Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/79
Sana21.02.2024
Hajmi5,2 Mb.
#159965
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   79
Bog'liq
Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M
8-M (2), 6-sinf Informatika kitobi Cambridge , 12, DALOLATNOMA, www.idum.uz 5 класс физкультура КТП, MO\'M Ma\'ruza 1 MO\'M 2-OTM 3-kurs (1), Chaqiruv qog`ozi-337201100383, ahsbgdlhas, 500 ta lug\'at, tarixiy inversiya, 9b aydans, Iv bap. Tarmaq operacion sistemalar 1 Operacion sistemalard w, Navigation, Комбинаторика
Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi.
1. Insonning ma’naviy o‘sishi sodir bo‘ladi, muhitda 
stixiyali ta’siri bera olmaydigan sifatlar shakllanadi. Masalan, 
bola o‘z ona tilini atroffri o‘rab turgan muhitning ta’sirida 
o‘rganib olishi mumkin. Lekin o‘qish va yozishni maxsus 
ta’lim yo‘li bilangina o‘rganadi. Ma’lum bilim, ko‘nikma va 
malakalar faqat tarbiya jarayonida egallanadi.
2. Tarbiya yordamida hatto kishining ba’zi tug‘ma kamchi- 
liklarini ham ijobiy tomonga o‘zgartirish mumkin. Chunonchi
192


ba’zi bir bolalar ayrim kamchiliklar bilan tug‘iladi (kar, ko‘r, 
soqov va hokazo). Lekin maxSus tashkil etilgan tarbiya 
yordamida ulaming aqli to‘la taraqqiy qiladi, tug‘ma 
kamchiligi bo‘lmagan kishilar bilan barobar faoliyatda bo‘lishi 
mumkin.
3. 
Tarbiya inson faoliyatining istiqbol maqsadini 
belgilaydi. Shu bois, u shaxs kamolotini ta’minlashda yetakchi 
rol o‘ynaydi.
Tarbiyaning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bola shaxsining 
o‘ziga xos xususiyatlari, u istiqomat qilayotgan muhitning 
ta’sirini hisobga olishga bog‘liqdir. Shuni yodda tutish kerakki, 
bola majbur bo‘lgan mikro muhit mazmunini uning 
rivojlanishiga ta’sir etuvchi kishilar va ular bilan o‘rnatilgan 
aloqa mohiyatini belgilaydi. Bola oila a’zolari, tarbiyachi, 
o‘qituvchi, o‘rtoqlari, oilaga yaqin kishilar bilan munosabatda 
bo‘ladi. Ushbu aloqalar bolaning rivojlanishida g‘oyat muhim 
rol o‘ynaydi. Bolaga ulaming ta’siri orqali muomalada bo‘ladi. 
Ana shu muomala asosida bola ajdodlar tajribasini o‘z- 
lashtiradi, o‘zi uchun andoza tanlaydi.
Bola shaxsining rivojlanishi uchun faol kundalik faoliyat 
zarur. 
Faoliyat yordamidagina bola atrof-muhit bilan 
munosabatni tashkil etadi, shu orqali uning bilish qobiliyati 
rivojlanadi, xarakter sifatlari takomillashib, kamol topadi.
Insonning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, ijtimoiy 
muhit va ta’lim-tarbiyaga bog‘lab o‘rganish, talqin qilish ham 
haqiqatga unchalik to‘g‘ri kelmaydi. 
Chunki ijtimoiy 
taraqqiyotda shaxsning o‘zi ham faol ishtirok etadi. Aytish 
mumkinki, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya - shaxsning o‘zi faol 
ishtirok etgandagina uning tug‘ma layoqatini uyg‘otadi, 
iste’dod, qobiliyatlarini o‘stira oladi. Agar kishi o‘z ishini 
sevsa, uning shu sohadagi iste’dodi tezroq va kuchliroq 
ro‘yobga chiqa boshlaydi.
193


Yetuk siymolar hayotini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, 
ulaming ijodiy faoliyatlaridagi asosiy narsa uzluksiz izlana 
bilish, oylab, yillab o ‘z oldilariga qo‘yilgan maqsad uchun 
intilish, 
kurashish, 
unga 
yetish 
yo‘llarini 
izlashdan 
charchamaslik maqsadga erishish yo‘lidagi muhim omildir. 
Shuning uchun har bir o‘qituvchi o‘zining pedagogik faoliyati 
davrida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga ulaming 
o‘z oldiga maqsad qo‘yish va uni ro‘yobga chiqarish, tinmay 
izlanish va mehnat qila olish qobiliyatlarini, kuchli iroda va 
qat’iy xaraktemi tarbiyalab borishlari lozim.
Tabiiyki, o‘quvchilaming o‘z maqsadlariga erishishlari 
uchun maktabda olgan bilim, ko'nikma va malakalari kamlik 
qiladi. Ular yuksak maqsad yo‘lida o‘z ustilarida tinmay 
izlanishlari, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok 
etishlari lozim.
Shaxsning shakllanishida unga berilayotgan ta’lim- 
tarbiyaning mazmuni, metodlari va vositalari bolaning yosh 
xususiyatlariga muvofiq bo‘lishi muhim sanaladi. 0 ‘qituvchi 
o‘quvchilaming 
ruhiy 
xususiyatlari 
bilan 
birga 
yosh 
xususiyatlarini ham bilishi, ma’lum yoshdagi o‘quvchilarning 
diqqat, xotira, tafakkur layoqatlarini inobatga olish asosida 
faoliyat tashkil etish lozim. Shaxsning aqliy va jismoniy 
kamolotida doimo ilgariga qarab rivojlanish ro‘y beradi. 
Bolaning jismoniy va ruhiy kamoloti qaror topib borar ekan, 
bir qancha bosqichlami bosib o‘tadi.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» 
o‘zining ilmiy 
asoslanganligi, noyobligi va ertangi kunga -
XXI asrga 
mo‘ljallanganligi bilan hayotimizda o‘z о‘mini topdi, dunyo 
hamjamiyati tomonidan tan olinib 
o‘rganilmoqda, targ‘ib 
etilmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining g‘oyasi, maqsadi, 
fikrlar qamrovi teranligi bilan katta ijtimoiy ahamiyatga egadir.
194


Mazkur dastur, uni ro‘yobga chiqarish omillari jamiyatda 
zamonaviy ta’limning yuksak qadriyatlarini anglab yetish 
hissini yuzaga keltiradi. Bu qadriyatlar barkamol shaxsni 
shakllantirishga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga o‘z 
ijobiy ta’sirini o‘tkazmoqda va bu jarayon takomillashib 
boraveradi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi « 0 ‘zbekiston - kelajagi 
buyuk davlat» g‘oyasiga asoslanadi va unga xizmat qiladi. 
Mustaqil shaxsni shakllantirish jarayoni uzoq va murakkab 
bo‘lib, bir tomondan, barcha davlat tuzilmalari hamda ijtimoiy 
tashkilotlarning va ayniqsa, ta’lim tizimi mazmunining 
takomillashtirilishini, ikkinchi tomondan esa bevosita ushbu 
masalani amalga oshirishni ta’minlovchi yagona tarbiya 
tizimini barpo etish lozimligini taqozo etadi.
Fikrimizcha, bu jarayonda kadrlar tayyorlashning yaqin 
istiqboldagi vazifalari quyidagilardan iborat:

Download 5,2 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   79




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi

Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish