• 3. Islom dini va islomiy qadriyatlarning tiklanishi.
  • 2. So‘fizm va uning ma’naviy jihatlari




    Download 5,2 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/79
    Sana21.02.2024
    Hajmi5,2 Mb.
    #159965
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   79
    Bog'liq
    Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

    130


    2. So‘fizm va uning ma’naviy jihatlari. So‘fizm so‘zi 
    arabcha «So‘fiy» so‘zidan olingan. So‘f deb arablar jundan 
    bo‘lgan matoni aytganlar. Dastlabki davrlarda so‘fiylik yo‘lini 
    tutgan insonlar, boshqa oddiy kishilardan ajralib turishi uchun 
    jundan tikilgan chakmon yoki po‘stin kiyib olishgan. So‘fiy 
    uchun na dunyodan, na oxiratdan ta’ma bo‘lmasligi kerak. 
    Yagona istak - bu Allohning diydoriga yetishishdan iborat. 
    Faqirlik tuyg‘usiga ega inson na birovga xoja, u yolg‘iz allohga 
    ehtiyoj sezadi. So‘fiylik ta’limotining ma’nosi hamma 
    narsadan voz kechish, oxir oqibatda o‘zlikdan kechishdir.
    Tasavvuf - so‘fiylik insonni o‘rganar ekan, avvalo, 
    kishining ko‘ngliga, 
    diliga tayanadi. Ko‘ngilni, qalbni 
    tarbiyalashga ko‘ngil kishisini voyaga yetkazishga intiladi. 
    Tasawufda insondagi jamiki xudbinliklar, illatlar, razolat 
    dunyosiga hirs ehtiyoj i, nafs ta’masidan kelib chiqadi, deb 
    o‘rgatiladi. Dxmyoga, boylikka mehr qo‘yish kishini nafsiga 
    qul qilib qo‘yadi. Darvesh so‘fiy nafsni rad etadi. Nafs barcha 
    insonni tubanlashtiruvchi narsa bo‘lib, insonni falokat 
    botqog‘iga olib keluvchi narsadir. Buning uchun molu dunyo 
    muhabbatidan voz kechish, alloh muhabbatiga ko‘ngil qo‘yish 
    kerak. So‘fiylikda buni dunyo mohiyatini va o‘zligini, 
    insoniylikni anglash yo‘li deb qaralgan. Nafsga taslim 
    bo‘lmagan kishining g‘ururi va insoniy qadr-qimmatini hech 
    kim poymol qila olmaydi.
    3. Islom dini va islomiy qadriyatlarning tiklanishi. 
    Turg‘unlik davrida odamlaming uylaridagi Qur’oni Karim, 
    Hadislar, turli diniy adabiyotlar, arab yozuvidagi yozma 
    yodgorlik manbalari terib olinib, yoqib yuborilgan edi. Bu 
    davmi nodonlik yillari desa ham bo‘ladi. Mustaqillik davriga 
    kelib, mana islomiy qadriyatlarimiz tiklandi. Bu savobli ezgu 
    ishlarga Prezidentimiz boshu qosh bo‘lgani ham barchaga 
    ma’lum. Prezidentimiz 1991-yildan hozirgi kunga qadar har bir
    131


    chiqishida, o‘z nutqida ma’naviyat va ma’rifatga oid nutq, 
    ma’ruza va asarlarida Islomning ma’naviy axloqiy, ma’rifiy 
    tarbiyadagi yuksak roli, о‘mi, ahamiyatini, muntazam uqdirib 
    kelmoqda.
    Har 
    bir 
    fuqaro 
    shuni 
    anglab 
    yetishi 
    kerakki, 
    0 ‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida o‘ziga xos va 
    mos yo‘li bo‘lgani kabi madaniy-ma’naviy rivojlanishida o‘z 
    yo‘li bor. Bu o‘ziga xoslikni dinga, diniy qadriyatlarga 
    munosabatimizda, ulardan ma’naviy tarbiyada foydalanishi- 
    mizda ham ko‘rishimiz mumkin. Bu taraqqiyot yo‘li 
    Prezidentimizning barcha asarlarida ham bayon qilib berilgan. 
    Uning mohiyati 
    mo‘tadil 
    dindorlik, 
    islom ma’rifatini 
    rivojlantirish, ichki olamni poklab, allohni dilda saqlab, aqlu 
    tafakkur, ilmu-urfon bilan kamolot sari borish, o‘z marosimiy 
    qadriyatlarimiz va dunyo ilmini egallab, zamon bilan 
    hamqadam olg‘a borish.
    Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, mustaqillik bergan 
    hidoyat yo‘lini turli yot unsurlardan asrash, ularga berilmaslik, 
    ulaming kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim bo‘ladi. 
    Taraqqiyot yakdillik, fidoiylik va umummilliy g‘oyalari- 
    mizning moddiy kuchga aylanishidir.
    132


    IV. MILLIY G ‘OYA ASOSIDA UZLUKSIZ TA’LIMNI 
    INSONPARVARLASHTIRISHNING AH AMI Y ATI
    4.1. Uzluksiz ta’limni milliy g‘oya asosida 
    insonparvarlashtirish texnologiyasi
    Milliy g‘oya, milliy mafkurani aniq tasawur etmasdan 
    turib Prezidentimizning quyidagi da’vatlarini anglab yetish 
    qiyin. «...bugungi kunda g‘oyani, fikrni taqiq bilan, ma’muriy 
    choralar- bilan yengib bo‘lmaydi. G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, 
    fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan 
    bahsga kirishish, olishish mumkin»17.
    G‘oya - obyektiv borliqni, voqelikni kishi ongida aks 
    ettiruvchi, ayni zamonda kishining obyektiv borliqqa, 
    voqelikka 
    mvmosabatini 
    ifodalovchi, 
    kishilaming 
    dunyoqarashlari asosini tashkil etuvchi tushuncha, tasawur; 
    mafkura esa 
    dunyoqarash sistemasi va uning asosiy 
    prinsiplaridir.

    Download 5,2 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   79




    Download 5,2 Mb.
    Pdf ko'rish