B o ‘ri Ziyomuham m adov. Ilm hikmati. «Tibbiyot» nashriyoti, Т




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/79
Sana21.02.2024
Hajmi5,2 Mb.
#159965
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   79
Bog'liq
Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M
8-M (2), 6-sinf Informatika kitobi Cambridge , 12, DALOLATNOMA, www.idum.uz 5 класс физкультура КТП, MO\'M Ma\'ruza 1 MO\'M 2-OTM 3-kurs (1), Chaqiruv qog`ozi-337201100383, ahsbgdlhas, 500 ta lug\'at, tarixiy inversiya, 9b aydans, Iv bap. Tarmaq operacion sistemalar 1 Operacion sistemalard w, Navigation, Комбинаторика
23 B o ‘ri Ziyomuham m adov. Ilm hikmati. «Tibbiyot» nashriyoti, Т.: 
1999.
184


mamlakatlar ham ana shunday ijobiy xislatlami o‘z xalqida 
shakllantirishga harakat qiladi. Ana shu ma’noda tarbiyaning 
umumiy maqsadi dunyo pedagogik jarayonida yagona 
maqsadga - umuminsoniy xislatlami shakllantirishga qaratiladi. 
Falsafa fani, uning turlicha qarama-qarshiliklari, turli oqimlari, 
nazariyalari bilan birga yagona bo‘lganidek, pedagogika ham 
umumiy maqsadi bo‘yicha dunyoviy pedagogik jarayonda 
yagona, bir jinsli deb qaraladi. Gap ana shu maqsadlarga 
qanday vositalar bilan qanday ketma-ketlikda va qaysi 
ma’noda erishishga bog‘liq. Bir mamlakat ta’lim va 
tarbiyaning bir shaklini tanlasa, ikkinchisi o‘zgacharoq, 
uchinchisi yana bir boshqacha yo‘l tutadi. Shu jumladan, 
xalqning, elatning o‘z udumi, odati, turmush tarzi bor. Mana 
shu kabi o‘ziga xoslik ta’lim va tarbiyaning o‘ziga xos shakl
vosita va uslublarini, xalqning umumiy madaniyatini 
belgilaydi.
Yuqorida belgilangan xislatlaming ba’zilari, masalan, 
oqibatlilik, 
bolajonlik, 
andishalilik, 
imonlilik 
kabilar 
o‘zbeklarga ko‘proq xos xislat. Lekin bu xislatlar faqat 
o‘zbeklarda bor, deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. Shuning uchun 
yuqoridagi mingdan ortiq xislatlami alohida maxsus ajratib 
ko‘rish (ayrim mutaxassislar 5-6 xislatni olishadi) yoki faqat 
20 ga yaqinini, yoki faqat milliy pedagogika deb qarash 
(« 0 ‘zbek milliy maktabi», «Movarounnahr pedagogikasi» kabi 
yondashuvlar) dunyo pedagogik jarayonidan chetga surilib, 
chiqib ketishga olib keladi.
Insonni har tomonlama barkamol shaxs sifatida tarbiyalash 
insoniyatning azaliy va doimiy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz 
ma’rifat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish 
ulami 
komillikka 
yetaklash 
yo‘llari, 
qonun-qoidalarini 
izlaganlar. Insonning ma’rifatli va ma’naviy komillikka 
erishishi borasidagi ko‘plab avlodlar to‘plagan bilim va
185


tajribalari tarbiya haqidagi fan - pedagogikaning shaklla- 
nishiga olib kelgan.
Insonlami ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabat- 
larining o‘zgarib borishi natijasida pedagogika fani o‘z 
mavqeiga ega bo‘ldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi — fan 
sifatida pedagogika dunyo fanlari tizimi qatorida alohida o‘rin 
egalladi.
Pedagogikaning bosh masalasi tarbiyadir. Tarbiyadagi 
keng ma’no ta’lim, rivojlanish, ma’lumot bilan bog‘Iangan 
holda barkamol insonni voyaga yetkazishdir.
Pedagogikaning barkamol shaxsni tarbiyalovchi fan 
sifatida shakllanib, boyib borishida Sharq va G‘arb qomusiy 
olimining o‘mi kattadir. Faylasuf Forobiy o‘zining «Fozil 
shahar kishilarining qarashlari» asarida tarbiya orqali insonga 
beriladigan fazilatlami sharhlab beradi. Ibn Sinoning «Tadbir 
al’monzil», Umar Hayyomning ruboiylarida, Yusuf Xos 
Hojibning «Qutadg‘u bilig», Kaykovusning «Qobusnoma»si, 
Alisher 
Navoiyning 
«Mahbubul-qulub» 
asarida 
inson 
ko‘ngilini turli bilimlar xazinasi qildi va bu tilsim ichida tangri 
o‘zini yashirdi. Insonning ajoyib jismi bir maxfiy sir xazinasi 
o‘laroq o‘zida ana shu ganj tilsimini saqlaydi, ya’ni tangri 
Ailohning butun olamni yaratishdan ko‘zlagan maqsadi Inson 
bo‘lib, u hamma mavjudot ichida tengi yo‘qdir», - deb yozgan 
edilar.
G’arbda esa Suqrot, Arastu, Aflotun o‘z ijodiyotlarida, 
ayniqsa, Aflotunning «Davlat», Arastuning «Siyosat» asarida, 
Yan Amos Komenskiy, I.G.Pestalotstsi, K.D.Ushinskiylar o‘z 
ijodiy-pedagogik faoliyatlarida pedagogikaning bosh masalasi 
shaxs tarbiyasi muammosiga turlicha munosabat bildirib, 
pedagogika tarbiya haqidagi fan ekanligini asoslab berdilar.
Ma’rifat darg‘asi Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud 
axloq» asarida pedagogika faniga quyidagicha ta’rif bergan edi:
186


«Tarbiya», «Pedagogika» - ya’ni bola tarbiyasining fani 
demakdir. Ilmi axloqning asosi tarbiya... Bolaning salomati, 
saodati uchun yaxshi tarbiya qilmoq tanini pok tutmak
yoshligidanoq vaqtidan maslakini tuzatmoq, yaxshi xulqlarni 
o‘rgatmoq, yomon xulqlardan saqlab o‘stirmoqdir».
Pedagogika 
komil 
insonni 
tarbiyalashda 
hayotiy 
tajribalarga suyangan holda yuksak ma’naviy, milliy mafkurani 
shakllantiruvchi, qonun-qoida, tamoyil va metod usullarini 
o‘rganuvchi hodisalar doirasidagi fandir.

Download 5,2 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   79




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



B o ‘ri Ziyomuham m adov. Ilm hikmati. «Tibbiyot» nashriyoti, Т

Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish