kiritish lozim bo‘ladi. U ham bo‘lsa «Milliy taraqqiyot» va
«Milliy tiklanish»
tushunchalarining mohiyati, mazmun va
mezoni masalalaridir.
Milliy taraqqiyot bu - evolutsion xarakterga ega bo‘lib, u
pastdan yuqoriga tomon
ko‘tarilishdan iborat bo‘lgan
jarayondir. U millatning shakllanishi takomillashuvi va
yuksalishi kabi uzluksiz jarayon sifatida namoyon bo‘ladi.
Milliy tiklanish esa rmllat taraqqiyoti tarixining ma’lum bir
bosqichida
boy
berilgan
salohiyatni
qaytadan
millat
taraqqiyotiga yo‘naltirish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayondir.
Milliy tiklanish millat hayotida sodir etiladigan, zo‘ravonlik
yo‘li bilan, uning avlod-ajdodlari
tomonidan yaratilgan meros,
urf-odatlar, an’analar qadriyatlardan mahrum etilgan, tarixiy
xotirasi toptalgan, milliy o‘zligini anglashi cheklangan,
manfaatlari,
maqsadlari, huquqlari poymol etilgan, tarixiy
taraqqiyotning ma’lum bosqichiga kelib esa o‘z mustaqilligini
qo‘lga kiritish natijasida milliy rivojlanish borasida ana shu
boy berilgan
imkoniyatlardan foydalanish, yaratilgan barcha
moddiy va ma’naviy boyliklami milliy rivojlanishga qaratilgan
umummilliy faoliyat hisoblanadi.
Prezidentimiz
asarlaridagi
milliy-ma’naviy
tiklanish
g‘oyasining mazmunini ham zo‘ravonlik yillarida merosimizni
o‘zlashtirish, urf-odatlarimizni, an’analarimizni rivojlantirish,
qadriyatlarimizni mustahkamlash borasida boy berilgan
imkoniyatlami
bugungi
taraqqiyotimizga
yo‘naltirish,
o‘zimizning
milliy zaminlarimiz, imkoniyatlarini yuzaga
chiqarish, ulami umummilliy dunyoqarashning ajralmas
qismiga aylantirish borasida har birimizning tinmay fidoiylik
ko‘rsatishimiz zarurligi ko‘rsatib berilgan.
Haqiqatan ham millat qachonki,
milliy zaminlarga
tayansagina, ko'zlagan taraqqiyotiga erishish mumkin. Har
qanday millat hech qachon o‘zgaIamiixg ma’naviy yordami
122
bilan millat darajasiga ko‘tarila olmaydi va ma’naviy
rivojlanishga erisha olmaydi.
Milliy ma’naviy tiklanishning asl mohiyati ham inson-
parvarlikka kelib taqaladi. Chunki mustaqillik sharoitida milliy
g'oya va milliy mafkurani shakllantirish hamda uni xalqimiz
dunyoqarashiga aylanishiga erishish uchun ham ta’lim-tarbiya
jarayonida insoniy qadr-qimmatning yuqori darajada ekanligini
tushunib olishimiz darkor.