Moniylik va mazdakizm ta’limotidagi ma’naviyat va




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/79
Sana21.02.2024
Hajmi5,2 Mb.
#159965
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79
Bog'liq
Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

3. 
Moniylik va mazdakizm ta’limotidagi ma’naviyat va 
insoniy fazilatlar. Moniylik ta’limoti zardushtiylikning 
yaxshilik va yomonlik ta’limotiga asoslangan bo‘lib, keng xalq 
ommasining manfaatiga mos kelar edi. Moniylik ta’limotida
126


dunyo-yorug'lik va qorong‘ilikning abadiy kurash maydonidan 
iborat, mana shu kurash maydonida insonfiing asosiy vazifasi 
yovuzlikni 
yo‘q 
qilish 
uchun 
yaxshilik 
ezgulikka 
ko‘maklashishdan iborat degan ma’naviy axloqiy ta’limot 
ilgari suriladi. Moniy ta’limotiga ko‘ra, inson sof musaf- 
folikka, o‘z gunohlaridan forig‘ bo‘lishga, faqat tarki dunyo 
qilib hayot kechirish bilan erishishi mumkin deb qaraladi. 
Moniylik axloqi insonlardan kam ovqat yeyishni, imkoni 
boricha ro‘za tutishni, o‘z turmushi, hayoti uchun kerakligidan 
ortiqcha mol-mulkka, boylikka yo‘l qo‘ymaslikka, dabdabasiz 
hayot kechirishni targ‘ib etadi. Chunki inson hayoti davomida 
orttirgan boyliklarini o‘zi bilan olib keta olmaydi, ulaming 
barchasi undan keyin vo egam deb qolib ketadi. Moniy aytadi: 
«Men o‘z umrimda ko‘p hokimliklami ko‘rdim, ular dunyoda 
axloqsizlik qilib, manmanlikka berilib yurdilar, ammo oxirida 
g‘am-alamlarga, 
tubanlikka duchor bo‘ldilar». 
Demak, 
Moniyning bu so‘zlaridan biz ham ibrat olishimiz foydadan 
xoli emas.
Eramizning YI asr boshlarilarida Eronda «mazdakizm» 
deb atalgan boshqa diniy-falsafiy ta’limot yuzaga kelib, u 0 ‘rta 
Osiyoga ham keng tarqalgan. Mazdakizmning Moniylik 
ta’limoti bilan ko‘p o‘xshash tomonlari bor. U Moniylik 
ta’limotini to‘ldirib, uning zohidlik, noumidlik g‘oyalarini 
dunyoga umid bilan qarash g‘oyalariga almashtiradi. Mazdak 
Eronning 
Nishopur 
shahrida 
tug‘ilgan. 

dehqonlar 
qo‘zg‘aloniga 
yo‘lboshchilik 
qilgani 
uchun 
529-yilda 
Anushurvon tomonidan qatl etilgan. Mazdak feodal mol- 
mulkini umumiylashtirishni, feodal hukmronligini yo‘qotishni 
talab etadi. Mazdakizimda ham moniylik kabi dunyoni 
tushunish negizida bir-biriga qarama-qarshi ikki kuch: 
yaxshilik va yomonlik 
ustidan, yorug‘lik zulmat ustidan 
g‘alaba qiladi, deb ishonch bildiriladi. Mazdakning aytishicha:
127


yomonlik va zulmat kuchlari hukmronlik qilar ekan, kishilar 
ularga nisbatan befarq bo‘lishlari kerak emas, balki yaxshilik 
kuchlariga yordam berishlari kerak. Mazdakning fikricha, 
insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy tengsizlik - ziqnalik, o‘g‘rilik, 
yomonlik, makkorlik, shavqatsizlik, urushlar, turli-tuman 
falokat va baxtsizliklar kabi illatlami keltirib chiqaradi.
Zardushtiylik ta’limoti kabi, mazdakizm ma’naviy-axloqiy 
ta’limotida ham hayvonlarga nisbatan shavqatsizlik qilish, 
ulami kaltaklab urish man etiladi. Xulosa qilib aytganda, 
Moniylik va mazdakizm Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviy 
yuksalishida, ayniqsa, ulaming adolatsizlik, zulm, zo‘rlik, 
shafqatsizlikka qarshi kurashiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan.

Download 5,2 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79




Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  Moniylik va mazdakizm ta’limotidagi ma’naviyat va

Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish