I.A.Karimov. 0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. Т.: 2 0 0 0 ,2 1 5-bet




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/79
Sana21.02.2024
Hajmi5,2 Mb.
#159965
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   79
Bog'liq
Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M
8-M (2), 6-sinf Informatika kitobi Cambridge , 12, DALOLATNOMA, www.idum.uz 5 класс физкультура КТП, MO\'M Ma\'ruza 1 MO\'M 2-OTM 3-kurs (1), Chaqiruv qog`ozi-337201100383, ahsbgdlhas, 500 ta lug\'at, tarixiy inversiya, 9b aydans, Iv bap. Tarmaq operacion sistemalar 1 Operacion sistemalard w, Navigation, Комбинаторика
24 I.A.Karimov. 0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. Т.: 2 0 0 0 ,2 1 5-bet.
200


ham chuqur islohotlar o‘tkazilishini taqozo etmoqda.
Davlat va jamiyatni boshqarishning sobiq sho‘rolar davriga 
xos bo‘lgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimida ta’lim-tarbiya 
sohasi o‘zining insonparvarlik tabiatidan ancha uzoqlashgan
milliy-madaniy qiyofasidan mahrum etilgan, tarixiy ildizlardan 
ajratilgan, 
«yo‘qsillar 
baynalmilalchiligi» 
shiori 
ostida 
sinfiylashtirilgan va mafkuralashtirilgan edi. Ana shunday 
muhitda tarbiya topgan «sovet kishisi» - ma’naviy olami 
qashshoq, mutelik va qaramlikka mahknm, erkin va ijodiy 
fikrlashdan, mustaqil harakat qilish va faoliyatidan mahrum, 
boqimanda, tutqun bir kimsa edi. Shu bilan birga, bunday 
hukmni sovet jamiyatining yuz foiz aholisi uchun birday 
taalluqli edi, demoqchi emasmiz. Har holda, oz bo‘lsa-da, 
kommunistik mafkuraga, hammani bir qolipda va birday 
fikrlashga majburlash siyosatiga chap berib, mustaqil 
fikrlaydigan, milliy urf-odatlar va an’analami, milliy 
qadriyatlami ardoqlaydigan, jamiyatda kechayotgan salbiy 
hodisalar haqida tanqidiy fikrlar ayta oladigan odamlar ham 
bor edi. Ular orasidagi dadil kurashchilar ham chiqib turardi. 
Biroq sovet mafkurasi, kommunistik partiya bundaylarni 
«boshqacha fikrlovchi», «maslagi boshqa» degan ayblar bilan 
qoralab, tezda tanobini tortib, ovozini o‘chirib qo‘yar edi: 
ta’qib ostiga olar, badarg‘a qilar, ishsiz qoldirar... xullas 
ko‘zini ochirmas, o‘z holiga qo‘ymas edi.
Prezidentimiz tomonidan 0 ‘zbekistonga yangi tipdagi 
jamiyatni demokratiyaga asoslangan, adolatli, huquqiy, 
fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadida ishlab chiqilgan 
islohotlaming besh tamoyili mamlakatimizda ma’naviy- 
ma’rifiy ishlarni amalga oshirish tadbirlarini ham o‘z ichiga 
oladi. Mustaqil, erkin va ijodiy fikrlovchi barkamol shaxsni 
tarbiyalash, uning zamon talablariga to‘la javob beradigan 
yuqori malakali mutaxassis kadr va ma’naviy-axloqiy jihatdan
201


uyg‘un rivojlangan komil inson bo‘lib shakllanishi davlatimiz 
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo'lib qolmoqda.
Barkomol avlod shaxsni voyaga yetkazish ma’naviy- 
mafkuraviy jarayonlaming ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini 
ishlab chiqish, unda jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish, 
milliy ma’naviyat va umuminsoniy qadriyatlarini milliy 
g‘oyada uyg‘unlashtiruvchi maxsus idoralar faoliyatiga 
zaruriyatini kuchaytirishga, shuningdek, oliy ta’lim muassa- 
salarining ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi ishlarini 
«Ma’naviyat va ma’rifat» 
jamoatchilik markazlari, uning 
qoshidagi bo‘limlari bilan uzviy aloqalarini tiklagan holda 
ma’rifiy targ‘ibot kengashlarini tuzish tashabbuslarini o‘rtaga 
tashlamoqdamiz.
0 ‘zbekistonda 
yoshlami, 
milliy 
-
mafkuraviy 
tarbiyalashning nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini ishlab 
chiqish va joriy qilish barkamol avlodni voyaga yetkazishning 
omillaridan ekanligini ta’kidlash mumkin. Yoshlami jamiyat 
hayotidagi va milliy taraqqiyotimizdagi o‘mi va mavqeini 
yanada yuksaltirish - mustaqil siyosatimizning uzviy qismidir. 
Shu sababli, I.A.Karimov farzandlarimizmng barkamol ruhiy 
dunyosi uchun, ulaming ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, 
jismoniy sog‘lom bo‘lishi uchun doimiy qayg‘urish, kurashish 
zarurligini ta’kidlab kelmoqdalar.
Shu bilan birgalikda 
1999-yil 
16-fevral voqealari 
ishtirokchilari 
yoshlar ekanligidan va milliy 
istiqboli 
manfaatlaridan kelib chiqqan holda Kadrlar tayyorlash 
bo‘yicha milliy dastumi amalga oshirish yangi avlodni kamol 
toptirishga 
qaratilgan 
zamr tuzatishlar 
darkorligi, 
bu 
yoshlarimizni bizga yov mafkuralar hujumlaridan himoya 
qilish lozimligi ko‘rinib turibdi.
Talaba-yoshlarda insonparvarlik fazilatlari, eng awalo, 
ulaming o‘zidan katta yoshdagilar - ota-ona, yaqinlari,
202


o‘qituvchilar va boshqalar bilan boigan munosabatlari orqali 
shakllaftib, 
so‘ng 
tengqurlari 
bilan 
munosabatlarda 
takomillashadi. Shu ma’noda insonparvarlik shaxs ta’rifi va 
tavsifining bosh mezoni sifatida, uning shaxs ruhiyatida 
vujudga kelish, shakllanish va taraqqiy etish jarayonlari va 
qonuniyatlarini 
o‘rganish 
yoshlami 
ma’naviy-axloqiy 
tarbiyalashda, ulaming har tomonlama uyg‘un taraqqiy 
etishlarini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bu 
o‘rinda uzluksiz ta’limni ham insonparvarlashtirish muhim 
vazifadir. 
Ta’limni 
insonparvarlashtirish 
yo‘nalishlari 
quyidagilami o‘z ichiga oladi:
- avtoritar pedagogikadan hamkorlik pedagogikasiga 
o‘tish, o‘zaro muloqot madaniyatini yuksaltirish, o‘qituvchi va 
talabalaming ruhiy-psixologik moslashuvini takomillashtirish, 
ta’lim 
jarayonida 
yangi 
pedagogik 
texnologiyalardan 
foydalanish;
- ta’lim-tarbiya jarayonlarining qo‘shib olib borilishiga 
e’tibomi kuchaytirish, insonga shaxs sifatida va jamiyatning 
eng yuksak qadriyati sifatida yondashib, uning manfaatlari va 
huquqlarining ustuvorligiga diqqat-e’tibomi qaratish;
- ijtimoiy ishlab chiqarish tizimida inson faoliyatining 
ahamiyatini, o‘tmishdagi va hozirgi zamondagi milliy 
madaniyatning insonparvarlik qiymatini ochib ko‘rsatish;
- bo‘lajak mutaxassislarda gumanitar tafakkuming 
ma’naviy-ruhiy qadriyatlarini shakllantirish, asl ziyolilikni 
qayta tiklash;
- imon-e’tiqodning sustligiga, ma’naviy tubanlikka 
nisbatan befarq qaramaslikni keng yoyish va tarbiyalash;
- ma’naviy at inson dunyoqarashining asosini tashkil 
etishini uqtirish, axloqning kishi ongini shakllanishidagi 
muhim o‘mini e’tiborga olish.
203


- ma’naviyati va axloqi mukammal bo‘lmagati kishi -
yaxshi mutaxassis Va vatanparvar bo‘la olmasligini anglab 
yetishini ta’minlash;
- berilayotgan bilimlaming o‘zi orqali, fanlami o‘qitish 
vositasida tarbiyalashni yo‘lga qo‘yish, bilimlaming tarbiyaviy 
kuchi, ta’siri va ahamiyatini oshirish;
- estetik tarbiya va badiiy ta’limning turli-tuman 
vositalaridan 
foydalanish 
orqali 
ulaming 
sifati 
va 
samaradorligini, salmog‘ini yuksaltirish;
- gumanitar ta’limning uslub va shakllarini, mazmuni va 
mohiyatini tubdan o‘zgartirish;
- siyosiy madaniyatni, jamiyat oldidagi hamda o‘z faoliyati 
uchun mas’uliyatni, javobgarlik hissiyotlarini tarbiyalash;
- huquqiy munosabatlar tizimiga va kasb faoliyatning 
huquqiy me’yorlariga oid bilimlami o‘zlashtirish, huquqiy 
madaniyatni shakllantirish;
- ona tili va chet tillarini mukammal bilish;
- bilimlami mustaqil va muntazam egallab borish ko‘nik- 
malarini hamda mehnat tarbiyasini takomillashtirish;
- yoshlami tarbiyalash yo‘l-yo‘riqlari, usullari, shakllari va 
vositalarini tubdan o‘zgartirish, bu tizimni tegishli nazariy, 
ilmiy va amaliy qo‘llanmalar bilan ta’minlash;
- ta’limni (gumanitarlashtirish) insonparvarlashtirish;
- o‘quv yurtlarida pedagoglaming, professor-o‘qituvchi- 
laming o‘z kasbiga munosabati, layoqati masala-larini jiddiy 
o‘rganib chiqish va tegishli tadbirlami amalga oshirish;
- o‘quv yurtlarida, keyingi yillarda erkak o ‘qituvchi- 
pedagoglar sonining kamayib ketayotganligi, buning natijasida 
intizom va tarbiya ishlari susayganligini e’tiborga olib ish 
tutish;
- o‘qituvchi-pedagoglaming moddiy ta’minoti masalasini 
qayta ko‘rib chiqish va jiddiy ravishda yaxshilash;
204


- o‘quvchi-yoshlaming xulq-atvori va umumta’lim majmui 
tarkibiga kiruvchi bilimlari shakllanadigan asosiy'muhitni -
oila, maktab va boshqa ta’lim-tarbiya muassasalarini, joylami 
bugungi kunda talaba shaxsiga, bilimlari va qobiliyatiga 
qo‘yilayOtgan talablarga muvofiq darajada takomillashtirish; 
nomukammal asoslarga va amaliy tarkiblarga qurilgan har 
qanday mustahkam ustqurmaning ham umri qisqaligi va 
samarasizligini e’tiborga olib, oila, bog‘cha, maktab, o‘rta 
maxsus, kasb-hunar va oliy maktab o‘rtasidagi aloqalami 
mustahkamlash va bular vositasida ta’lim-tarbiyaning uzluksiz 
tizimini vujudga keltirish;
- respublikaning barcha hududlarida - shahar, tuman va 
qishloq 
joylaridagi 
turli 
bosqichdagi 
(boshlang‘ich, 
umumta’lim, o‘rta maxsus va oliy) o‘quv yurtlarida ta’lim- 
tarbiya sifatini yaxshilash, joylardagi xo‘jalik rahbarlarining 
o‘quv yurti jamoasini qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarga 
o‘zboshimcha jalb etishiga, ularga past nazar bilan qarash 
hollariga barham berish;
- o‘quv yurtining obro‘si va nufuzini har jihatdan oshirish, 
yoshlaming zarur bilimlami yetarli darajada egallashlari uchun 
qulay sharoit yaratish;
- o‘quvchilarda kasb-hunarga, ilm-fanga yoshlikdan 
qiziqish, intilish va zo‘r ishtiyoq uyg‘otish, ulaming o‘z 
iqtidori va imkoniyatlariga, qobiliyatiga yarasha kasb 
tanlashlariga o‘z vaqtida yordam berish;
- ta’lim tizimi boshqaruvini iste’dodli yosh mutaxassislar 
hisobiga boyitish, kadrlami tanlash va joylashtirishda test- 
reyting tizimlaridan unumli foydalanishni keng yoiga qo‘yish;
- ma’naviy-axloqiy jihatdan kamol topgan va davr 
talablariga to‘la javob beradigan yuqori malakali mutaxassis 
qiyofasining ilmiy tadqiq etilgan modeli va oliy o‘quv yurtida
205


