M hamdamova




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/79
Sana21.02.2024
Hajmi5,2 Mb.
#159965
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   79
Bog'liq
Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M
8-M (2), 6-sinf Informatika kitobi Cambridge , 12, DALOLATNOMA, www.idum.uz 5 класс физкультура КТП, MO\'M Ma\'ruza 1 MO\'M 2-OTM 3-kurs (1), Chaqiruv qog`ozi-337201100383, ahsbgdlhas, 500 ta lug\'at, tarixiy inversiya, 9b aydans, Iv bap. Tarmaq operacion sistemalar 1 Operacion sistemalard w, Navigation, Комбинаторика
birinchidan, 
erkin tafakkur qila oladigan shaxsni 
mustaqillik va demokratiya g‘oyalariga sodiq bo‘lgan ongli 
fuqaroni, o‘z vatanining jonkuyari sifatida ijtimoiy-siyosiy 
hayotga ongli ishtirok etishga, ijtimoiy jarayonlarga faol ta’sir 
ko‘rsatishga, mamlakat taqdiri uchun zimmasiga mas’uliyat ola 
olishga qodir shaxsni kamol toptirish uchun zarur shart- 
sharoitlar yaratish;
ikkinchidan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, tub 
ma’nodagi fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish ishiga 
demokratiya asoslarini joriy etish jarayonlarini jadallashtirish, 
tafakkur va bahslashish madaniyatini rivojlantirish, shaxsning 
ichki dunyosini boyitish, binobarin, yangicha ijtimoiy 
qadriyatlar va munosabatlami shakllantirishdir. Shuningdek, 
yosh avlodga yangicha ong shakllanishi uchun barcha shart- 
sharoit yaratilmog'i kerak.
195


Bolalar va o‘quvchi yoshlarning ongida milliy g‘oyani 
shakllantirish hozirgi pedagoglarning muhim vazifasidir.
Shu bois, haqiqiy pedagog bugun nafaqat bilim doirasi 
keng mutaxassis, balki yuksak madaniyatli, bolalar va 
o‘smirlar bilan hamkorlikda ishlashda ijodkor inson bo‘lishiga 
erishish lozim.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar: o‘zbek xalqi va davlatchiligi 
tarixi; badiiy, falsafiy, pedagogik tafakkuming shakllanishi, 
etnografiya, etnogenez, adabiyotshunoslik, san’atshunoslik va 
boshqa fanlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar saviyasini tubdan 
o‘zgartirish, 
yangi 
pog‘onaga 
ko‘tarish, 
pedagogika 
yo‘nalishining yangi ta’limoti, mazmuni, mohiyatini yaratish, 
yangi ilmiy maktabni barpo etish taqozo etiladi. Tarixiy 
merosni yangi zamonaviy metodologik asosda o‘rganuvchi 
yosh olimlami tayyorlashning prinsipial yangi ilmiy maktabini 
yaratish; bolalar va yoshlar uchun ilmiy ommabop va axborot- 
ma’lumot adabiyotlarni nashr etish bo‘yicha muhim ishlar 
amalga oshirilishi zarur.
Ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish va demokrat- 
lashtirishni ta’minlash:
Ta’lim 
tizimini 
insonparvarlashtirishning 
asosiy 
yo‘nalishlari - yosh avlodning bilim va qobiliyatlarini har 
tomonlama o'stirish, ulami umuminsoniy qadriyatlar ruhida 
tarbiyalash, 
shaxs, jamiyat va borliq munosabatlarini 
uyg‘unlashtirish, o‘quvchi va murabbiy orasidagi masofani 
«Ustoz va shogird» munosabatlari asosida shakllantirish.
Ta’limni insonparvarlashtirish - yosh avlodga boy estetik 
hissiy ot, yuksak ma’naviy at, madaniy va ijodiy tafakkumi 
shakllantirish 
va har tomonlama 
rivojlangan 
shaxsni 
tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan ta’lim- 
tarbiya dasturlarini takomillashtirish nazarda tutiladi. Bunda, 
o‘quvchida mustaqil shaxsni tarbiyalash, unda bilim olish
196


madaniyatini shakllantirish, shaxsiy va ijtimoiy faolligini 
oshirish, mustaqil fikrlash hamda shaxsiy g‘urur, ishonch kabi 
xislatlami hosil qilishga alohida e’tibor berilishi kerak.
Barkamol shaxs kamol topishi ko‘p jihatdan uning kasbiy 
madaniy munosabatlari tarkib topishi bilan bog‘liq. Kasbiy 
madaniy munosabatlaming iqtisodiy, siyosiy, diplomatik va 
boshqa munosabatlardan o'ziga xos bo‘lgan jihati shundaki, bu 
munosabat asosan axloqiy, aqliy, mehnat, kasbiy, nafosat, 
ekologik va boshqa tarbiya turlaridan sintezlanadi.
Barkamol 
shaxs 
kasbiy-madaniy 
munosabatlarining 
shakllanishida samimiylik muhim o‘rin tutadi. Samimiy 
insonlargina o‘z kasbini 
chin dildan seva oladi. Bunday 
insonlar shaxsiy burchini yaxshi anglaydi. 0 ‘z lavozimini 
suiiste’mol 
qilmaydi. 
Kasbini 
sevadi 
va 
ardoqlaydi. 
0 ‘qituvchilik kasbida uchrashi mumkin bo‘lgan har qanday 
qiyinchiliklami yengib o'tishga o‘zini bag‘ishlaydi. Bunday 
kasb egalari fidoiy, imon-e’tiqodli bo‘ladi. 0 ‘z yurtini, ona- 
diyorini dildan yaxshi ko‘radi. Kasbini ardoqlagan, bilimdon 
insonlar, albatta, madaniyatli bo‘ladi.
Kasbiy-madaniy munosabatlar umuminsoniy munosabat- 
larning tarkibiy qismi hisoblanadi va ular izchillikda 
shakllanadi hamda rivojlanadi. Kasbiy-madaniy munosabatlar 
o‘qituvchi faoliyatining asosiy quroli hisoblanadi. Kamolotga 
yetishuv o‘quvchining o‘z-o‘ziga, tengdoshlariga, yoshi 
kattalarga va mahalla ahliga bo‘lgan munosabatlari jarayoni, 
uning yoshi va individual xususiyatlari hamda oila, maktab va 
jamoatchilik hamkorligida olayotgan tarbiyasi va ta’Iimi bilan 
bevosita bog‘liq. 0 ‘quvchi yoshlaming kelajak orzusi biror 
g‘oyaga asoslansagina hayotiy va umrboqiy bo‘lishi mumkin. 
Shuning uchun bosh g'oyamiz - « 0 ‘zbekiston - kelajagi buyuk 
davlat» bo‘lishi orzusi, har bir shaxs manfaatiga, kasbiy- 
madaniy faoliyat mezoniga aylanib bormog‘i lozim. Kasbiy-
197


