• «Ta’lim texnologiyasi»
  • Ta’lim metodikasi
  • Insonparvarlik
  • M hamdamova




    Download 5,2 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/79
    Sana21.02.2024
    Hajmi5,2 Mb.
    #159965
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79
    Bog'liq
    Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

    Ta’lim texnologiyasi - ta’lim jarayonini loyihalashtirish, 
    amalga oshirish, baholash, tuzatish va keyinchalik qayta 
    tiklash, shuningdek, bu jarayonni texnikaviy jihozlashning 
    tizimli usuli. Ta’lim texnologiyasi 
    ilmiy pedagogik 
    bilimlaming 
    zamonaviy darajasini aks ettirishi ta’lim va 
    tarbiyaning samarali usullaridan foydalanishi, shuningdek, 
    o‘qitishning mumkin bo‘lgan texnik vositalami qo‘llashi lozim; 
    ta’lim va tarbiya bo‘yicha qo‘yilgan maqsadga to‘liq erishishni 
    kafolatlashi kerak; barcha ta’lim texnologiyalari shaxs shakl- 
    lanish jarayonlari 
    sifatini nazorat qilishning obyektiv 
    metodikasi bilan ta’minlangan bo'lishi shart.
    «Ta’lim texnologiyasi» tushunchasi «Ta’lim metodikasi» 
    tushunchasiga nisbatan kengdir. «Ta’lim metodi» - o‘quv 
    jarayonining kompleks vazifalarini yechishga yo‘naltirilgan 
    o‘qituvchi va o‘quvchilaming birgalikda faoliyat ko‘rsatish 
    usuli. «Ta’lim metodikasi» esa muayyan o‘quv predmetini 
    o‘qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimini 
    ifodalaydi.
    Insonparvar pedagogika - tarbiyaning 
    zamonaviy 
    nazariyasi va amaliyotdagi yo‘nalish. XX asming 60-yillarida 
    AQSHda insonparvar psixologiya g‘oyasining pedagogik 
    tatbiqi sifatida yuzaga kelgan. Insonparvar pedagogikaning 
    e’tibori markazida shaxsning noyob bir butunligi turadi. U o‘z 
    imkoniyatlarini maksimal darajada yuzaga chiqarishga intiladi, 
    u yangi tajribani qabul qilish uchun ochiq, murakkab hayotiy 
    vaziyatlarda idroklangan va mas’uliyatli tanlovlarga qodir. 
    Shunday sifatlarga ega insonning kamol topishida tarbiyachiga
    138


    an’anaviy pedagogikadagidek bilim va ijtimoiy me’yorlami 
    rasmiy ravishda singdirishdan farqli o‘laroq tarbiya bosh 
    vazifa, deb hisoblanadi.
    Pedagogik bilimlar asosida milliy g‘oya va mafkurani 
    talabalar ongida shakllantirishni amalga oshirish uchun aniq 
    maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning 
    birligi 
    negizida tashkil etib, talabalar ma’naviyatini yuksaltirishga 
    qaratish lozim. Bu borada samaradorlikka erishish yo‘lida 
    tashkil etilgan dastlabki harakat bu oliy ta’lim muassasalarida 
    talabalarga pedagogik bilimlami berish, ularda milliy g‘oya 
    xususidagi tushunchalarni hosil qilish, ma’naviy axloqiy 
    e’tiqodni shakllantirish, vayronkor g‘oyalar ta’siridan saq- 
    lanish, g‘oyaviy insonparvarlik hosil qilish maqsadida olib 
    borilayotgan tadbirlar mazmunini tahlil etish, talabalaming 
    ma’naviy-axloqiy sifatlari darajasini o‘rganishdan iborat. Bu 
    o‘rinda 
    shuni 
    ta’kidlab 
    o‘tish 
    kerakki, 
    ta’Limni 
    insonparvarlashtirishning 
    o‘zi 
    milliy 
    g‘oya 
    xususidagi 
    bilimlardan xabardor bo‘lib borishni ta’minlaydi.
    Xulosa qilib aytganda, ta’limni miliy g‘oya asosida 
    insonparvarlashtirish texnologiyasini yaratish uchun ijtimoiy- 
    gumanitar fanlari bo‘yicha tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar 
    jarayonini kuzatib, mazkur jarayonda talabalarni milliy g‘oya 
    xususidagi bilimlardan xabardor etishga yo‘naltirilgan faoliyat 
    mazmunini o‘rgandik. Kuzatish davrida shunday holatning 
    guvohi bo‘ldik. Kuzatuvchi-o‘qituvchi sifatida tanlangan 
    pedagogika fanlari o‘qituvchilari tomonidan tashkil etiladigan 
    mashg‘ulotlar 
    jarayonida 
    talabalaming 
    insonparvarlik 
    dunyoqarashini boyitib borish, shuningdek, ularda kasbiy 
    malakani hosil qilish kabi holatlarni qaror toptirish ishiga 
    alohida e’tibor berilsa-da? milliy g‘oya va mafkura, uning 
    vazifalari masalalarining doimiy ravishda, maqsadga muvofiq 
    yoritib borilishiga nisbatan nazariy yoki amaliy yondashuv
    139


    ko‘zga 
    tashlanmaydi. 
    Shuning 
    uchun 
    oliy 
    ta’lim 
    muassasalaridagi ijtimoiy-gunlanitar fanlarining professor- 
    o‘qituvchilari yosh avlod ta’limi va tarbiyasini muvaffaqiyatli 
    tashkil eta olish layoqatiga ega bo‘lishi, bu borada yetarli 
    malaka oshirishi kerak. Malakali pedagog kadrlami qayta 
    tayyorlashda quyidagi vazifalami muhokama qilib, uni 
    amaliyotda qo‘llash texnologiyalarini ishlab chiqish lozim:
    - ta’lim jarayonida talabalar ongiga ma’naviy omillami 
    singdirib borish; ta’limni insonparvarlashtirish, ya’ni tarbiyaviy 
    omillar bilan yo‘g‘irish; ta’limning bosh maqsadi milliy g‘oya 
    va mafkura asosida belgilanishini doimo nazarda tutish;
    - ulkan mas’uliyat yuklayotganligini chuqur his etish, 
    bo‘lg‘usi o‘qituvchilar va mutaxassislarni jiddiy g‘oyaviy 
    tayyorgarlikka ega bo'Iishlari 
    uchun muayyan 
    shart- 
    sharoitlami yaratish.
    Pedagogik bilimlar hamda milliy g‘oya va mafkura 
    o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik mavjudmi? - degan savolga 
    amaliyotdagi ijtimoiy-gumanitar fanlari o‘qituvchilarining 
    70 foizi pedagogik bilimlar va milliy g‘oya va 
    mafkura 
    o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik mavjudligini e’tirof etganlari holda 
    pedagogik bilimlar, milliy g‘oya va mafkura asosida milliy 
    hamda 
    umuminsoniy 
    qadriyatlar 
    ustuvorligi, 
    vorislik, 
    demokratik va insonparvarlik tuyg‘ulari kabi tamoyillaming 
    yetakchilik qilishini e’tiborga olmaydilar.
    Ijtimoiy-gumanitar fanlari o‘qituvchilarining 40 foizi esa 
    milliy g‘oya mafkura omillari pedagogik bilimlar bilan emas, 
    balki falsafiy bilimlar bilan o‘zaro aloqador ekanligini qayd 
    etib o‘tmoqdalar. Zero, milliy g‘oya va mafkura insoniyat 
    tomonidan yaratilgan falsafiy fikr, qarash, nazariya va 
    ta’limotlar mazmunida o‘z in’ikosiga ega bo‘lgan g‘oyalar 
    majmuidan iborat ekanligiga alohida e’tibor qaratadilar.
    140


    Bizning nazarimizda, pedagog kadrlar milliy g‘oya va 
    mafkura asoslari ijtimoiy jamiyat rivoji va taraqqiyotini 
    kafolatlovchi 
    manbalar 
    majmuidan 
    iborat 
    ekanligini, 
    mutaxassislik xususiyatlaridan qat’i nazar har bir o‘quv fanini 
    o‘qitish, shuningdek, tarbiyaviy jarayonlarda maqsadga 
    muvofiq, o‘rinli foydalanish davr taqozosi va da’vati ekanligini 
    yoddan chiqarmasligi lozim. Zero, mufkuraviy jarayonlaming 
    globallashuvi, turli agressiv, ekstremistik gurah yoki oqimlar 
    tomonidan yoshlami o‘z ta’siri doirasiga kirib ketishining 
    oldini olishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Harakatlaming tobora 
    keskinlashuvi 
    sharoitida 
    milliy 
    g‘oya 
    va 
    mafkura, 
    insonparvarlik xususiyatlarini yoshlar orasida targ‘ib etish ishi 
    uzluksiz ravishda tashkil etilishi lozim.
    Professor-o‘qituvchilar o‘z ish faoliyatini yuqorida 
    ta’kidlangan texnologik jarayonga bo‘ysundirishlari uchun: 
    ta’limni insonparvarlashtirish - milliy g‘oya va mafkurani 
    singdirish, ta’lim tizimini tartibga solish, bir tizimga keltirish, 
    ilgaridan loyihalashtirilgan ta’lim texnologiyasini bosqichma- 
    bosqich amaliyotga joriy etib borishi zarur, deb hisoblaymiz.
    Ma’lumki, pedagogik jarayon, ta’lim-tarbiyaning boshqa 
    jihatlari bilan birga o‘qituvchi-pedagogik hamda ta’lim oluvchi 
    talabalar o‘rtasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat bo‘lib, didaktik 
    xususiyatlari jihatidan ham nazariy hamda amaliyot ko‘ri- 
    nishida namoyon bo‘ladi. Nazariy pedagogik g‘oyalar, turli 
    darajadagi qonuniyatlar o‘quv tarbiya jarayonining mohiyati 
    nazariy tahlil etish va ilmiy pedagogik tadqiqot jarayonida 
    tajriba-sinov o‘tkazish orqali ochiladi. Muayyan tadqiqot 
    muammosi 
    doirasida 
    tashkil 
    etilayotgan 
    tajriba-sinov 
    ishlarining metodikasi puxta ishlab chiqilmaganligi, ushbu 
    muammoning ishonchli yechimga ega bo‘lishini, bu boradagi 
    nazariy 
    g‘oyalaming 
    ilmiy jihatdagi 
    asoslanmaganligi, 
    shuningdek, ulaming ijobiy yechimini ta’minlamaganligidan 
    dalolat beradi.
    141


    Uzluksiz ta’lim tizimida milliy g‘oyani o‘qitish jarayonida 
    talabalar ma’naviyatini yuksaltirish muammosini tadqiq etish 
    doirasida tajriba-sinov ishlarini olib borishda yuqorida qayd 
    etilgan fikrlarga tayangan holda tajriba-sinov ishlarini olib 
    borish yuzasidan maxsus ishchi dasturini ishlab chiqish kerak 
    bo‘ladi.
    Xulosa qilib aytganda, o‘quvchi-talaba yoshlami milliy 
    g‘oya 
    asosida 
    ma’naviy 
    yuksaltirishda 
    oliy 
    ta’lim 
    muassasalarida 
    o‘qitiladigan 
    ijtimoiy-gumanitar 
    hamda 
    pedagogik turkum fanlari alohida ahamiyatga ega. 
    Vatan 
    ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta’minlash ishiga 
    munosib hissa qo‘shishga yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etish 
    borasidagi ko‘nikma va malakalami hosil qilish pedagogika 
    fanining 
    dolzarb muammolaridan biri 
    sanaladi. 
    Zero, 
    pedagogika turkumiga kiradigan fanlaming asosiy vazifasi har 
    tomonlama 
    rivojlangan, 
    yetuk, 
    barkamol 
    shaxsni 
    tarbiyalashdan iboratdir. Pedagogik bilimlar va milliy g‘oya 
    asosida talabalar ma’naviyatini yuksaltirish ishi obyektiv shart- 
    sharoitlar hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik 
    faoliyatning dialektik birligi negizida tashkil etiladi. Mana shu 
    negizga yo‘naltirilgan faoliyatni 
    tashkil etish, bu borada 
    samaradorlikka erishish yo‘lida tashkil etilgan dastlabki 
    harakat - bu 
    pedagogik oliy o‘quv yurtlarida talabalarga 
    pedagogik bilimlami berish, ularda milliy g‘oya xususiyat- 
    laridagi tushunchalami hosil qilish, ma’naviy axloqiy e’tiqodni 
    shakllantirish, 
    vayronkor g‘oyalar 
    ta’siridan 
    saqlanish, 
    g‘oyaviy insonparvarlikni hosil qilish maqsadida olib 
    borilayotgan tadbirlar mazmunini tahlil etish, talabalaming 
    ma’naviy-axloqiy sifatlari darajasini o‘rganishdan iborat 
    bo‘ladi. Muammolami o‘rganish uchun quyidagi tajriba-sinov 
    ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda:
    142


    a) talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida anketa 
    savollari tarqatiladi va yig‘ ishtirilib tasnif qilinadi;
    b) bog‘cha-maktab, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida 
    o‘tkazilib kelinayotgan ochiq tarbiyaviy soatlar va tarbiyaviy 
    tadbirlar o‘rganilib, talilil etiladi;
    d) talabalar ishtirokida davra suhbatlari uyushtiriladi.
    Oliy ta’lim muassasalaridagi pedagogika, ma’naviyat 
    asoslari, milliy g‘oya fanlari bo‘yicha tashkil etilayotgan 
    mashg‘ulotlar 
    jarayonini 
    kuzatish, 
    mazkur 
    jarayonda 
    talabalami milliy g‘oya xususidagi bilimlardan xabardor 
    etishga yo‘naltirilgan faoliyat mazmuni o‘rganiladi.
    Oliy ta’lim muassasalaridagi kasbiy ta’lim fakultetlarida 
    yosh avlod ta’limi va tarbiyasini muvafFaqiyatli tashkil eta 
    olish layoqatiga ega, malakali pedagog kadrlami tarbiyalash 
    vazifasining mazkur oliy o‘quv yurtlarida faoliyat olib 
    borayotgan pedagog xodimlar o‘z zimmalariga ulkan 
    mas’uliyat yuklayotganligini chuqur his etganlari holda 
    bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni jiddiy g‘oyaviy tayyorgarlikka ega 
    bo‘lishlari uchun muayyan shart-sharoitlami yaratish chora- 
    tadbirlarini ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi. Talabalar ma’navi­
    yatini 
    yuksaltirish t muammosining 
    ijobiy 
    yechimini 
    ta’minlashga nisbatan atroflicha yondashuvning mavjud 
    emasligi, mutaxassislik fanlarining o‘qituvchilari fanlararo 
    aloqadorlik va bog‘liqlik xususiyatidan samarali foydalana 
    olish, shuningdek, pedagogik bilimlar va milliy g‘oya va 
    mafkura o‘rtasida o‘zaro uyg‘unlikni ta’minlash borasidagi 
    tajribaga ega emasliklari hech kimga sir emas. Chunki bu tabiiy 
    hoi, har bir pedagog o‘zining o‘qitayotgan predmetining maq- 
    sadidan kelib chiqib, vazifalarini belgilab dars beradi.
    Bizning kuzatishlarimizda, kasbiy ta’lim fakultetlarida 
    faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglarimiz milliy g‘oya va 
    mafkura asoslari ijtimoiy jamiyat rivoji va taraqqiyotini
    143


    kafolatlovchi 
    g‘oyalar 
    majmuidan 
    iboratligini 
    yaxshi 
    tushunishadi. Ammo mutaxaSsislik xususiyatlaridan qat’i nazar 
    har bir o‘quv fanini o‘qitish, shuningdek, tarbiyaviy 
    jarayonlarda maqsadga muvofiq, o‘rinli foydalanish davr 
    taqozosi va da’vati ekanligini yoddan chiqarmasligi lozim 
    bo‘ladi. Zero, mufkuraviy jarayonlaming globallashuvi, 
    ekstremistik guruh yoki oqimlar tomonidan yoshlami o‘z ta’siri 
    doirasiga 
    olishga 
    yo‘naltirilgan 
    harakatlaming 
    tobora 
    keskinlashuvi sharoitida milliy g‘oya va mafkurani yoshlar 
    orasida targ‘ib etish ishi uzluksiz ravishda tashkil etilishi 
    lozim.
    Ijtimoiy-gumanitar 
    fanlami 
    o‘qitish 
    jarayonida 
    pedagoglarimiz milliy g‘oya va mafkuraning targ‘ibotini olib 
    borish ishiga alohida e’tibor qaratishlari lozim.
    0 ‘tkazilgan tadqiqotlar, mavzu bo‘yicha e’lon qilingan 
    ma’ruzalar va muhokamalar jarayonida bildirilgan fikrlar 
    asosida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
    - 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 
    2006-yil 25-avgustdagi «Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy- 
    ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi Qarorini 
    o‘rganish, ta’lim-tarbiya jarayonida keng joriy etish;
    - ijtimoiy-gumanitar fanlarini o‘qitishda ma’naviy-axloqiy 
    tarbiyaga urg‘u berib o‘tishni nazarda tutish;
    - eng awalo, talaba-yoshlarga insonparvarlik tuyg‘ularini 
    singdirish, 
    insoniy 
    qadr-qimmatni 
    qadrlashni o‘rgatish, 
    shuningdek, milliy g‘oyani singdirib borish texnologiyasini 
    ishlab chiqish va keng ommaga yetkazish;
    - tarbiyaviy tadbirlami muntazam o‘tkazish, talabalami 
    bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish, yangi zamonaviy axborot 
    texnologiyalaridan, o‘quv adabiyotlaridan foydalanib, bilimini 
    boyitib borishini nazorat qilish.
    144


    Uzluksiz 
    ta’lim-tarbiya 
    tizimini 
    vujudga 
    keltirish 
    jarayonida insonparvarlik ruhini singdirib borish natijasida 
    yangicha dunyoqarash, dimyoni yangicha his etish asosida 
    tafakkuming doiraviy tarzi shakllanishi uchun bu tizimning har 
    bir qismi va vazifalari aniq bo‘lishi kerak. Mana shu har bir 
    qismni uzluksiz ta’lim bo‘yicha quyidagicha sanab o‘tamiz:
    1. Oila ta’limi va tarbiyasi.
    2. Bog‘cha ta’limi va tarbiyasi.
    3. Boshlang‘ich ta’limda beriladigan ta’lim-tarbiya.
    4. Umumo‘rta ta’lim maktablaridagi ta’lim-tarbiya.
    5. 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalaridagi 
    ta’lim-tarbiya.
    6. Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya.
    7. Aspirantura va doktorantura ilmiy tadqiqotlami 
    insonparvarlik yo‘nalishida uyushtirish.
    8. Kadrlami malakasini oshirishda, malakani uzluksiz va 
    izchil oshirib borishga xizmat qiladigan ilmiy-uslubiy 
    muassasalaming keng tarmoqlarini vujudga keltirish va undagi 
    mashg‘ulotlar ham insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilishiga 
    e’tibomi qaratish.
    Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimidagi mana shu qismlaming 
    har birini milliy zaminda va insonparvarlik asosida qayta ko‘rib 
    chiqilishi va takomillashtirilishi lozim. Bugun tug‘ilib voyaga 
    yetgan bola muayyan vaqtdan keyin biror bir kasbda ishlaydi. 
    0 ‘qituvchi, muhandis, agronom, shifokor, harbiy xizmatchi va 
    boshqa bir ommaviy kasb egasi bo‘ladi. Davlat tuzulmalarida 
    faoliyat ko‘rsatadi. Ana shunda bu tizim insonparvarlik ruhi 
    bilan sug‘orilgan bo‘lsa, bo‘lajak avlod ongi, his-tuyg‘usi shu 
    ruhdan oziq oladi va bunday odamlarda ma’naviyat eng yuksak 
    cho‘qqiga chiqadi. Insonparvarlik -  shunda oddiy .dunyoqa- 
    rashlikdan chiqib, amaliy harakat tusini oladi.
    145


    Ta’lim 
    texnologiyalari 
    hayot 
    texnologiyasi 
    bilan 
    uyg‘unlashganda milliy g‘oya asosida ta’limni insonparvar- 
    lashtirish amalda o‘z natijalarini beradi.
    Pedagogika qachon va qayerda pay do bo‘lgan ta’lim 
    hamda tarbiya nazariyasi va ta’limni insonparvarlashtirish, 
    gumanitarizatsiyalash amaliyoti bizga qayerdan kelgan?
    Bizga, Movaronunnahrga ta’lim nazariy asi qayerdan 
    kelgan? 
    Yevropadanmi? 
    Rossiyadanmi? 
    Ko‘p 
    sonli 
    tadqiqotlarga, tarixiy manbalarga asoslanib shuni aytish 
    mumkinki, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli va uslublarining 
    asosiy jihatlari Sharqda ishlab chiqilib, Yevropa orqali 
    o‘zgarib, rivojlanib, buzilib, yana yurtimizga qaytib kelgandir.
    Bunday fikmi tasdiqlash uchun bir necha dalillami 
    keltirishning o‘zi kifoya. Dunyo tarixiy-pedagogik jarayonida 
    umuminsoniylik va milliy masalalami tahlil qilish hozirgi 
    kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Bu borada Sharqning 
    ulug‘ mutafakkirlarining g‘oyalari ahamiyatga molikdir. 
    Xususan, al-Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, al-Xorazmiy va 
    boshqa allomalaming g‘oyalari jahon ijtimoiy-pedagogik 
    jarayoniga ko‘p jihatdan ta’sir etib, ma’lum darajada uyg‘onish 
    davrining asosiy shart-sharoitlarini yaratib bergan.
    XIX 
    asrda Rossiya Turkistonni o‘z mustamlakasiga 
    aylantirganidan boshlab va ayniqsa, oktabr to‘ntarishidan key in 
    bizning maktablarimizda o‘ziga xoslik yo‘qoldi. Rus-tuzim 
    maktablari ko‘klarga ko‘tarilib, uning namoyondalari o‘zbek 
    xalqining iftixoriga aylantirildi.
    Sharq mutafakkirlaridan Jaloliddin Davoniy «Axloq - bu 
    irodaning mahsuli», degan edi. Shunday iboralami Beruniy, Ibn 
    Sinoda ham uchratish mumkin. Bu iboraning tagida juda katta 
    ma’no yotadi. Bu va shunga o‘xshash xislatlar tushunchasi 
    umuminsoniy qadriyatlar bilan milliy o‘ziga xoslik o‘rtasidagi 
    muvozanatni belgilaydigan mezonlardan hisoblanadi.
    146


    Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirish keng 
    dunyoqarashli va ma’tifatli, aql-idroki mukammal, ma’naviy- 
    axloqiy jihatdan barkamol, ruhan tetik, o‘z mamlakati va uning 
    jahon hamjamiyatida tutgan o‘mi va rolida o‘zining fuqarolik 
    mas’uliyatini to‘g‘ri va to‘la anglab yetgan komil shaxsni 
    tarbiyalash maqsadlariga bo‘ysundirishdan iboratdir. Ta’limni 
    insonparvarlashtirishning markaziy masalasi yoshlarda yuksak 
    axloq va fuqarolik sifatlarini shakllantirish, insonning or- 
    nomusi, sha’ni va mas’uliyati kabi tuyg‘ulami, vatanpar- 
    varlikni, ma’naviy-ruhiy fazilatlami tarbiyalashdan iboratdir. 
    Gumanizatsiyalash ta’limning ana’anaviy eski usuli bo‘lgan va 
    shaxsning ma’naviy-ruhiy hamda fuqafo sifatida tako- 
    millashuvini emas, balki uning tor ixtisoslik vazifalari va 
    lavozim burchlarini shunchaki bajarishga mo‘ljallangan 
    mutaxassis sifatida shakllanishini asosiy maqsad qilib qo‘ygan 
    andoza va qoliplardan ham voz kechishni nazarda tutadi. 
    Ta’limning o‘quv va madaniy-tarbiyaviy vazifalari, shu 
    jumladan, 
    ijtimoiy-gumanitar 
    fanlami 
    o‘qitish 
    davlat 
    ahamiyatiga ega bo‘lgan ushbu muhim masalani hal qilishga 
    qaratilishi lozim.
    Mutaxassislaming 
    kasbiy, 
    ixtisoslik 
    tayyorgarligi 
    millatning ma’naviy merosidan oziq oladigan, ulaming yuksak 
    ma’naviy-axloqiy imkoniyatlari, keng dunyoqarashi va yuksak 
    aql-idroki bilan o‘zaro muvofiq kelishi zarur.
    Sharqda 
    ham, 
    G‘arbda 
    ham 
    ulug‘ 
    mutafakkir, 
    hurfikrlilikning buyuk dahosi sifatida tan olingan alloma Umar 
    Hayyom aytgan edilarki, inson dunyoning tilagi, samari, aql 
    ko‘zining gavharidir. Demak, inson, uning kamoloti, erkinligi 
    butun ta’lim-tarbiya tizimining markazida turmog‘i lozim. 
    Inson inson uchun oliy qadriyat, oliy maqsad bo‘lib qolishi, 
    buning uchun esa yoshlaming ularga ta’lim-tarbiya berayotgan 
    barcha kishilaming, hazratNavoiy aytganlaridek, o‘zi, so‘zu va 
    dili pok bo‘lmog‘i lozim.
    147


    Hozirgi davrda bir obyektiv muammo mavjud. U ham 
    bo‘Isa, bir tomondan' o‘rta umumiy ta’lim davlat standartlari 
    ishlab chiqilib, tasdiqlandi va ta’lim-tarbiya jarayoniga 
    bosqichma-bosqich joriy etilayapti. Ikkinchi tomondan, 
    birmuncha murakkablashtirilgan, yuqori saviyaga, jahon 
    talablariga mos fanlar standartlarini amalga oshirishga hamma 
    o‘qituvchilarimiz ham tayyormi? Mana shu jarayonga oqilona 
    yechim topish xalq ta’limi xodimlari oldida turgan eng muhim 
    masala hisoblanadi.
    «Islom Karimov modeli» 
    nomini olgan «Kadrlar 
    tayyorlash milliy modeli» tomonidan kadrlar tayyorlashga 
    ' qo‘yilayotgan 
    talablar 
    bilan 
    ta’lim 
    turlari 
    orasidagi 
    integratsiyalashuv jarayonlarini ilmiy ta’minlanmaganligi 
    orasida nomutanosiblik mavjud.
    Bizningcha, kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga 
    oshirishning ikkinchi bosqichida mazkur muammoni amalga 
    oshiradigan eng muhim yo‘nalishlar sifatida quyidagilarni 
    keltirish mumkin:

    Download 5,2 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79




    Download 5,2 Mb.
    Pdf ko'rish