uni tayyorlashning aniq uslubiyoti, andozasini ishlab chiqish va 
joriy etish;
- oliy o‘quv yurtlariga qabulni test-reyting tizimida 
o‘tkazishni yanada takomillashtirish; abiturientning ma’naviy- 
axloqiy sifatlari va psixofiziologik imkoniyatlarini aniqlovchi 
testlardan ham foydalanish;
- xorijiy sarmoyalar ishtirokida qurilayotgan korxonalarda 
ishlay oladigan mutaxassislarni o'zimizda yoki chet ellarda 
yetarli darajada tayyorlashga erishish; chet eldan ishchi kuchi 
kirib kelishiga zarurat tug‘dirmaslik tadbirlarini ko‘rish.
Talabalarda gumanistik tafakkur shakllanishining asosiy 
bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. 
Boshlang‘ich (tafsiliy-bayoniy) bosqich - talabalami 
bilimlarning, jumladan, gumanitar bilimlaming asosiy negizlari 
bilan tanishtirish, ulaming ijtimoiy ahamiyatini bay on etish, 
bilimlarni toifalashtirish yo‘llarini o‘zlashtirishga erishish, 
asosiy maxsus fanlami o‘rganish jarayonida ong va 
dunyoqarash belgilari hamda yo‘nalishlarining shakllanishini 
ta’minlash.
2. 
Yuqori (mantiqiy-umumlashgan, ilmiy anglangan) 
bosqich - talabalarda bir butun dunyoqarashning shakllanishi, 
o‘zini qurshagan olam (tabiat va jamiyat) ning mohiyati va 
qonuniyatlarini hamda tabiiy-ilmiy, texnik va ijtimoiy 
fanlaming o‘zaro aloqalari va o‘zaro ta’sirini ta’lim jarayonida 
tushunishini o‘z ichiga oladi.
Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimining yuqoridagi har bir qismi, 
unga 
uyushgan 
jamoalaming 
faoliyati 
insonparvarlik 
yo'nalishida borishi uchun, avvalo har bir murabbiy malakali 
mutaxassis va imon-e’tiqodli komil inson bo‘lishi shart. 
Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi insonparvarlik yo‘nalishida 
shakllannishi uchun unda ishlayotgan kadrlar yuqori malakali, 
ma’naviy olami boy, axloqiy pok bo‘lishi uchun davlat
206


tomonidan zdtur tadbirlar belgilanib amalga oshirilmoqda. 
Jumladan, awalo ulaming moddiy turmush sharoitini yax- 
shilash ilmiy-madaniy saviyasi izchil oshib borishi uchun 
g‘amxo‘rlik qilish tadbirlari ko‘rilmoqda. Toki ular yoshlar 
uchun eng yuksak namuna-ideal kishilar bo‘lib qolmog‘i lozim.
Ta’lim-tarbiyaga eski mafkuraviy yondashish qoliplariga 
barham berish, bu tizimning o‘z-o‘zidan samarali ishlashi 
uchun boshqarishning eski ma’muriy-buyruqbozlik usuli va 
an’analaridan ongli ravishda uzil-kesil voz kechish zarur. 
Ta’limni boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usuli bu 
tizimni 
o‘z-o‘zidan 
boshqarilishiga 
yo‘l 
qo‘ymaslikka 
asoslangandir. Bunga ko'ra, biroz yuqoriroq mahkama 
xodimining aytgan gapi, farmoyishi, o‘zidan quyida turgan 
mahkama xodimi uchun qonundek qabul qilishi lozim edi. 
Ya’ni qonunni bajarishdan ko‘ra topshiriqni, farmoyishni 
bekamu ko‘st bajarashiga qarab kadrlar ishiga baho berilgan. 
Bunday munosabatlarda, albatta, volyuntarizm(irodalilik) qaror 
topib, majburiy itoatkorlik ruhi ta’lim tizimining g‘ayriinsoniy 
yo‘nalish olishiga sharoit tug‘diradi. 0 ‘z-o‘zidan boshqarilish 
tizimida esa har bir pog‘ona o‘z funksiyasini anglashi va uni 
qay daraja bajarishiga erishish muhimdir. Yangi tizimda 
ma’muriy-buyruqbozlik o‘mini o‘z funksiyasini a’lo darajada 
bajarishdan moddiy manfaatdorlik va qoniqish hissi egallashi 
lozimdir.
Bozor munosabatlarining qaror topishi uchun har bir 
sohada, jumladan, ta’Hm-tarbiya tizimida ham o‘zaro sog‘lom 
raqobat 
bo‘lishi 
insonparvarlikni 
ro‘yobga 
chiqarish 
omillaridan biridir. Buning uchun bog‘cha bolasining ijodiy 
faoliyatidan tortib maktab, Iitsey, kollej o‘quvchilari, OTM 
talabalarining bilimini baholashning reyting tizimiga uzil-kesil 
o‘tish va uning o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash darkor. 
Bilimni baholashning to‘rt ball (a’lo, yaxshi, qoniqarli, yomon)
207


tizimi o‘zini oqlamadi, o‘quvchi va talabalar erkini bo‘g‘ib, 
ulaming ijodiy fikr yuritishlariga monelik qildi. Baholashning 
reyting tizimida o‘quvchi-talabalar faolligini oshirish, ulaming 
ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va insonparvarlikni 
amalda ro‘yobga chiqarish vositasi sifatida qarash shunday 
baholovchi markazga ehtiyoj tug‘diradi. Baholashning reyting 
tizimi talablarini bilmaslik, uning tamoyillariga izchil amal 
qilmaslik joylarda o‘zboshimchalikni yuzaga keltirib qo‘yishi 
mumkin. Shuning uchun bog‘cha bolalari, o‘quvchilar va 
talabalar bilimini baholashning reyting tizimiga uzil-kesil 
o‘tish va Respublika markazini tashkil etish zamriyati pay do 
bo‘lmoqda. Ayni chog‘da bog‘cha tarbiyachilari, maktab 
o‘qituvchilarining bog‘cha va maktabdan tashqari ishlari, OTM 
professor-o‘qituvchilarining auditoriyadan tashqari ishlami 
ham reyting tizimi bo‘yicha baholash va rag‘batlantirishga 
o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Bilimlaming va faoliyatni baholashning hozirgi mavjud 
tizimi ulaming ishiga baho berish va munosabat belgilashda 
subyektizmga va volyuntarizmga yo‘l ochadi. Tarbiyachi va 
o‘qituvchining 
o‘z 
vazifasiga 
nechog‘lik 
munosabatda 
bo‘layotganini aniqlaydigan mezon yo‘q. Shuning uchun 
ko‘pgina joylarda о‘qituvchining har kuni 8 soat ish joyida 
bo‘lishi ulaming ishini baholash mezoni bo‘lib qolayaptiki, bu 
ilmiy-pedagogik ishlar rivoji va takomili uchun katta bir 
g‘ovdir. Chunki o‘qituvchilik, tarbiyachilik ijodiy ish ekani bu 
uslubga ko‘ra hisobga olinmaydi. Ta’lim va tarbiya bilan 
shug‘ullanuvchilarning darsdan va auditoriyadan tashqari 
ishlarini baholashning reyting tizimiga o‘tilsa, ular o‘rtasida 
sog‘lom raqobat, musobaqadoshlik muhiti yuzaga keladi. 
Ta’lim-tarbiyada sog‘lom raqobatni yuzaga keltirish uchvin 
xususiy bog‘chalar sonini ko‘paytirish, xususiy maktab va 
oliygohlar tizimini yaratashni jiddiy o‘ylab ko‘rish maqsadga
208


muvofiqdir. Talim-tarbiyaning qaror topgan mavjud an’anaviy, 
ijobiy jihatlami saqlab qolgan holda Sharq pedagogikasi va 
ta’lim metodikasini o‘rganish va uning eng yaxshi jihatlarini 
hayotga tatbiq etish choralarini ko‘rish muhimdir. Chunki 
Sharq pedagogikasi va metodikasi inson ma’naviy olamini 
munavvar etishga, unda jamiyat oldidagi mas’uliyatni chuqur 
his etgan holda fe’l-atvor va faoliyat mazmunini belgilashga 
asoslangan. 
0 ‘qituvchi-o‘quvchi 
munosabatlarida 
ustoz- 
shogirdlik munosabatlarini qaror toptirishda tasavvuf falsafasi 
va amaliyotidan ijodiy foydalanish ham zarur.
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, ko‘pgina o‘quv rejalari, 
dasturlari va ularga asoslanib yozilgan qo‘llanmalar, darsliklar, 
o‘quv-uslubiy ishlanmalarda Yevropaparvarlik ruhi sezilarlidir. 
Bunday ruhiyat, eng avvalo, bilimlami, malakalami ma’naviy- 
axloqiy mazmundan holi, qilib taqdim etishda ko‘rinadi va har 
qalay bilimlami har kimga beraverishni qoida darajasiga 
ko‘taradi. Bilim va malakaning tarbiyaviy ahamiyatini deyarli 
yo‘qqa chiqaradi. Yangi yozilayotgan o‘quv dasturlari, 
qo‘llanmalari va darsliklarida ham bu kabi kamchiliklar 
uchraydi. 
Binobarin, 
ta’lim-tarbiyani 
milliy 
zaminda 
rivojlantirish ana shu qusumi tezroq bartaraf etishga yordam 
beradi.
Shuningdek, 
ijtimoiy-gumanitar 
fanlami, 
ulaming 
mazmuni va vazifalaridagi o‘zaro yaqinlikka muvofiq ravishda 
birlashtirib, yiriklashtirish insonshunoslikdir. Masalaga bunday 
yondashuv ijtimoiy-gumanitar fanlaming son jihatdan tobora 
ko‘payib borishiga va buning oqibatida yuzaga kelgan o‘rinsiz 
takrorlanishlarga barham berish bilan birga, ta’lim-tarbiya 
jarayonlaming sifat jihatdan ham yaxshilanishiga ijtimoiy- 
gumanitar fanlaming o‘zaro umumlashtiruvchi nazariy- 
metodologik tamoyillari, ulaming boshqa fanlar xususan aniq 
va tabiiy fanlar bilan chegaradosh va chatishgan jihatlari
209


to‘g‘risida ko‘proq 
yangi 
ma’lumotlar 
ustida 
ishlash 
imkoniyatlari tug‘ilgah bo‘lar edi va bunga keng yo‘l ochilardi.
Uzluksiz 
ta’lim-tarbiya 
tizimining 
insonparvarlik 
yo‘nalishda 
shakllanishida 
ijtimoiy-gumanitar 
fanlarning 
alohida o‘mi va roli bor. Shuning uchun barcha ta’lim 
muassasalarida ulami o‘qitadigan kadrlar har jihatdan o‘z 
sohasining bilimdoni va mohir pedagog, 
shuningdek, 
hamkorlik pedagogikasini, ta’limning yangicha, zamonaviy 
texnologiyalarini mukammal egallagan bo‘lishga erishish 
kerak.
Ta’lim-tarbiya jarayonini 
insonparvarlashtirishda 
bu 
sohadagi xalqaro aloqalar, ilg‘or jahon tajribalarini, xorijiy 
gumanitar ta’lim yutuqlarini, ilg‘or texnologiya va madaniyatni 
keng qo‘llash, oliy ta’lim xodimlarining xalqaro madaniy- 
ma’rifiy va ilmiy aloqalarini kengaytirish, YUNESKO va 
boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va 
mustahkamlashni taqozo etadi.
Ta’limni 
insonparvarlashtirishda 
ta’lim 
va 
tarbiya 
yo‘nalishi inson ma’naviy olamini go‘zallashtirish va ruhini 
poklashning muhim vositalaridan biri sifatida qaralishi va 
munosabat belgilanishi lozim. U tashkiliy, uslubiy, huquqiy- 
me’yoriy, pedagogik, psixologik tadbirlami o‘z ichiga qamrab 
oladi. Bunday tadbirlar majmui tabiiy-ilmiy va texnik bilimlar 
doirasiga kirib borishini ta’minlashga, tafakkurning sohaviy 
texnokratik tarzi bilan cheklanmasdan, bo‘lajak kasb egalari, 
mutaxassislaming keng miqyosli (falsafiy) tafakkur tarzi ham 
qaror toptirilishida asosiy e’tibor qaratiladi.
Xulosa qilib aytganda, har bir gumanitar ijtimoiy-iqtisodiy 
fan fidoiylari o‘z oldilariga quyidagi maqsad va vazifalarni 
qo‘yish!ari kerak bo‘ladi:
210



Download 5,2 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   79




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 I.A.Karimov. 0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. Т.: 2 0 0 0 ,2 1 5-bet

Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish