkamol avlodni 
    shakllantirish uchun talab etiladigan bilim va ko‘nikmalar bilan 
    qurollantirish;
    - uzluksiz 
    ta’lim 
    tizimini 
    yanada 
    rivojlantirish 
    muammolarini hal qilish.
    Ushbu 
    maqsadlarga 
    erishish 
    borasida 
    quyidagi 
    vazifalarni amalga oshirilishi taqozo etiladi:
    - Sharq va G‘arbda xalq yaratgan xalq og‘zaki ijodiyoti, 
    pedagogikasi, 
    mutafakkir, 
    ma’rifatparvar, 
    pedagog 
    va
    187


    olimlaming tarbiyashunoslikka doir ilg‘or g‘oyalarini o‘rganib, 
    tahlil qilib, komil inson tarbiyalash jarayonini o‘rganish;
    - komil inson tarkib toptirishning qonuniyat, qoida va 
    zaruriy sifatlarini aniqlash;
    - pedagogika - tarbiyashunoslikdagi ta’lim-tarbiya 
    nazariyasini hozirgi davr xususiy metodikasi bilan uzviylik 
    muammolarini ishlab chiqish va pedagogik texnologiya 
    qonunlariga amal qilish;
    - ta’lim-tarbiya nazariyasidagi qoida, qonun, tamoyil, 
    metod va usullarini ta’lim muassasalari amaliy faoliyati bilan 
    bog‘lab, bo‘lajak o‘qituvchilarga o‘rgatish.
    Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi ijtimoiy 
    iqtisodiy zaruriyat mahsuli sifatida turli fanlar bilan qadim- 
    qadim zamonlardan bog‘liqligidir.
    Fransuz faylasufi Jak Kondorse «Inson tafakkuri taraqqiyo- 
    tining tarixiy manzarasi chizgilari» nomli asarida: «o‘rta asrlar 
    musulmon olamida to‘plangan ilmiy bilimlar g‘arbda 
    uyg‘onish davrini tayyorlashga xizmat qilmaganida insoniyat 
    besamar yo‘qolib ketar edi», - deb yozadi.
    Pedagogika fani metodologiyasining yaratilishida qomusiy 
    mutafakkir va pedagoglaming o‘mi diqqatga sazovordir. Muso 
    Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Rudakiy, Firdavsiy, 
    Alisher Navoiy, Voiz Koshfiy, chex olimi Yan Amos 
    Komenskiy, 
    shveysariyalik 
    pedagog 
    Iogann 
    Genrix 
    Pestolotstsi, nemis pedagogi Adolf Disterverg, rus pedagogi 
    K.D.Ushinskiy kabilar o‘z ijodiyotlarida pedagogikaning 
    metodologik asosini yaratib, komil inson tarbiyalashdagi 
    qonun-qoidalami asosladilar. Yangicha Sharqona pedagogi­
    kaning metodologiyasi o‘tmish ajdodlarimizning barkamol 
    inson tarbiyasidagi g‘oya va ta’limotlarini o‘rganib, unga 
    suyangan holda milliy g‘oya va mafkurani mustahkamlash va 
    unga amal qilishdir. Pedagogika fanining mazmuni, maqsadi,
    188


    vazifalari, tamoyil, usul va vositalari, umuman, har bir inson 
    uchun zaruf bo‘Igan tarbiyaviy ta’sirlar yangicha asosga ega 
    bo‘lishi kerak.
    Xalq iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy zaruriyatidan kelib 
    chiqib, yosh avlodni tarbiyalash muammolari dastlab xalq 
    og‘zaki 
    ijodiyoti, 
    pedagogikasi. 
    yozma 
    yodgorlik, 
    pandnomalarda, mutafakkir va ma’rifatparvarlaming asarlarida 
    bosh mavzu bo‘lib komil inson uchun zaruriy hodisa sifatida 
    talqin etilgan. Xalq og‘zaki ijodiyotida tarbiya bosh masala 
    sifatida ta’riflangan. Tarbiya va odob, vatanga cheksiz 
    muhabbat, adolat, insof, adolatsizlik, botirlik, qo‘rqoqlik, 
    mehnatsevarlik, ilm, bilimdonlik kabi g‘oyalar tarbiya vositasi 
    hamdir.
    Xalq og‘zaki ijodiyoti va pedagogikasida tarbiya 
    muammosi inson uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy, ijtimoiy, 
    jismoniy, ma’naviy-axloqiy sifatlami qamrab olgan bo‘lib, 
    tarbiya orqali amalga oshirish nazarda tutiladi.
    Tarbiya jarayonning qonun, qoida, tamoyil, metod, 
    usullarini pedagogikaning tarbiya nazariyasi qismi chuqur, 
    atroflicha o‘rganadi.
    Ta’lim o‘quvchilarga bilimni tartibli bayon qilish 
    jarayonidir. 
    Ta’lim-tarbiya 
    uzviy 
    bog‘langan 
    jarayon 
    bo‘lganligi sababli tarbiyalangan komil insonning aqliy 
    kamolotiga tartibli ta’sir ko‘rsatish orqali ilmli, barkamol inson 
    bo‘lib yetadi.
    Ta’lim inson aqliy kamolotini yuzaga chiqaruvchi 
    pedagogika-tarbiyashunoslikning bir qismidir. Pedagogikaning 
    didaktika qismi uni atroflicha o‘rganadi.
    Pedagogika fani komil insonda milliy meros, an’analar, 
    milliy va umuminsoniy qadriyatlarning boy manbalari bo‘lgan 
    ma’naviy-ma’rifiy tushunchalar haqidagi bilimlarni hosil 
    qilishda ko‘p fanlar bilan aloqadorligi alohida ahamiyat kasb
    189


    etadi. Pedagogika fani inson tarbiyasi shug‘ullanganligi sababli 
    unga hamma fanlar ko‘maklashishi tabiiydir.
    Pedagogika adabiyotlarni o‘rganish jarayonida milliy va 
    umuminsoniy qadriyatlami aks ettiruvchi, mutafakkir va 
    ma’rifatparvar pedagogik olimlaming asarlari, Mustaqil 
    0 ‘zbekistonning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviyatiga doir 
    adabiyotlar, 0 ‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimov asarlari
    tadqiqot mavzusiga doir darslik, monografiya, risola va 
    maqolalar, tadqiqot mavzusiga doir pedagogik, psixologik 
    tadqiqotlar, dissertatsiyalar o‘rganiladi.
    Kuzatish adabiyotlarni o‘rganishdan keyin boshlanadi. Ku- 
    zatishda tadqiqotchi biror maqsadni ko‘zda tutib tashkil etadi. 
    Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi tuziladi. Bunda kuzatish 
    tezligi, soni, manzili, vaqti, vaziyatni kuzatish, materiallami 
    qayd qilish muddati belgilanadi. Kuzatish muddatiga ko‘ra ikki 
    turga ajaraladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish. Qisqa 
    kuzatish obyektning kundalik faoliyatidagi o‘zgarishlardan 
    ma’lum xulosaga kelish. Uzoq muddatli kuzatish-qo'yilgan 
    maqsad, reja va dastur asosida olib borilib, ma’lum ilmiy, 
    yakuniy xulosaga kelinadi. Kuzatishning yakunini qayd 
    qilishda kinos’yomka, video yozuvi, televideniya'va boshqa 
    texnik vositalardan foydalanish mumkin. Kuzatish metodidan 
    to‘g‘ri foydalanish o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini 
    oshiradi. Yangi ijodiy faoliyatga boshlaydi.
    Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki hodisalari haqida 
    bilib olish maqsadida ma’lum mas’ul shaxslar bilan og‘zaki 
    savollar berilib, ulardan axborot olish jarayonidir. So‘roqlar 
    mavzu doirasida mantiqan, mazmunli, tartibli, aniq ifodasiga 
    ega bo‘lishi lozim va uni to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga qarab 
    jadval tuzib natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida 
    intervyu olish ham mumkin.
    190


    Pedagogik eksperiment har qanday ilmiy-pedagogik 
    tadqiqotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy 
    gipotezalaming 
    ishonchliligi 
    tekshiriladi, 
    pedagogika 
    tizimlarining ayrim elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va 
    munosabatlar aniqlanadi. Tabiiy eksperiment va laboratoriya 
    eksperimenti 
    pedagogik eksperimentning asosiy 
    turlari 
    hisoblanib, ular ko‘pgina turlarga bo‘linadi. Tabiiy eksperiment 
    sharoitida yangi o‘quv rejalari, dasturlar, darsliklar va 
    hokazolar odatdagi o‘quv rejimini buzmay turib tekshiriladi. 
    Pedagogik eksperiment - bu ham kuzatish, lekin u pedagogik 
    jarayonning 
    o‘tish 
    sharoitlarini 
    muntazam 
    o'zgartirish 
    munosabati bilan maxsus tashkil etilgan bo‘ladi. Pedagogik 
    jarayon aniqroq o‘rganish uchun eksperimentator o‘zi tashkil 
    etgan jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayoniga aralashadi, 
    tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan 
    sharoitlarini yaratadi. 
    Pedagogik eksperiment dastlabki 
    ma’lumotlami, aniq sharoitlami va o‘qitish usullarini yoki 
    tadqiq qilinadigan materiallami aniq belgilashni, shuningdek. 
    eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga olishni talab 
    etadi. Laboratoriya pedagogik eksperiment ilmiy tadqiqotning 
    ancha qat’iy shaklidir. Juda keng pedagogik kontekstdan uning 
    muayyan tomoni ajratib olinadi, natijalami aniq tekshirib 
    borishga va o‘zgaruvchan kattaliklar o‘mini almashtirishga 
    imkon beradigan sun’iy sharoit yaratiladi. Quyidagilar 
    pedagogik 
    eksperimentning 
    bosqichlari 
    hisoblanadi: 
    eksperimentni 
    rejalashtirish, 
    eksperiment 
    o‘tkazish 
    va 
    natijalami sharhlash. Rejalashtirish eksperiment maqgadi va 
    vazifasini belgilash, eksperiment natijasi ta’sir etuvchi omillar 
    va ular darajasining miqdorini aniqlashni, kerakli kuzatishlar 
    soni, eksperiment o‘tkazish tartibi, olingan natijalami 
    tekshirish metodlarini o‘z ichiga oladi. Eksperimentni tashkil 
    etish va o‘tkazish belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan holda
    191


    olib borilishi kerak. Sharhlash bosqichida ma’lumotlar yig‘iladi 
    va qayta ishlanadi. Eksperiment o‘tkazish ishonchlilik 
    tamoyiliga javob berish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish 
    kerak, ya’ni:
    1) Tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining optimal 
    bo‘lishi.
    2) Tadqiqot metodlarini ishonchliligi.
    3) Farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga 
    olish.
    Turli 
    metodlarning 
    o‘zaro 
    qo‘shib 
    olib 
    borilishi 
    pedagogika 
    tadqiqotlaming samaradorligini va sifatmi 
    oshirishga imkon beradi. Bunga matematika metodlarining 
    hamda hisoblash-yechish qurilmalari yordamidagi eksperiment 
    natijalarining pedagogikaga kirib kelishi ham yordamlashadi. 
    Odatda, o‘rtacha arifmetik miqdor, modda, merdiana, 
    dispersiya, tanlab olinadigan to‘plam majmuining o‘rtacha 
    kvadratik chetga chiqishi, o‘rtacha olingan qiymat xatosi, 
    belgilami tuzatish koeffitsiyentlari hisoblab chiqiladi. Ilmiy 
    tadqiqot natijalarini amalda qo‘llanishi. Tugallangan tadqiqotda 
    eng muhim narsa uning natijalarini amalda qo‘llashdir. 
    Mustaqil 0 ‘zbekiston sharoitida yangi ilmiy bilimlar juda tez 
    to‘planib bormoqda. Biroq ulami amaliy ishga joriy etish 
    yo‘lida qiyinchiliklar ham borligi ko‘zga tashlanmoqda.

    Download 5,2 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   79




    Download 5,2 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalash borasida

    Download 5,2 Mb.
    Pdf ko'rish