• Madaniy meros
  • Mafkura
  • M hamdamova




    Download 5,2 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/79
    Sana21.02.2024
    Hajmi5,2 Mb.
    #159965
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79
    Bog'liq
    Ma\'naviyat asoslari. Hamdamova M

    milliy qadriyat deyiladi. Ma’naviy merosni 
    izohlashdan oldin, umuman sivilizatsiya, meros, xususan, 
    madaniy meros, ma’naviy meros tushunchalarining nisbati, 
    xususiyatlari, farqlarini bilib olishimiz lozim bo‘ladi. Chunki 
    ma’naviy meros, umuman, meros va madaniy merosning 
    tarkibiy qismi sanaladi.
    Meros - insoniyatning har bir tarixiy bosqichda 
    yashayotgan avlodlari tomonidan yaratilgan va kelgusida yetib 
    kelgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklari majmuidir.
    Madaniy merosda insonning 
    kelgusi taraqqiyotiga, 
    ma’naviy yuksalishiga xizmat qiladigan, unga ijobiy ta’sir 
    qiladigan qadriyat ahamiyatiga ega bo‘lgan tomonlar hisobga 
    olinadi.
    104


    Madaniy meros deb, o‘tmish avloddan keyingi avlodga 
    vorislik qoldirilgan, zamonda beqarorlik sinovidan o‘tgan, 
    saralangan, insoniyatning hozirgi va kelgusi taraqqiyotiga 
    xizmat qiladigan moddiy va ma’naviy madaniyat majmuiga 
    aytishimiz mumkin. Meros - insoniyatning har bir tarixiy 
    bosqichda yashagan avlodlari tomonidan yaratilgan va keyingi 
    avlodiga yetib kelgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklari 
    majmuidir. Madaniy meros ham meros doirasiga kiradi, ammo 
    undan biroz farq qiladi. 0 ‘tmishdagi barcha madaniyat 
    yodgorliklari sifatida saqlanib qolishi mumkin, lekin ulaming 
    hammasi ham madaniy qadriyatga ega bo‘lavermaydi. 
    Madaniy merosda kishilikning kelgusi taraqqiyotiga, madaniy 
    yuksalishiga xizmat qiladigan, unga ijobiy ta’sir qiladigan 
    qadriyat ahamiyatiga ega bo‘lgan tomonlar hisobga olinadi.
    Mafkura ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida alohida 
    ahamiyatga ega. Mafkura -  dunyoqarash sistemasi va uning 
    asosiy prinsiplari. Milliy mafkura - millatning etno ijtimoiy 
    birlik sifatida mavjud bo‘lishi va rivojlanishini, erkin va ozod 
    taraqqiyotini g'oyaviy asoslash, ta’minlashga qaratilgan 
    qarashlar tizimidir.
    Mafkura insonni 
    halol va pokiza bo‘lishga, ilm-fan 
    asoslarini egallashga, beva-bechoralami qo‘llab-quwatlashga, 
    tabiatni 
    e ’zozlashga 
    da’vat 
    etadigan 
    diniy, 
    axloqiy 
    qadriyatlarga alohida e’tibor berishga da’vat etadi. Bu borada, 
    ayniqsa, buyuk bobokalonlarimiz Imom Buxoriy, Bahouddin 
    Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Imom at Termiziyning 
    insonni ma’naviy yetuklikka chorlovchi buyuk g‘oyalari, 
    hikmatlari katta o‘rin tutadi.
    Shunga ko‘ra, Prezidentimiz ham «Jamiyat taraqqiyotining 
    asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona
    105


    kuch ma’rifatdir»-degan edi10. Mafkura muayyan ijtimoiy 
    guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning 
    ehtiyojlari, maqsad va muddaolari, manfaatlari, orzu-intilishlari 
    hamda ulami amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam 
    etilgan g‘oyalar tizimidir.
    Ma’naviyat mafkurasiz rivojlana olmaydi. Chunki inson 
    ruhiyatini shakllantirish, milliy qadriyatlami tiklash va jamiyat 
    maqsadlarini amalga oshirishda mafkura harakatga keltiruvchi 
    kuch sifatida katta ahamiyat kasb etaveradi.
    Xullas, mafkura umummillatga, umumxalqqa, butun 
    jamiyatga taalluqli ulkan g‘oyalar birligidir. Ammo uning 
    ildizlari har bir insonning qalbida, vijdonida, imonida, aql- 
    idroki va tafakkuridadir. 
    Shuning uchun haqiqiy, hayotiy 
    chuqur insoniy mafkurasi bor xalq, mamlakat va jamiyat 
    qudratlidir, deyiladi.

    Download 5,2 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   79




    Download 5,2 Mb.
    Pdf ko'rish