madaniy munosabatlar zamirida axloqiy poklik, mehnat va 
mehnatkash insonlarga to‘g‘ri munosabat, madaniy saviya va 
kasbiy iftixor turadi. Kasbiy-madaniy yetuk shaxsning 
tuzilmasini: mehnatsevarlik, halollik, samimiylik, milliy 
g‘urur, sodiqlik, kamtarlik, mehribonlik, kasbiy ma’sullik. 
Bilimdonlik, ijodkorlik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik kabi 
xislatlar tashkil etadi.
Milliy g‘oyani shakllantirishdagi muhim yo‘nalishlardan 
biri bolalar va yoshlar uchun o‘quv-metodik, ilmiy ommabop 
va badiiy adabiyotlaming yangi avlodini yaratishdir. Mavjud 
adabiyotlarga har taraflama ilmiy baho berish orqali 
xalqimizning boy ijtimoiy-madaniy, tarixiy an’analari, urf- 
odatlari va umuminsoniy qadriyatlami o‘zida aks ettiradigan 
kitoblar, o‘quv qo‘llanmalar, badiiy adabiyotlarni yaratish 
zarur. Bu ishga ilm-fan, madaniy at va san’at sohasida eng 
ko‘zga ko‘ringan namoyondalami jalb etish zarur.
Milliy tariximiz va umumbashariy taraqqiyot rivojiga 
unutilmas hissa qo‘shgan olimu ulamolarning mafkura va 
uning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida qoldirilgan ilmiy 
merosi, falsafiy qarashlami har tomonlama o‘rganish va targ‘ib 
etish darkor.
Yosh avlodni milliy 
g‘oya, milliy-axloqiy qadriyatlar 
ruhida tarbiyalash, shubhasiz, jismoniy va ruhiy salomatlikni 
mustahkamlash, 
sog‘lom 
turmush 
kechirish 
asoslarini 
shakllantirishni nazarda tutadi. Yosh avlodga hayotiy faollik, 
axloq, insonparvarlikning yuksak g‘oyalarini tarbiyalash -
jismoniy tarbiya va sportning shakllari, uslub va vositalarini 
qo‘llashning ustuvor vazifalari bo‘lishi kerak.
To‘liq ishonch bilan aytish mumkinki, Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturining amalga oshirilishi, jamiyatda yangi ong
yangi tafakkurga ega bo‘lgan, milliy istiqlol g‘oyasi negizida 
shakllangan 
shaxsning 
tarbiyalanishi 
mustaqilligimizni 
mustahkamlashda asosiy poydevor bo‘ladi.
198


Buyuk allomalarimiz barkamol shaxsni tarbiyalashning 
turli omillarini jahon pedagogikasi tarixida birinchi bo‘lib turli 
yo‘llar bilan amalga oshirish uslublarini ko‘rsatib berishgan, 
jumladan, Ibn Sino jismoniy tarbiya va tan sihatligiga erishish 
orqali, al-Forobiy aqliy tarbiya orqali komil insonni tarbiyalash 
mumkinligini asoslagan. Bizning tadqiqot yuzasidan amalga 
oshirayotgan izlanishlarimizni ta’bir joiz bo‘Isa, al-Forobiy 
ta’limotini yanada rivojlantirishga qaratilgan tadbir sifatida 
qabul qilish mumkin.
Muammoning yechimi sifatida olinadigan natijalarning 
ilmiy yangiligini ta’minlash maqsadida pedagogika tarixi va 
nazariyasida shaxs sifatlarini tarbiyalash muammosining tadqiq 
etilganlik darajasi belgilab olindi.
Kadrlar tayyorlash Milliy modeli asosiy tushuncha va 
tamoyillarini talqin qilish, ulami amaliyotga tatbiq qilish 
jarayonlarini ilmiy o‘rganish, o‘zgartirish uslublari majmuasi 
sifatida 
barkamol-ijodkor 
shaxsni 
shakllantiri.shning 
metodologiyasi asoslab berildi, metodologiya tushunchasiga 
xos bo‘lib kelgan nazariylik amaliylik bilan bog‘lanadi.
Tadqiqotimizning metodologik asosi sifatida qabul 
qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda milliy 
g‘oya va mafkura asosida barkamol shaxsni uning ijodkorlik 
sifatlarini rivojlantirish asosida tarbiyalashning pedagogik 
texnologiyasi tushunchalari shakllantirildi.
Erishilgan 
natijalar 
tadqiqotni 
keyingi 
bosqichda 
muvaffaqiyatli davom ettirish uchun muhim asoslami yaratib berdi. •

Download 5,2 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   79




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish