Xalqaro transport koridorlari




Download 8,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/170
Sana07.02.2024
Hajmi8,11 Mb.
#152713
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   170
Bog'liq
LOGISTIKA. Umarova D.M

6.5. Xalqaro transport koridorlari
Transport koridorlarini rivojlantirish 0 ‘zbekiston Respublikasi 
tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy yo‘nalishidir.
0 ‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarining jadal 
sur’atlarda rivojlanishi, Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari 
duch keladigan tashqi savdo yuklarini tashishni rivojiantirishda 
mavjud muammolarning hal etilishiga bogMiqdir. Akademik V. 
Bartold ta ’kidlaganidek, «Turkistonning kelajagi jahon savdosida 
unga qanday o ‘rin tegishli bolishi bilan belgilanadi. Uning savdo 
ahamivati tem ir yo‘llari, quruqlik va dengizda savdo olib bori- 
lishining rivojlanishiga tam om an bog‘langandir».
Sobiq Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng dengizga chiqish 
yo‘llariga ega bo ‘hnagan mamlakatlarning soni 29 taga yetdi va 
0 ‘zbekiston dunyo okeanidan kamida ikki mamlakat hududi bilan 
ajratilgan davlatlardan bolgani bois, bu ro ‘yxatdan alohida o‘rinni 
egalladi.
Mustaqillikka erishgunga qadar 0 ‘zbekiston o'zining tashqi 
savdo aloqalarini uch yo‘nalish — Ilyichevsk shahridagi (Qora 
dengizga chiquvchi), Sankt-Peterburgdagi (Boltiq dengiziga chi- 
quvchi), Vladivostokdagi (Uzoq Sharqqa chiquvchi) dengiz portlari 
orqaii amalga oshirar edi. Respublikadan mazkur portiargacha 
bo‘lgan masofa 3000, 4300 va 8000 km .ni tashkil etgan va bu 
holat yuklarni tashishni nihoyatda qimmatlashtirgan.
O'zbekiston Respublikasi Hukum atining faol chora-tadbirlari 
ham da tegishli vazirlik va tashkilotlam ing tashqi savdo yuklarini 
tashishga m o‘ljallangan muqobil transport koridorlarini izlash va 
samarali foydalanishga doir muvofiqlashtirilgan ishi natijasida 
xalqaro tra n sp o rt koridorlarining keng ta rm o g 'i yaratildi va 
takomillashib borayapti.
106


Hozirgi vaqtda 0 ‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo yuklarini 
tashish, quyidagi asosiy tran sp o rt korid o rlari orqali am alga 
oshiriladi.
1 -k o rid o r — (Q o zo g ‘isto n va R ossiyadan tra n z it bilan ) 
Boltiqbo'yi m am lakatlarining portlari Klaypeda (Litva), Riga, 
Liepaya, Ventspiis (Latviya), Tallin (Estoniya) yo'nalishida;
2-koridor — Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tom on, Belarus va 
Ukraina orqali (Qozog‘iston va Rossiyadan tranzit bilan) Chop 
(U kraina) va Brest (Belarus)ga;
3-koridor — (Qozog'iston va Rossiyadan tranzit bilan) Qora 
dengizga chiquvchi Ukrainaning Ilyichevsk porti tom on;
4-koridor - (Turkmaniston, Qozog‘iston va Ozarbayjon orqali 
tranzit bilan) TRASEKA koridori nom i bilan m ashhur Qora 
dengizga chiquvchi Transkavkaz koridori yo‘nalishida;
5-koridor - (Turkmaniston orqali tranzit bilan) Fors ko‘rfaziga 
chiquvchi Eronning Bandar-Abbos porti yo‘nalishida;
6-koridor — sharqiy yo‘nalishda qozoq-xitoy chegara yo'li 
orqali (D o ‘stlik/Alalshankou) Xitoyning sharqiy portlari, shuning­
dek, Naxodka, Vladivostok va b. Uzoq Sharq portlari tom on;
7-koridor — (Qirg‘iziston orqali tranzit bilan) Sariq dengiz, 
Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlariga chiquvchi Xitoy 
portiari tom on;
8-koridor — Afg‘on m uammosining muvofiqlashtirilishi m uno- 
sabati bilan Afg'onistondan tranzit orqali Eron va Pokistondagi 
B andar-A bbos, C haxbaxar (E IR ), G vadar va K arachi (P1R) 
portlariga janubiy muqobil transport koridorlarining ishlab chiqish 
istiqbollari yaratilyapti.
1996-yil 12-mayda 0 ‘zbekistonnning faol qatnashuvi bilan 
uzunligi 320 km ni tashkil etgan Tedjen — Seraxs — M ashhad 
tem ir yo‘l m agistralining y o ‘lga q o ‘vilishi, xalqaro tran sp o rt 
koridoriarini rivojlantirishda m uhim yutuq bo'ldi va bu Markaziy 
Osiyo davlatlarining Eron va Turkiya hududlari bo‘ylab, jahon 
bozorlariga chiqishlari uchun yangi transosiyo koridorini ochdi. 
Shu yilning o ‘zida Seraxsda 0 ‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya 
va T urkm aniston rahbarlari «Temir yo‘l transporti faoliyatini 
m uvofiqlashtirish t o ‘g‘risida» S h artn o m a va «Q atnashuvchi
107


mamlakatlar o ‘rtasidagi yuk tashib o ‘tishni muvofiqlashtirish sohasi 
bo‘yicha» Bitim imzoladilar.
2005-yilriing may oyida Eron hududida M ashhad — Bandar
- Abbos y o ‘nalishidagi (T ehronni aylanib o ‘tganda) Bafk -
Meshxed tem ir yo‘li qurilishining tugashi bilan portgacha bo‘lgan 
masofa 800 km dan ortiqqa qisqardi.
1998-yil sentyabr oyida B okuda O zarbayjon, G ruziya va 
0 ‘zbekiston tashabbusi, shuningdek, Yevropa ittifoqining qo‘llab- 
quw atlashi bilan «TRASEKA — Tarixiy Buyuk Ipak Yo‘lining 
tiklanishi nom li «Xalqaro konferensiya b o ‘lib o ‘tdi. 12 davlat 
rahbarlari, jum ladan, 0 ‘zbekiston tom onidan «Yevropa — Kavkaz
— Y evropa xalqaro korid o rin in g rivojlanishiga d o ir xalqaro 
transport b o ‘yicha asosiy ko ‘ptom onlam a Bitim», shuningdek, 
m azkur Bitimga xalqaro tem ir yo‘l transporti, xalqaro avtomobil 
transporti, xalqaro savdo kemalari qatnovi, bojxona qoidalari va 
hujjatlarga ishlov berish masalalari b o ‘yicha Texnik llovalaming 
imzolanishi Konferensiyaning asosiy natijasi bo‘ldi.
«Yevropa — Kavkaz — Osiyo» (TRASEKA) transport koridori 
Markaziy Osiyo respublikalariga, Yevropadan Qora dengiz bo‘ylab 
Kavkaz va Kaspiy dengizi orqah o ‘tadigan quruqlik va dengiz 
yo‘nalishlari tarmogVi sifatida ahamiyatlidir. TRASEKA yo‘na- 
lishini, Yevropa va Osiyo o ‘rtasidagi savdo munosabatlarini rivoj­
lantirish nuqtayi nazaridan tahlil qilar ekanmiz, m azkur koridor 
bo'ylab Yevropaga yuk tashish nihoyatda qulay ekanligiga amin 
bo'lam iz. Asosiy transokean yo ‘nalishi b o ‘ylab Y okogam adan 
harbiy Yevropa portlari (Rotterdam , Gamburg, Antverpen va b.) 
gacha b o ‘lgan masofa «TRASEKA» yo‘nalishiga qaraganda ikki 
barobar uzunroqdir.
2003-yil 18-iyunda Tehron shahrida 0 ‘zbekiston Respublikasi, 
Afg‘oniston Islom Respublikasi va Eron Islom Respublikasi davlat 
rahbarlari o ‘rtasida respublikaning tashqi savdo yuklarini Eron 
portlariga tashish masofasini 1500 km ga qisqartirishga imkon 
b eruvchi «X alqaro tran safg ‘on tra n sp o rt k o rid o rin i yaratish 
to ‘g‘risida» Bitim imzolandi.
2011-yilning mart oyida «Pokiston va O'zbekiston o ‘rtasida 
tovarlarni tashish va tranzit sohasidagi ham korlik to ‘g‘risida»
108


Bitimning kuchga kirishi va Afg‘onistondagi vaziyatning muvofiq- 
lashtirilishi holatida o ‘zbek yuklarining tranziti uchun Afg‘oniston 
hududidan foydalanishning yangi istiqbollari ochilmoqda.
0 ‘zbekistonda m am lakatning tran zit salohiyatini oshirish 
maqsadida magistral tem ir yo‘l kommunikatsiyalarining shakllan- 
tirilishiga katta e’tibor qaratilyapti, buning tasdiqi sifatida 2001- 
yilda uzunligi 341 km b o ‘lgan «Navoi — U chquduq - Sulton 
Uvaystog4» ham da 2007-yilda uzunligi 220 km ni tashkil etgan 
«Toshguzar - Boysun - Q um qo‘rg‘on» tem ir yo£li qurilishining 
nihoyasiga yetganini keltirishimiz mumkin.
2010-yilning noyabrida Afg‘onistonda uzunligi 75 km ni tashkil 
etgan Xayraton — M ozori-Sharif dastlabki tem ir yo‘lining qurilishi 
va foydalanishga topshirilishi butun Markaziy Osiyo mintaqasi 
uchun katta aham iyat kasb etdi. M azkur loyiha « 0 ‘zbekiston 
tem ir yo'llari» Davlat aksiyadorlik tem ir yo‘l kompaniyasi tom o­
nid an Osiyo taraqqiyot bankining qoM lah-quw atlanishi bilan 
amalga oshirildi.
Baku — Tbilisi — Axalkalaki-Kars yo'nalishidagi tem ir yo‘l 
qurilishining tez sur’atlarda nihoyalanishi ham da butun yo‘l davo­
m ida mufassal tarifning qo'llanilishi, mazkur yo‘nalishdan Janubiy 
va Markaziy Yevropa m amlakatlari bozorlariga, shuningdek, M er- 
sin, 0 ‘rtayer dengizi porti va Yaqin Sharqqa chiqishda foydalanish 
imkonini beradi. Xalqaro savdoni rivojlantirish, mintaqalar o ‘rtasida 
keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, 2011-yil 25- 
aprelda 0 ‘zbekistonning tashabbusi bilan Ashxabod shahrida 
« 0 ‘zbekistan - Turkm aniston - E ron-U m m on — Qatar» yangi 
transport koridorining yaratilishi to ‘g‘risida davlatlararo Bitim 
imzolandi. M azkur transport koridori Markaziy Osiyo m am la­
katlari hamda Fors ko‘rfazi va U m m on dengizi portlari o'rtasida 
yuk va yo ‘lovchilarni tashish uchun m ustahkam qatnovni ta ’­
minlaydi.
M azkur loyihaning samarali amalga oshirilishi m am lakatlar 
o ‘rtasida o ‘zaro m anfaatli savdo-iqtisodiy ham korlikni m ustah- 
kamlash va kengaytirishga, tranzit yuk oqimlarini ko'pa^irishga, 
dunyo bozorlariga chiquvchi yangi aloqalarni ta ’minlashga xizmat 
qiladi.
109


0 ‘zbekiston Respublikasi hududi orqaii xalqaro yuklarning 
tashib o ‘tilishi va tranziti quyidagi huquqiy norm ativ hujjatlar 
bilan belgilanadi:
— ichki kontinental mamlakatlarning tranzit savdosiga doir 
1965-yil 8-iyunda Nyu-York shaiirida qabul qilingan Konven- 
siyasi. (К он вен ц ия «О транзитной торговле внутриконти- 
нентальны х государств»);
— 1975-yil Bojxona Konvensiyasi (К онвенция «О междуна­
родной перевозке грузов с прим енением книж ки МДП»);
— tranzit yuklarni bojxona rasmiylashtiruvidan o ‘tkazish tartibi 
to ‘g ‘risida M ustaqii D avlatlar H am do'stiigi mamlakat.larining 
1992-yi1 2-apreldagi Almati Bitimi (Соглашение «О порядке 
тамож енного оф орм ления транзитны х грузов»);
— «Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tran ziti to ‘g ‘- 
risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi 11.05.2000-y. 213-11-sonli 
Q onuni «Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning 0 ‘zbekiston 
Respublikasi hududiga kirishlari, bo‘lishlari, yuk olib o ‘tishlari 
va u n d a n chiqib ketishlari tartibi t o ‘g ‘risida»gi 0 ‘zbekiston 
R espublikasi V azirlar M ahkam asining 11 .0 1 .1995-y. 11-sonli 
Qarori;
— « 0 ‘zbekiston Respublikasi hududi orqaii maxsus yuklar va 
harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tom onidan tartibga solish va 
nazorat qilish to ‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
M ahkamasining 21.02.2002-y. 62-sonli Qarori;
— « 0 ‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixot- 
rop m oddalar va prekursodarning m uom alada bo‘lish tartibini 
belgilab beruvchi nizom larni tasdiqlash to ‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar M ahkam asining 29.10.2003-y. 472-sonli 
Qarori;
— «Aksiz soliqqa to rtilad ig an ayrim turdagi tovarlam ing 
0 ‘zbekiston Respublikasi hududi orqaii tranzit y o ‘li bilan olib 
o ‘tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to ‘g'risida»gi 
O 'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 0 4 .10.2007-y. 
PQ 703-sonli Qarori;

Download 8,11 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   170




Download 8,11 Mb.
Pdf ko'rish